Maktabgacha ta’lim asoslari-i fanidan 1- mustaqil topshiriq
) FSMU texnologiyasi asosida “Maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy
Download 32.76 Kb. Pdf ko'rish
|
MT asosalari
2) FSMU texnologiyasi asosida “Maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy
hujjatlar” mavzusidagi ma’lumotlarni izohlang F fikringizni bayon eting Mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni maktabgacha ta’lim tiziming asosiy huquqiy asoslaridan biridir. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 oktabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan va Prezident tomonidan 2016 yil 16 dekabrda imzolangan . S fikringizga sabab ko‘rsating Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ta’lim berishning muqobil shakllari, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlar o‘z ichiga olishi ko‘rsatilgan. M keltirilgan sababga munosabatingiz Maktabgacha ta`limning me`yoriy asoslarining nazariy va amaliy egallashga ijobiy munosabatimni bildiraman U umumlashtiring O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularni maktab taʻlimiga tayyorlash vazifasini muvafaqqiyatli hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga eʻtibor qaratiladi: 1. Har tomonlama uyg’un rivojlangan bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish. 2. Bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha taʻlim tizimi tajribasini o‘rganish asosida taʻlim tizimini takomillashtirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling