Maktabgacha ta’lim asoslari-i fanidan 1- mustaqil topshiriq
Download 32.76 Kb. Pdf ko'rish
|
MT asosalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim asoslari-I fanidan 1-mustaq il ta’lim yoʻriqnomasi “Maktabgacha ta’lim asoslari fanining umumiy asoslari”
MAKTABGACHA TA’LIM ASOSLARI-I Fanidan 1- Mustaqil topshiriq Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi X. M. Xo‘jamatova Maktabgacha ta’lim asoslari-I fanidan 1-mustaq il ta’lim yoʻriqnomasi “Maktabgacha ta’lim asoslari fanining umumiy asoslari” mavzusini quyidagi texnologiyalar asosida topshiriqni bajaring 1) “Zinama-zina” texnologiyasi asosida “Maktabgacha ta’lim asoslari-I fanining boshqa fanlar bilan aloqasi” mazmunini ko‘rsating va uni izohlang Maktabgacha ta’lim asoslari fanining fanlar bilan aloqasi Mazmuni Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash maʻlum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga maʻlumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan maktabgacha pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud 1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda taʻlimotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi. 2. Iqtisod – maktabgacha taʻlim tashkilotlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, taʻlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi. 3.Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida maʻlumotlarga ega bo‘lish asosida taʻlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi 4. Etika–shaxs maʻnaviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi 5. Estetik–shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi 6. Fiziologiya–o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi 7. Gigiyena–bolalarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi Download 32.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling