Maktabgacha ta’lim fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”


II-BOB. MUTAXASSISLIK FANLARNI O‘QITISHNING O’ZIGA HOS XUSUSIYATLARI QONUNIYATLARI


Download 102.9 Kb.
bet9/11
Sana10.11.2023
Hajmi102.9 Kb.
#1763926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”-fayllar.org

II-BOB. MUTAXASSISLIK FANLARNI O‘QITISHNING O’ZIGA HOS XUSUSIYATLARI QONUNIYATLARI
2.1. Mutaxasislik fanlarini o’qitishda pedagogik jarayon, o’quv jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi: Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteriga, o‘zaro tahsir kuchiga bog‘liq. Pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligi: tarbiya obyekti bir vaqtning o‘zida tarbiya subyekti ham hisoblanadi.

O‘zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi hamkorlik pedagogik o‘zaro ta’sir tushunchasini to‘laroq aks ettiradi. Sub’ekt bilan obhekt o‘rtasida turli-tuman aloqalar mavjud: Axborot xarakterida (o‘zaro axborotlar almashinib turish).


1. Tashkiliy faoliyat aloqalari (o‘zaro birgalikdagi faoliyat).
2. Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).
3. Boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv aloqalari. Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsni shakllantirishni amalga oshirish ta’lim-tarbiyaning tashkil etuvchilari ya’ni ularning barcha elementlari-ta’lim maqsadi, ta’lim vazifalari, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim mazmuni, metodlari, shakllari, vositalari, mustaqil o‘quv topshiriqlari, mustaqil faoliyat, nazorat, o‘z- o‘zini nazorat orqali o‘z natijasiga erishiladi. Shunday ekan ta’lim-tarbiyani alohida elementlarga bo‘lib emas, balki yaxlit holda karash va amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘lini yaqinlashtiradi. Chunki, yuqorida kayd kilib o‘tganimizdek, voqelikdagi barcha narsalar yaxlit tizim sifatida bir-biriga chambarchas bog‘langan. Ulardan birortasining funktsiyasi buzilsa, yoki birortasi ishlamay qolsa maqsadga erishilmaydi. Masalan, mashina dvigatelining yonilgi uzatgich tizimini olaylik, uning yonilg‘i uzatuvchi elementlaridan birortasi ishlamay qolsa, yoki yomon ishlasa dvigatel yonilgi bilan ta’minlanmaydi, natijada mashinaning o‘t oldirishi qiyinlashadi yoki o‘t olmaydi. Ta’lim-tarbiyada ham shunday. Ushbu jarayonning biror elementa yaxshi faoliyat ko‘rsatmasa, o‘zlashtirish qiyinlashadi va bilim samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyada ta’lim- tarbiya jarayoniga tizimli yondashish Juda muhim bo‘lib, katta ahamiyat kasb etadi. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonining muhim elementlaridan biri ta’lim mazmuni qancha murakkablashtirilib, uni ta’lim oluvchilarga etkazish yo‘li aniqlashtirilsa, kuchli intellekt va yuksak ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish osonlashadi.
Metodika deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu — nazariy jihatdan qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir. Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lib, insoni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fandir.
Metodika – muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, o‘tkazish usullari, yo‘llari majmuasidir. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘liklikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. Pedagog olim A.M.Stolyarenkoning fikricha, “O‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi ma’lum bir pedagogik vazifalarni hal etish bilan bog‘liq metod, metodik usullar, vosita va tashkiliy chora-tadbirlar majmuidir”. G.M.Kodjaspirova, A.Yu.Kodjaspirovlarning fikricha, “O‘qitish metodikasi pedagogik faoliyatni amalga oshirishning aniq usullari, uslublari va texnikasidir”.
O‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar kiradi:
1)aniqlik;
2)asoslanganlik;
3)rejalashtirilgan harakatning maqsad va vazifalarga mosligi;
4)qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik;
5)hayot bilan uyg‘unlik;
6) natijaviylik.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o‘qitish metodikasi o‘zida quyidagilarni aks ettiradi:
- ta’limning maqsad va vazifalarini
– ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, tashkiliy;
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini;
- ta’lim mazmunini;
- ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini;
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini;
- o‘quv vositalari;
- o‘qitish natijasini.
Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, quyida o‘qitish metodikasi mohiyatini yoritib beruvchi asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tamiz:
1) o‘rgatish – o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati;
2) o‘rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi;
3) o‘qitish – qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati;
4) ta’lim – o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar, fikrlash usullari tizimi;
5) bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari yig‘indisi;
6) ko‘nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini egallash;
7) malaka – avtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish, ko‘nikmaning takomillashgan darajasi;
8) maqsad – o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi;
9) mazmun –o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi;
10) tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha tartiblangan didaktik jarayon;
11) shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig‘i, mazmuni uchun qobiq;
12) metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo‘li;
13) vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt;
14) natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.
15) metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik hajmli qo‘llanma. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr mutaxassislik fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari, mutaxassislik fanlari ta’lim mazmunini tanlash mezonlari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish metod va vositalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari, mutaxassislik fanlarini o'qitishning axborot texnologiyalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish texnologiyalari, mutaxassislik fan o‘qituvchisining o‘quv meyoriy hujjatlari va metodik ishlari, ularni rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi kabilarni o’rganadi. Magistratura talabalari uchun “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” o‘rganilishi zarur bo‘lgan asosiy predmetlardan biri hisoblanadi. Dars o‘tish o‘qituvchidan fanni puxta bilishnigina emas, balki o‘z bilimini ustalik bilan talabalar ongiga yetkazishni ham talab qiladi. Talabalar fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun uni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar katta ahamiyatga ega. Shu sababli, bo’lajak pedagoglar mutaxassislik fanlarni o‘rganish metodlarini puxta egallashlari, ularni mahorat bilan qo‘llay bilishlari kerak.


Download 102.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling