Maktabgacha ta’lim fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”
Download 102.9 Kb.
|
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”
- Ilmiy rahbar
- II-BOB. MUTAXASSISLIK FANLARNI O‘QITISHNING O’ZIGA HOS XUSUSIYATLARI QONUNIYATLARI 2.1.
- Kurs ishi predmeti
- Kurs ishi vazifalari
- Kurs ishi obyekti
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas” O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVЕRSITЕTINING O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas” fanidan Himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani ___________ dots S.Zohidova “_____” ________ KURS ISHI Mavzu: Mutaxassislik fanini o'qitish metodikasi fanini o'qitish tamoyillari va metodlari. Magistrant: 1-kurs 114-guruh Abdujabborova Zilola Ilmiy rahbar: prof. B.T. Haydarov Himoyaga tavsiya etildi “Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi ” kafedrasi mudiri dots. E. Mardonov __________ “______” ___________ Mundarija Kirish………………………………………………………………………………3 I-BOB. MUTAXASSISLIK FANLARNI O‘QITISH QONUNIYATLARI VA METODLARI Mutaxassislik fanlarni o‘qitishda didaktik tamoyillar va qoidalar……………7 Mutaxassislik fanlarini o’qitishning ta’lim tamoyillari va ularning mazmun mohiyati………………………………………………………………………14 Mutaxasislik fanlarini o’qitish metod va vositalari…………………………..24 Mutaxassislik fanlarini o’qitishning zamonaviy metodlari…………………..33 II-BOB. MUTAXASSISLIK FANLARNI O‘QITISHNING O’ZIGA HOS XUSUSIYATLARI QONUNIYATLARI 2.1. Mutaxasislik fanlarini o’qitishda pedagogik jarayon, o’quv jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalari ………………………………………………………....38 2.2. Mutaxassislik fanlar mazmunini belgilovchi muhim g‘oyalar(asoslar)……...43 Xulosa……………………………………………………………………………..45 Tavsiyalar…………………………………………………………………………47 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………………….48 KIRISH Zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. SH.M.Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kelajakning tayanchi va suyanchi bo‘lmish yosh avlodni yangicha fikrlaydigan, mustaqil va ijodiy faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy bilim, kasb-hunarni puxta egallagan, o‘z yurtining haqiqiy egasi, Vatanimizning taqdiri va taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar bo‘lib etishishi lozimligi nazarda tutilgan. Bu demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ustivor vazifalaridan biridir. Bunday insonni tarbiyalab voyaga etkazishda uzluksiz ta’lim-tarbiya muassasalari va ulardagi o‘quv tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, uzluksiz ta’lim muassasasi va undagi o‘quv tarbiya jarayoni yosh avlodni axloqiy, jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqtiradigan, ma’naviy, madaniy ma’rifat nuqtai nazardan kamolotga etkazadigan maskan hisoblanadi. SHunday ekan mazkur maskanlar o‘quv-tarbiya jarayonini shunday tashkillashtirish lozimki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari, fan-texnika yangiliklari erkin, mustaqil, ijodiy o‘zlashtirilsin, shaxsiy sifatlar jamiyat talablariga xos o‘zlashtirilsin, ilmiy bilimlar egallanib, ko‘nikma va malakalar tarkib toptirilsin. Oliy ta’lim tizimida tahsil olib o‘qituvchi –murabbiylik mutaxassisligiga tayyorlanayotgan har qanday bo‘lajak kasb egasi mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish pedagogika fanining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuni inobatga olib oliy ta’limning maktabgacha ta’lim magistratura mutaxassisligi talabalariga mo‘ljallangan mazkur darslik yaratildi. Darslikda mutaxassislik fanlarini o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni, mohiyati, mutaxassislik fanlari o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida; mutaxassislik fanlarini o’qitishning pridmeti, vazifalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari, mutaxassislik fan o‘qituvchisining o‘quv meyoriy hujjatlari, metodik ishlar, ulami rejalashtirish, tashkil etish va tayyorlash metodikasi, mutaxassislik fanlarini o’qitish metod va vositalari, mutaxassislik fanlarini o‘qitish shakllarining umumiy tavsifi, ma’ruza turlari, seminar mashg’ulotlari, labaratoriya va amaliy darslar, mustaqil ta’lim va kurs ishlarini tashkil etish metodikasi, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish metodikasi bitiruv malakaviy ishlariga raxbarlik qilishning tashkiliy va ilmiy-metodik ta’minoti, mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning bilini, ko‘nikma va malakalarini baholash, mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Maktabgacha ta’limda sohasida qilinayotgan barcha islohotlar yoshlarning har tomonlama sog’lom intelektual salohiyatli erkin fikrlaydigan shaxs bo’lib tarbiyalanishini qaror toptirishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan barcha faoliyatlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartlari1” hamda “Ilk qadam2” o’quv dasturiga mos bo’lishi kerak. Shundagina olib boriladigan pedagogik jarayon ham kutilayotgan natija ham shunga yarasha bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. Dasturning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi. Shu nuqtai nazardan Dasturda ta’lim jarayoni, mazmunini isloh qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi (davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida o’z aksini topgan. Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish. Kurs ishi maqsadi: Talabalarning bilim, malaka va ko’nikmalarini boyitish va tasavvur doiralarini kengaytirish uchun amaliy mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etish va ularning o’tkazilishini ta’minlash Kurs ishi vazifalari: 1. Mutaxassislik fanlari mazmuni muayyan yo‘nalish yoki ixtisoslikning tavsifiga mos tushishi uchun, ya'ni ta'lim oluvchining egallaydigan kasbi bo‘yicha bajariladigan faoliyat usullarini o’rganish. 2. Mutaxassislik fanlari muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishni o’rganish. 3. Ko’zlangan asosiy maqsadni talabalar ongida samarali bajarish uchun faoliyatning yo’nalish asoslarini yaratsh. 4. Mashg’ulotlarni noan’anaviy-pedagogik taxnologiyalardan foydalanishini ta’minlash. Kurs ishi obyekti: Maktabgacha ta’limda mashg’ulotlarni o’tkazishning ma’lum bir bosqichida ishning talabalar bajargan qismini nazorat qilish. Download 102.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling