Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Ilk yosh davridagi bolalar


Download 1.25 Mb.
bet37/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Ilk yosh davridagi bolalar tafakkurining o‘silhiga nutq ju­da katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, til bilan tafakkur o‘zaro uz­viy bog‘liq jarayonlardir. Lekin bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda hali tom ma’nodagi tafakkur bo‘lmaydi. Bu yosh­dagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlarga hamda konkret xarakterga egadir. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan narsalari haqidagina juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarda harakat elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkurini ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi. Bunda kattalar harakatning mohiyatini tushuntiradilar va harakatni qanday bajarishni o‘rgatadilar, bolani «olib kel», «joyiga qo‘y», «rasm chiz», «ushlab tur» kabi so‘z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yo‘llari («Qalamni mana bunday ushla», «Avval qo‘lingga ol», «Ol­din o‘ng qo‘ling bilan tut», «Qoshiqni bunday ushlab og‘zingga olib bor» deb) ko‘rsatiladi va asta-sekin bola bu harakatlarni o‘zlashtirib, bajarishga harakat qiladi. Shuning uchun ham bolada predmetli harakatni o‘stirish murakkab jarayondir.
Ilk bolalik davri amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo‘l jarayonlari turli narsalar va qurilmalar bi­lan almashinadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o‘zlashtirishda ulardagi muhim va o‘zgarmas alomatlarni ajratish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni ro‘y beradi. Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o‘sishiga ijobiy ta’sir qiladi. Bolaning o‘z xattiharakatini kattalarning harakati bilan solishtirish (onasiga, yoki onasiga o‘xshatib piyolani ko‘tarish yoki arg‘imchoqni aylantirish, sakrashga inti­lish) va uning o‘xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Ko‘rsatmali-harakat tafakkuri kichik yoshdagi bolalarga, ya’ni ko‘proq endi tili chiqqan 2—3 yoshli bolalarga xosdir. Bu yoshdagi bolalar konkret narsalarni harakatlantirish, har tomonlama timirskilab, sinchiklab ko‘rish orqali tafakkur qiladilar. Ularning tafakkurlarida albatta so‘zlar ishtirok qiladi. Lekin konkret ko‘rgazmali harakatlar so‘zlardan ustunlik qiladi. Agar bolalarning oldidan harakatlantirib o‘ynayotgan narsalari olib qo‘yilsa, ular faqat so‘zlar orqali (ya’ni konkret narsalarsiz) tafakkur qilmay qo‘yadilar. 2—3 yoshli bolalar turli narsalar bilan o‘ynar ekanlar, ular bu narsalarni oldindan o‘ylay olmaydilar, o‘z xattiharakatlarini hali oldindan rejalashtira olmaydilar. Kichik yoshdagi bolalar konkret, ya’ni ko‘z o‘ngidagi narsalarning harakatiga qarab fikr yuritadilar. Ana shuning uchun ularning tafakkurlari ko‘rgazmali harakat tafakkuri deb yuritiladi. Kichik bolalarga xos bo‘lgan ko‘rsatmali harakat tafakkurini nutq orqali, tushunchalar orqali amalga oshiriladigan tafakkurga tayyorgarlik davri desak bo‘ladi.
Ilk yoshdagi bolalarda tafakkurning fikriy operatsiyalarini, ya’ni analiz, sintez, umumiylashtirish kabilarni ko‘rmaymiz. Ular qo‘llaridagi o‘yinchoqlarini yoki qo‘llariga tushib qolgan narsalarni amaliy (aylantirib, paypaslab, buzib) analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurbilari yetmaydi. Ilk yosh davrining oxiriga kelib tafakkurning o‘sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so‘zlarni mumkin qadar ko‘proq bilib olib, ulardan o‘z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fikr­lash operatsiyalarining o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko‘rina boshlaydi.
Ilk yosh davrining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalarni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Masalan, bola ko‘pincha kat­ta kishilar bilan bolalar o‘rtasidagi farqni bilishga qiziqadi. U bu farqni kuzatib, taqqoslab, ko‘pgina savollarga javob topadi.
Natijada bola tegishli tushunchalarning ayrim belgilarini bilib oladi. Uch yoshga to‘lay deb qolgan bola katta yoshdagi hamma odamning ishga barvaqt ketishini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «Adang endi barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bo‘lib qoladi. Chunki katta odam bo‘lgan adasining ishga bormasligi uning tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi ke­rak. Shuning uchun u hech bir o‘ylab o‘tirmay, «Adam kattalar-ku!» deb javob beradi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola­lar o‘z tushunchalaridan foydalanib katta, kichik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa bola tafakkurining yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Ilk yosh davrining oxiriga kelib, ya’ni bolaning uch yoshga to‘lish oldida bola nutqdan aloqa vositasi sifatida bemalol foydalana oladigan bo‘ladi. Bolaning bunday xususiyatlarga ega bo‘lib bo rishi uning psixik taraqqiyotiga va, ayniqsa, tafakkurining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar tili chiqa boshlagach dastavval o‘ziga eng yaqin bo‘lgan kishilar va eng ko‘p ko‘radigan narsalarning nomini, masalan «oyi», «opa», «dada», «ada», «ma», «ol», «ber» kabi so‘zlarni aytadilar. Ikki yoshga to‘lgan bola ko‘rgan narsalarini so‘z bilan ifodalab, idrok qilayotgan narsalarning ma’nosini yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi. Bola endi ayrim uzuq-yuluq so‘zlardangina emas, balki sodda gaplardan foydalana boshlaydi. Biroq, bu yoshdagi bolaning tovush chiqarish apparati hali yetarlicha takomillashmagani sababli uning talaffuzida an­cha kamchiliklar uchraydi. U ayrim so‘zlarni katta odamlardek aniq va to‘g‘ri talaffuz eta olmaydi. Bundan tashqari so‘z zaxirasi yetishmasligi tufayli imoishoralardan foydalanadilar. Shuning uchun ayrim hollarda endi gapira boshlagan bolaning tiliga tushunish qiyin bo‘ladi. Buni vaziyatli (situativ), ya’ni ayni shu sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan nutq deb yuritiladi Bolaning bunday o‘ziga xos tilini uning eng yaqin odami bo‘lmish onasi va otasigina tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bo‘lgan situativ tili haqiqiy, ya’ni hamma uchun tushunarli tilga aylanadi.
Ilk yoshda lug‘at hajmining ko‘rinishi:

Bola yoshi

So‘z boyligi

1 yoshda

12-20

1,6 yoshda



30-40

2 yoshda

300-400

3 yoshda

1200-1300


So‘z bilan predmet o‘rtasida har xil bog‘lanish bo‘ladi, lekin dastlabki tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agar bola «koptok» so‘zi boshqa ko‘rinishdagi koptoklarga ham daxldorligini tushunsa, «Koptok qani?» degan savolga koptokning u yoki bu xilini ham ko‘rsata oladi. Yangi predmet bola o‘z tajribasida uchratgan jismga o‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangi harakat bilan uni bildiradigan so‘zni o‘zaro bog‘lash birmuncha yengil ko‘chadi. Shunga o‘xshash vaziyat bolaning turmush tajribasida qanchalik ko‘p uchrasa, idrok qilingan predmetlar ko‘lami ham shunchalik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyligiga qo‘shiladi. Bolaning faoliyatida unga beriladigan savollarni tushunish muhim ahamiyat kasb etadi va uning oddiy xatti harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling