Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Download 1.25 Mb.
bet1/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021


RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM V


MAKTABGAChA TA'LIM metodikasi KAFЕDRASI

BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI
FANIDAN
O’QUV USLUBIY MAJMUA


-2021


BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI
FANINING


1-MAVZU: KIRISH.BOLALAR PSIXOLOGIYASI O‘QUV FANI SIFATIDA.(2soat)
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari, kategoriyalari, fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligining mohiyatini tushuntirib berish.


Tushunchalar va tayanch iboralar:
Psixika, komillik, yosh, bolalik, taraqqiyot,psixik taraqqiyot, o’sish, determinizm, geteroxronlik, tizimlilik, bolalar psixologiyasi faning predmeti va vazifalari, tibbiyot va bolalar psixologiyasi, pedagogika va bolalar psixologiyasi.
Asosiy savollar:

  1. Kirish. Bolalar psixologiyasi faning predmeti va vazifalari.

  2. Fanning asosiy kategoryalari.

  3. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot.



Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to`la qamrab olish bo`yicha muhim vazifalar qo`yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat-O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi. Bunday qabul qilinayotgan qarorlar har bir tarbiyachiga ma’lum bir vazifalarni yuklaydi.
Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy xislatlarga ega bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas’uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat1.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling