Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot


Download 1.25 Mb.
bet3/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Psixologiya fani nazariyasi va amaliyoti ajralmas birlikni tashkil etadi. Albatta, ular o’rasida muayyan farq mavjud. O’rtadagi farq ularning maqsadlari, konseptual apparati, metodologiyasi va ular doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Fundamental-nazariya tadqiqotlarning asosiy maqsadi amaliyot uchun bo’lgan ahamiyatidan qa’tiy nazar, psixik hodisalar haqidagi bilimlarni kengaytirib borishda iborat. Amaliy psixologiya esa kundalik hayot bilan bog’liq konkret muammolarni hal etishga qaratilgan tadqiqotlarni o’tkazadi. Fundamental tadqiqotlarda tadqiqotchi shaxsining ta’sirisiz ham ilmiy metod o’z vazifalarini bajaradi. Ammo amaliy psixologiyada psixolog shaxs metodning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi. Nazariy izlanishlarda qo’llanayotgan metodlarning ishonchliligi, validligi, reprezentativligi muhim ahamiyat kasb etsa, amaliy psixologiyada bo’lar asosiy rolni o’ynamaydi. Shunga qaramay, bola psixik taraqqiyotiga xos qonuniyatlar va nazariy bilimlarni egallabgina haqiqiy professional mo’taxassis-psixolog, tarbiyachi bo’lib yetishish mumkin. L.F.Obuxova o’rinli ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi sohasidagi nazariy vazifalar hal etilgandan keyin ilmiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ham kengaydi.
Nazorat savol va topshiriqlari
1.Bolalar psixologiyasining predmeti va vazifalari mohiyatini tushuntirib bering?
2.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari qaysilar?
3.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntirib bering?
4. Bolalar psixologiyasi fanining nazariy va amaliy tamonlarini tushuntirib bering ?


Mustaqil ish topshiriqlari:

  1. N.Alimovaning “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanmasining tahlili.

  2. Fanning asosiy kategoriyalari

  3. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling