Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Download 1.25 Mb.
bet8/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

Eksperiment. Eksperiment metodi psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bunda sinaluvchi shaxsda o‘rganish lozim bo‘lgan psixik jarayon oldindan maqsad qilib olinadi. Masalan, matnni tushunish va o‘zlashtirish uchun uni qanday tezlikda o‘qish samarali bo‘lishi aniqlangan. Eksperiment metodida bizni qiziqtiruvchi jarayon qachon paydo bo‘lishi kutib o‘tirilmaydi. Bundan tashqari eksperimentda psixik jarayonning sodir bo‘lish sharoitlarini o‘zgartirib turish va shu yo‘l bilan mazkur jarayon haqida ko‘proq kerakli ma’lumotlar to‘plash mumkin. Max­sus apparatlardan foydalangan holda o‘tkaziladigan eksperi­ment laboratoriya eksperimenti deb ataladi. Laboratoriya eksperimentida sinaluvchi shaxs bilan g‘ayritabiiy sharoitda ish ko‘riladi. Bu hol eksperimentning nuqsoni hisoblanadi. Odat- da, turmush sharoitida natija birmuncha boshqacharoq chi qishi mumkin. Tabiiy eksperimentda bunday nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mashg‘ulot paytida bola o‘zini erkin his etadi, uni tekshirishayotganini (yashirin kamera, magnitofon orqali) sez maydi. Pedagogik-psixologik eksperiment (shakllantiruvchi — tarkib toptiruvchi eksperiment deb ham yuritiladi) ham ta’lim- tarbiya sharoitida o‘tkaziladi. Unda faqat o‘rganibgina qolmay, aktiv ta’sir ko‘rsatiladi. Maxsus usulda o‘qitiladi, tarbiyalanadi. Uzoq vaqt davomida o‘tkazilgan pedagogik-psixologik eksperi­ment natijasida ta’limning eng ma’qul usullari ishlab chiqilgan.
Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar.
Har ikkala holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar payti­da keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperi­ment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga har xil hayvonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash holda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab gu ruhlarga ajratishlarida ularning umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi.
Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham foydalaniladi. Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarga bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilish o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish mashq qildiriladi (turli geometrik figuralar — doira, kvadrat, kublardan foydalaniladi).
Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodining effektivligi aniqlanadi. Tarkib toptiruvchi eksperiment metodini pedagogik eksperiment metodidan farqlash kerak. Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali turli yoshdagi bolalarni u yoki bu narsalarni to‘g‘ri idrok qila olishga o‘rgatilsa, peda­gogik eksperiment orqali biron ta’lim-tarbiya metodining afzalligi aniqlanadi. Masalan, biron tadqiqotchi bolalarga ta’limiy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiya metodlarini qo‘llashni tavliya qilsa, uni pedagogik ekspe­riment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan kelishib, bitta eksperimental va bitta sinov guruhi belgilab olinadi. Shundan so‘ng tadqiqotchi eksperimental guruhda pedagogik texnologiya metodi bilan elementar matematik tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Kontrol guruhda esa bu mashg‘ulotlar odatdagi an’anaviy metod bilan davom ettiriladi. Bir-ikki oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalar­ning o‘zlashtirishi taqqoslab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalarining yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari sinov guruhidagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagina samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma mak­tabgacha ta’lim muassasalariga ham tarqatiladi. Agar nati­ja kontrol guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishidan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.
Kuzatish va eksperiment metodlari bolalar psixologiyasining asosiy metodlari hisoblanadi, lekin bulardan tashqari bir qator yordamchi metodlar ham mavjud.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling