4. L.S.Vigotskiyning fikricha miyaning morfofiziologik xususiyatlari va ……….bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida xizmat qiladi. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying?
idrok
diqqat
muloqot*
iroda
5. L.S.Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu… Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying?
muloqot
ta’lim*
tarbiya
nutq
Rivojlanishning eng yaqin zonasi g’oyasini asoschisi kim?
A.N.Leontev
V.N. Myasishchev
L.S. Vigotskiy*
J.Piaje
Ixtiyorsiz psixik funksiyalarni L.S.Vigotskiy qanday atagan ?
Natural yoki tuban funksiyalar
Oliy psixik funksiyalar
Ixtiyoriy psixik funksiyalar
Ixtiyorsiz psixik funksiyalar
Bu qonunga ko'ra, rivojlanish sifat o'zgarishlarning zanjiridan iborat. Bola kamroq biladigan, qo'lidan kamroq narsa keladigan odam emas, balki psixikasi sifat jihatdan kattalar psixikasidan farqlanuvchi mavjudotdir. Ushbu qonun nomini toping?
Bola taraqqiyot ritmlarining farqlanish qonuni.
Bola taraqqiyotidagi metamorfoza qonuni*
Bola taraqqiyotining notekislik qonuni
Oliy psixik funksiyalarning shakllanish qonuni
L.S.Vigotskiy o'z kontsepsiyasida bola psixik taraqqiyotining to'rt asosiy qonunini ta'riflab berdi. Bola taraqqiyot ritmlarining farqlanish qonuniga tegishli ta’rifni toping?
Bu qonunga ko'ra, rivojlanish sifat o'zgarishlarning zanjiridan iborat. Bola kamroq biladigan, qo'lidan kamroq narsa keladigan odam emas, balki psixikasi sifat jihatdan kattalar psixikasidan farqlanuvchi mavjudotdir.
Bu qonunga ko'ra, bola psixikasining har bir tomoni o'z taraqqiyotining optimal davriga ega bo'ladi, har xil psixik fiinksiyalar notekis, noproportsional rivojlanadi.
Bu qonunga ko'ra, har qanday oliy psixik funksiya avval bolaning atrofdagilar bilan bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi, keyinchalik u individual sohaga ko'chadi
Bu qonunga ko'ra bolaning rivojlanishi o'z sur'atlariga ega, bu sur'atlar vaqt ritmiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun chaqaloqlikdagi hayotning 1 yili o'smirlikdagi 1 yilga teng bo'lmaydi.*
Bu qonunga ko'ra, har qanday oliy psixik funksiya avval bolaning atrofdagilar bilan bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi, keyinchalik u individual sohaga ko'chadi. Ushbu qonun nomini toping?
Bola taraqqiyot ritmlarining farqlanish qonuni.
Bola taraqqiyotidagi metamorfoza qonuni
Bola taraqqiyotining notekislik qonuni
Oliy psixik funksiyalarning shakllanish qonuni*
Do'stlaringiz bilan baham: |