Mustaqillik yillarida mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasiga eng muhim vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinayotgani sir emas. Bu sohada qator islohotlar qabul qilindi


Download 308 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2020
Hajmi308 Kb.
#157971
  1   2   3
Bog'liq
9 kimyo labaratoriya tayyor



So’zboshi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasiga eng muhim vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinayotgani sir emas. Bu sohada qator islohotlar qabul qilindi. Hayotga tadbiq etilayotgan qonunlar ,dasturlar, yangilanishlar va o’zgarishlar buning yaqqol namunasidir. Ta’limga davlat miqyosida berilayotgan bu e’tibor, biz o’qituvchilarga albatta katta mas’uliyat yuklaydi. Yuzaga kelgan keng imkoniyatlardan foydalanib,yurtimiz kelajagi bo’lmish bolalarimizni bilimdon,yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol inson qilib yetishtirishimizda, bizga o’z sohamizda tinmay izlanishimizni, o’qitishning yangi usullarini o’ylab topishimizni, zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab borishimizni davrning o’zi taqozo qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi “2004-2009-yillarda umumta’lim maktablarini mebel, zamonaviy o’quv laboratoriya asbob –uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi to’g’risidagi 493sonli qarori”ga asosan umumiy o’rta ta’lim maktablarining kimyo -biologiya xonalari, zamonaviy o’quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi. Kimyo-biologiya darslarida o’rganiladigan qonuniyatlar, tushunchalar, moddalarning hossalari, ularni hosil qilish tajribalar asosida o’rganiladi. Kimyo-biologiya fanidan tajribalar o’tkazish juda muhimdir, chunki tajribalar yordamida o’quvchilar o’z malakalarini oshirdilar.Natijada o’quvchilar bilan nazariy va amaliy mashg’ulotlar birgalikda olib boriladi.

Mazkur qo’llanmaning maqsadi:O’quvchilarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish va izlanish malaka-ko’nikmalarini rivojlantirishda o’qituvchiga yordam berish,umumta’lim maktablari kimyo,biologiya fani bo’yicha o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishda laboratoriya asbob va jihozlaridan to’g’ri va unumli foydalanishga o’rgatish.O’quvchilar ratsional malaka va ko’nikmalarini muntazam o’zlashtirib borib, savol va topshiriqlarda o’zini mashq qildirib, tabiiy ob’yektlar bilan tajribalar o’tkazib, kuzatib kimyo va biologiya bo’yicha o’quv adabiyotlardan olingan bilimlarini yanada aniqlashtirib oladilar,ularni chuqurlashtirib, boyitib boradi.Ular laboratoriya jarayonida ishni bajarish tartibi, bajarilayotgan tajribaviy amallarning algoritmini ketma-ket o’rganib borishadi,yana bunda bilimlarini interfaol o’zlashtirishi ta’minlanadi..Shuni bartaraf etish uchun daftarlar holidagi nazorat ishlari va laboratoriya daftarlari darslarda qo’l keladi. Kimyo,biologiya fanidan o’quvchilarga chuqur va har tomonlama mukammal bilim berish,albatta har bir bo’lim va mavzuga tegishli bo’lgan laboratoriya hamda amaliy mashg’ulotlarni qanchalik o’z o’rnida va to’g’ri olib borishiga bog’liq.

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim vazirlarining 2012-yil 31-martidagi 134-62-sonli umumiy o’rta maxsus kasb- hunar va oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari o’quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to’g’risidagi qo’shimcha buyrug’i asosida 24 ta fandan, 2011-2012-o’quv yilida 8ta fandan o’quv dasturlar optimallashtirildi. Bu esa o’qituvchi oldiga katta mas’uliyat qo’ydi.Chunki rejaga asosan 1soatda ham laboratoriya mashg’ulotlari, ham nazorat ishlari olib borishga to’g’ri keladi. Bunda vaqt yetarli bo’lmaydi. Shuni bartaraf etish uchun daftarlar holidagi nazorat ishlari va laboratoriya daftarlari darslarda qo’l keladi

Chunki hozirda o’quvchilarning 95% kompyuterga qiziqadilar, laboratoriya mashg’ulotini o’tkazib bo’lgandan so’ng esa ular bilan virtual laboratoriya bilan ishlashga imkon bo’ladi. Bu esa ta’lim sifatini oshiradi.



Laboratoriya ishini o’tkazish uchun o’quvchiga qo’yilgan talablari:


  1. Texnika havfsizligi qoidalari to’liq bilishi.

  2. Texnika havfsizligi jurnaliga o’quvchi sinfi, ism familiyasi va terxnika havfsizligi qoidalari bilan tanishgan kuni qayd etilgan bo’lishi kerak

  3. O’tkazilishi kerak bo’lgan tajriba mazmunini to’liq o’zlashtirishi shart.

  4. Kimyo lobaratoriya xonasiga oq xalatda kirish shart.

  5. Har bir lobaratoriya ishini o’qituvchi yoki laborant kuzatuvchi ostida o’tkazilishi kerak.

1-AMALIY ISH. UGLEROD (IV)-OKSIDI HOSIL QILISH VA UNING XOSSALARI BILAN TANISHISH

Maqsad: uglerod (IV)-oksidi hosil qilish va uning xossalari bilan tanishish; karbonat ioni butligini aniqlash; karbonatlar bilan kechadigan reaksiya natijasida hosil bo`ladigan modda massasi va hajmini hisoblab chiqara olish.

Jihozlar: probirkalar, gaz o`tkazuvchi nayli tiqin, shtativ tarozi toshlari bilan, filtr qog‘ozi, elektr qizdirgich.

Reaktivlar: bor, marmar yoki ohaktosh bo‘laklari (CaC03), suyultirilgan xlorid kislota (HC1), ohakli suv (Ca(OH)2), distillangan suv, ko‘k lakmus eritmasi, suyultirilgan o‘yuvchi natriy (NaOH), fenolftalein eritimasi, tuproq namunasi, kumush nitrat eritmasi (AgN03).

Ishni bajrish tartibi:

  1. usul. 1. Probirkaga bo‘r yoki marmardan bir necha bo‘lak solinadi va suyultirilgan xlorid kislotadan ozgina quyiladi.

  1. Probirka og‘zi gaz o‘tkazuvchi nayli tiqin bilan berkitiladi hamda nayning uchi 2-3 ml ohakli suv quyilgan probirkaga tushuriladi va sodir bo`layotgan hodisa kuzatiladi.

  2. Gaz o`tkazuvchi nayni distillangan suv quyilgan eritmaga tushuring. Gazning distillangan suvdan o'tishi 1-2 daqiqa davom etsin. Nayni chiqarib olib, olingan eritmaga bir necha tomchi ko‘k lakmus eritmasidan tomiziladi.

  3. Probirkaga suyultirilgan o‘yuvchi natriy eritmasidan 2-3 ml quyib unga bir necha tomchi fenolftalein qo‘shing. So‘ngra eritma orqali gaz o‘tkaziladi.

  4. 10 g tuproq namunasidan olib, suv bilan aralashtiriladi. Aralashma filtrlanib, probirkaga quyiladi.

  1. Tuproqdan 2-3 g probirkaga solib, uning ustiga suyultirilgan xlorid kislota quyiladi. Nima kuzatiladi?

  2. Yuqorida olingan filtratga kumush nitratdan ozgina quying. Hosil bo`lgan oq rangli cho`kmani filtrlab oling.

Cho`kmani ikkiga bo`lib, 1-qismiga ammiak yoki suyultirilgan xlorid kislota quyiladi, 2- qismi qizdiriladi. Nima kuzatiladi?

  1. usul Uglerod (IV) oksidini yog‘ochni yondirish orqali olish

Stakanga 30 ml ohakli suv, ichiga cho`g£lanib turgan yog£och solib stakan usti berkitilib. 5 -7 daqiqaga qoldiriladi.

Ohakli suv o`zgarishini kuzating.

Darsni mustahkamlash uchun masalalar:

  1. 300 g kalsiy karbonatga xlorid kislota ta’sirb etib, qancha hajm karbonat angidrid olish mumkin?

  2. 448 litr karbonat angidrid olish uchun qancha massa kalsiy karbonat kerak bo`ladi?

  3. 10 % qo`shimchasi bo`lgan kalsiy karbonatga xlorid kislota ta’sir ettirib mahsulot unumi 90 % bo`lganda qancha hajm va necha gramm karbonat angidrid olish mumkin?

Xulosa

…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………


Sana………………………imzo………………………


  1. LABORATORIYA ISHI. KARBONATLAR VA GIDROKARBONATLARNING BIR-BIRIGA AYLANISHI HAMDA ULARNING XOSSALARI BILAN TANISHISH. KARBONAT ANIONINI BILIB OLISH.

Maqsad: laboratoriya sharoitida karbonat . angidrid olish va u bilan tajribalar o`tkazish.

Jihozlar: indikator qog£ozi (1), shisha stakan (2), tomchi analizi uchun to‘plam (3), shpatel (4), shisha tayoqcha (5), probirkalar P-16 (6), polipropilen stakan (7), plastik taglik (8), gaz olish uchun asbob, probirka qizdirgich, laboratoriya shtativi.

Reaktivlar: natriy karbonat (Na2C03) quruq tuzi, xlorid kislotaning (1:1) suyultirilgan eritmasi, natriy gidro karbonat (NaHC03), suyultirilgan HC1 eritmasi, ohakli suv.

O‘quv-ko‘rgazmali qo`llanmalar: “Kimyo” fanidan proyeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar, 63, 64-betlar.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Gaz olish uchun asbobni shtativga о‘mating.

  2. Gaz olish asbobning vtulkasi ustiga ohistalik bilan shpatel yordamida natriy karbonat tuzidan soling.

  3. Asbobning voronkasini joyiga yaxshilab о‘mating.

  4. P-16 probirkaga kalsiy gidroksid (Ca(OH)2) tiniq eritmasidan pipetka yordamida 5-6 ml solinadi va shtativga o‘matiladi.

  5. Kalsiy gidroksid (Ca(OH)2) eritmasi solingan probirkaga asbobning gaz o'tkazuvchi nayining uchi tushiriladi.

  6. Asbob voronkasiga xlorid kislota eritmasidan 50 ml li polipropilen stakan yordamida 10 ml solinadi.

  7. Hodisa kuzatiladi.

  8. Kalsiy gidroksid (Ca(OH)2) eritmasi awal loyqalanib, keyin tiniq holga kelishi kuzatiladi.

  9. Hosil bo‘lgan tiniq eritma probirka qizdirgichda qaynatiladi

  10. Hodisa kuzatiladi.

11. Natija quyidagi jadval asosida to‘ldiriladi:

Modda

HCl

CO2

t0

Na2C03










Ca(OH)2










Ca (HCО3)2












Karbonat ioniga xos sifat reaksiyasi. Karbonatlar va gidrokarbonatlar, ularning bir-biriga aylanishi.

1. Gaz o’tkazgich nayli probirka qiyalatib shtativga joylashtiriladi.

2. Probirkaga 10-15 gramm natriy gidrokarbonat solinadi.

3. U gaz o'tkazgich nayli tiqin bilan berkitiladi.

4. Gaz o'tkazuvchi nayning uchi ohakli suv solingan probirkaga tushiriladi. Ohakli suvga indikator qog'ozi tushirib ko‘riladi.

5. Natriy gidrokarbonat solingan probirka ohistalik bilan qizdirgich yordamida yuqori temperaturagacha qizdiriladi.

6. Gaz ajralib chiqishiga va ohakli suvning loyqalanishiga e’tibor qaratiladi. Olingan loyqa eritmaga indikator qog‘ozi tushiriladi va qog’oz rangi o`zgargani ko‘rsatiladi.

  1. Natriy gidrokarbonatni qizdirish davom ettiriladi.

  2. Ohakli suv solingan probirkadagi eritma у ana tiniqlashguncha kuzatiladi.

  3. Bu eritma qizdirilganda nima uchun cho‘kma hosil bo‘ladi?

  4. Xuddi shu reaksiyani natriy karbonat (Na2C03) bilan ham bajarib ko‘riladi.

  5. Karbonatlar va gidrokarbonatlar, ularning bir-biriga aylanish reaksiyalari tenglamalari molekular, to‘liq va qisqacha ion-molekular shaklda yoziladi.

Xulosa

…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………


Sana………………………imzo………………………
2-LABORATORIYA ISHI. TABIIY SILIKAT NAMUNALARI VA ULARNING TARKIBI BILAN TANISHISH.

Maqsad: shisha, keramika va sement namunalari bilan tanishish.

Jihozlar: "Shisha va uni ishlab chiqarish xom ashyosi" kolleksiyasi, shisha buyumlar.

Metodik ko rsatmalar: sement bilan ishlashda o‘quvchilar iloji boricha resperator taqib ishlashlari kerak.

Ishni bajarish tartibi:

1. O‘quvchilar berilgan silikatlar namunalarini koczdan kechiradilar.

  1. Ularning tashqi ko‘rinishiga e’tibor beriladi.

  2. Ularning qattiqligi tekshirib ko‘riladi.

  3. Shishadan yasalgan buyumlami tayyorlashda shishaning qanday o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalanganligi izohlab beriladi.

  4. Jadval tuziladi.

  5. Kuzatishlarni jadvalga qayd qiladilar.

  6. Minerallarni nomlaydilar.


Xulosa

…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………


Sana………………………imzo………………………

3-LABORATORIYA ISHI. SHISHANING TURLARI VA BLAMING TARKIBI BILAN TANISHISH.

Maqsad: shisha, keramika va sement namunalari bilan tanishishni davom ettirish, shisha turlarini aniqlash va tajriba uslubida ajratish.

Jihozlar: "Shisha va uni ishlab chiqarish xom ashyosi" kolleksiyasi.

Metodik ko'rsatmalar: xo‘jalik va hayotda shishaning ishlatilishi to‘grisida suhbat o‘tkazish.
Ishni bajarish tartibi:

  1. O'quvchilar berilgan silikatlar namunalarini ko‘zdan kechiradilar.

  2. Ularning tashqi ko‘rinishiga e£tibor beriladi.

  3. Ularning qattiqligi tekshirib ko`riladi.

  4. Shishadan yasalgan buyumlami tayyorlashda shishaning qanday o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanilganligi izohlab beriladi.

Xulosa

…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………


Sana………………………imzo………………………
4-LABORATORIYA ISHI. METALLARNING NAMUNALARINI KO‘ZDAN KECHIRISH

Maqsad: metallarning fizik xossalarini o'rganish.

Jihozlar: "Metallar" kolleksiyasi.

Reaktivlar: "Metallar va metall oksidlari" to`plami.

O‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar. “Kimyo” fanidan proyeksion ko'rgazmali-metodik qo`llanmalar, 44-bet.
Ishni bajarish tartibi:

1. O'quvchilar berilgan namunalarni ko‘zdan kechiradilar.

  1. Qaysi paketchada qanday metall berilganini tashqi ko‘rinishidan aniqlaydilar.

  2. Ma’lumotlar (ya’ni darslikdagi) asosida quyidagi jadvalni toMdiradilar.




Nomi

Rangi

Atom

massasi

Qora yoki rangli metall ekani

Elektr o‘tkazuv- chanligi

Issiqlik

o‘tkazuv-

chanligi

Og‘irligi










































































Xulosa

…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………


Sana………………………imzo………………………
5-LABORATORIYA ISHI. MIS (II) (CuSO4 SULFAT VA KALIY YODID (Kl) ERITMALARINING ELEKTROLIZI. QOTISHMA NAMUNALARI BILAN TANISHISH.

Maqsad: elektr toki bilan tajribalar o‘tkazish asbobi, katodda va anodda boradigan jarayonlar, clektroliz jarayonining kimyoviy tenglamasini yozishni o‘rganish.

Jihozlar: elektr toki bilan tajribalar o‘tkazish asbobi, shisha tayoqcha (1), shisha stakan (2), menzurka(3), pipetka(4), plastik taglik (5), 100 ml li o‘lchov silindri, flitr qog‘oz.

Reaktivlar: mis (II) sulfat (CuS04) ning 2 N eritmasi, kaliy yodid KJ ning 2 N eritmasi, suv, fenolftalein eritmasi, kraxmal eritmasi, nitrat kislota (konsentrlangan), natriy tiosulfatning

0,5 N eritmasi.

Ishni bajarish tartibi:


  1. Mis (II) sulfat eritmasi elektrolizi.

  1. Elektr toki bilan ishlash asbobi shisha stakaniga mis (II) sulfatning 2 N eritmasidan 100 ml quying.

  2. Stakanga elektrod tutgichda o‘rnatilgan mis elektrodlarini tushiring.

  3. Asbobni tok manbaiga ulang. 2-3 daqiqa davomida tok o‘tishini ta’minlang.

  4. Katodda mis, anodda esa kislorod ajralib chiqishini kuzating.

  5. Anodda xlor ajralganini hididan, katodda mis ajralganini ko‘z bilan ko‘rish mumkin.

  6. Elektrodlarda ro`y bergan jarayonlarni tushuntiring.

  7. Tajribadan so‘ng katodni misdan tozalash uchun uni konsentrlangan nitrat kislotaga biroz botirib turing va suv bilan yuvib tashlang.




  1. Kaliy yodid elektrolizi.

  1. Elektr toki bilan ishlash asbobi stakaniga 100 ml kaliy yodidning 2 N eritmasidan quyib, ustiga 3-4 tomchi fenolftalein va 3-4 tomchi kraxmal eritmasidan qo'shing.

  2. Stakanga grafit elektrodlami tushirib asbobni tok manbaiga ulang. 3-4 minut davomida tok o'tkazing. *

  3. Eritmada kaliy gidroksidi, katodda vodorod, anodda esa erkin yod hosil bo‘lishini isbotlang.

  4. Elektrodlarda ro`y berayotgan reaksiyalar tenglamalarini yozing.

  5. Nima uchun anodda eritma ko‘karishi, katodda esa pushti ranga kirishini tushuntiring.

  6. Tajriba tugagach, anod sirtini yoddan tozalash uchun grafit elektrodni dastlab natriy tiosulfat, so‘ngra distillangan suv bilan yuving.

Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling