Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Mustahkamlovchi va muhokama qilish uchun savollar
Download 1.25 Mb.
|
Bolalar psix. majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish topshiriqlari
- Tushunchalar va tayanch iboralar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni.
Mustahkamlovchi va muhokama qilish uchun savollar:
1.Bog’cha yoshidagi bolalar sezgisini rivojlantirish qanday omillarga bog’liq? 2.Bolalarda vaqtga oid bilimlarni shakillantirish qanday amalga oshiriladi? 3. Idrok jarayonini shakllantirishda qaysi jarayonlar muhim o’rin tutadi? Mustaqil ish topshiriqlari: Bog’cha yosh davrida bolalar sezgisini diagnostika qilish. Bog’cha yoshidagi bolalar idrokini rivojlanganlik darajasini aniqlash metodlari. 17- MAVZU: BOG’CHA YOSHDAGI BOLALARDA DIQQATNING RIVOJLANISHI Dars o’quv maqsadi: Talabalarga psixik jarayonlardan biri bo’lgan diqqatning bolalarda rivojlanishi to’g’risida bilimlar berish. Tushunchalar va tayanch iboralar: Diqqat, qo’zg’alish va to’rmizlanish, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’ngi diqqat Asosiy savollar: 1.Diqqat va uning xususiyatlarining bolalarda shakllanishi. 2.Ilk yoshdagi bolalarda diqqatning rivojlanishi 3. Bog’cha yosh davrida diqqat turlarining taraqqiyoti Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jalilova S.X., Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi (o’quv qo’llanma). Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2017. — 496 b 2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Adabiyot nashriyoti. T., 2006y. 3. Otavaliyeva O’. Bolalar psixologiyasi. (O’quv qo’llanma).1-2qism. Samarqand, 2003yil. 4.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-360 b. Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Diqqatning nerv-fiziologik asosida oriyentirovka yoki tekshirish deb aytiladigan maxsus reflekslar yotadi. Oriyentirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining po’stida kuchli qo’zg’olish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo’zg’olishlarga nisbatan, oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuz bergan qo’zg’olish kuchli bo’ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir. Bu esa sub’yekt ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo’naltirilishini ta’minlaydi. Bunday yo’naltirilishning sodda misoli sifatida oriyentatsiya refleksini ko’rsatish mumkin. Xar qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u yetarli darajada intensiv(kuchlanishga ega) bo’lsa, tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks, I.P.Pavlov aytganidek «nima u» degan refleks bilan ifodalanadi, bu esa sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir. I.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiy olib borgan tekshirishlari bir–biriga to’g’ri keladi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo’zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir qilsa bosh miya po’stida shu ongning o’zida bir necha qo’zg’alish o’choqlari paydo bo’ladi. Shu bilan birga, xar bir qo’zg’alish o’chog’i bosh miya po’stining hamma yog’iga tarqalishga iradiatsiyalanishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo’zg’alish o’choqlari o’rtasida to’qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Bu kurash natijasida qo’zg’alish o’choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo’lib oladi Mana shu hukmron bo’lib olgan qo’zg’alish o’chog’ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko’ra; Dominanta – bu ayni chog’da markazda sodir bo’ladigan reaksiyalar xarakterinni bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo’zg’alish o’’chog’idir. Dominantalar mavjud bo’lgan paytda boshqa qo’zg’alish o’choklari («subdominantalar» - nisbatan kuchsiz qo’zg’alish o’choqlari) ko’pincha yo’qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo’shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo’lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa – subdominanta bo’lib qolishi mumkin. Hukmron qo’zg’alish o’chog’i bo’lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo’naltirilishi va tuplanishining fiziologik asosidir. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling