Maktabgacha ta’lim muassalarida psixologik faoliyati
Qurish-yasash materiallarining turlari
Download 296.16 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim muassalarida psixologik faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- К onstruktorlar.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog‘ozdan, tabiat, tashlandik materiallaridan va boshqalardan foydalaniladi. Materialni turi qurish yasash turini aniqlab beradi. Qurilish materiali – mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo…) iborat.
М ashg‘ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil mayda to‘plamlardan foydalaniladi. Mashg‘ulot paytida materiallar ko‘p bo‘lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, o‘simlik va transportni ifodalovchi mayda o‘yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak atrofdagi konkret narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yulovchilar uchun ko‘prik yasaydilar. O‘yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o‘yin faoliyatini rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish materiallarni ma’lum bir shkaflarda, tartib bilan saqlanadi. К onstruktorlar. Кatta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Тarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo‘l muskullari xali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi avval konstruktor yig‘ishni metodik ko‘rsatmalarini o‘rganadi. Тarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketmaket beriladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstruktorlardan:yog‘ochli, platmassali va metalldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bu to‘plamlar yordamida qismlarning joylashtirilishi ancha murakkab bo‘lgan qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi. Download 296.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling