Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish metodikasi Bolalar nutqini o‘stirish


Download 192 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi192 Kb.
#1763474
Bog'liq
10-Мавзу

  • Bolalar nutqini o‘stirish
  • O‘qituvchi:F.Qodirova
  • Mavzu:

Reja:

  • Нутqий ва фонематик эшитишни ривожлантириш.
  • Нутqий мулоqот маданиятини шакллантирш.
  • Товуш тизими, интонасиянинг моhияти ва мазмуни.
  • Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish
  • Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida о‘z davrining ilmiy yutuqlarini о‘zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil О‘zbekistonda demokratik jamiyatning tо‘laqonli quruvchilari bо‘la olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir.
  • Bolalarga nutqni о‘rgatish uchun bо‘lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur о‘rganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bо‘lgan metodlarini о‘zlashtirishi, bolaning ona tilini о‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.

Nutqning tovush madaniyati

  • Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulyatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni tо‘g‘ri talaffuz etish. Sо‘zlardagi, tez aytishlardagi, qisqa she’rlardagi tovushlarni tо‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonasiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni о‘rgatish.
  •  
  • Mashg‘ulotning borishi. Bolalar, hozir men sizga о‘jar jо‘jacha haqida hikoya aytib beraman. Siz diqqat bilan eshiting, hikoyaning davomini siz aytib berasiz. Bir tovuqning 7 ta jо‘jasi bor ekan. Ulardan bittasi о‘jar ekan. Onasining sо‘ziga quloq solmay uni qiynar ekan. Bir kuni ona tovuq jо‘jalarga yolg‘iz kо‘chaga chiqmanglar, adashib qolasiz, - deb о‘zi donlagani ketibdi. Oradan kо‘p о‘tmay haligi о‘jar jо‘ja kо‘chaga chiqib ketibdi. U yuraveribdi, yuraveribdi, oxiri adashibdi. Yо‘lda bir gala g‘ozlarni kо‘ribdi. Chi-chi mening onam qayerda ? – deb sо‘rabdi. G‘ozlar bilmaymiz, deb suvga chо‘milgani ketishibdi. Jо‘jacha yana yuraveribdi, yuraveribdi, yо‘lda kuchukchani kо‘rib qolibdi. Chi-chi, mening onam qayerda? – deb sо‘rabdi. О‘jar jо‘jacha yо‘lda yana nimalarni uchratdi, qanday qilib onasini topib oldi.
  • Shular haqida hikoya tuzib aytib bering.
  • Agar bolalar qiynalsalar tarbiyachi yordamlashadi.
  • Yо‘lda о‘jar jо‘jacha mushukni kо‘rib qoladi. Mushuk jо‘jani aldab tutib olmoqchi bо‘lib turganda Ona tovuq yugurib kelib mushukni ta’zirini beribdi. Ona tovuq о‘jar jо‘jachani ham urishibdi. Jо‘ja esa о‘jarligidan pushaymon bо‘libdi. Bolalarni hikoya tuzishlari uchun ular 3-4 ta boladan iborat guruhlarga ajratiladi: biri boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi, uchinchisi yakunlaydi.
  • Guruh bolalarining javoblari eshitilgach tarbiyachi ularni rag‘batlantiradi.
  •  
  • Mavzu: Ijodiy hikoya tuzish: «О‘jar jо‘jacha».
  • Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. Xuddi til kabi insonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bо‘ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni о‘rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‘liqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bо‘lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
  •  

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarga har xil turdagi matnlarni tuzishni о‘rgatishga doir ishlar shakllari va metodlarini metodik jihatdan asoslang?
  • Lug‘at ishining bosh vazifasi qaysi metodlar, usullar orqali amalga oshirilishi lozim? (lug‘at zahirasini boyitish, kengaytirish va faollashtirish).
  • Bolaning ona tilidagi nutqi mazmunini rivojlantirish uchun qaysi shart-sharoitlar zarur? О‘z javobingizni aniq misollar orqali asoslang?
  • Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik tizimini shakllantirishga doir ishlar mazmuni nimalardan iborat? Bolalarda ona tilidagi grammatik jihatdan tо‘g‘ri nutqni shakllantirish metodlari va usullarini tavsiflang.?
  • Bolalarda nutqning tovush jihatini rivojlantirish va takomillashtirish uchun qaysi metodlar, usullar va vositalarni qо‘llash zarur?
  • Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yо‘nalishini ayting. Har bir yо‘nalishni tavsiflang?
  •  

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling