Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish


Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari


Download 36.53 Kb.
bet8/21
Sana05.01.2022
Hajmi36.53 Kb.
#230204
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish-fayllar.org

Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari.


  • Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • Ikki yoshli bola qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo'q, qo'l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta'sir qilish bilan bog'liqdir. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar:

  • Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg'otish.

  • Rasm chizish materiallari - «qalam, bo'yoqlap» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.

  • Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o'rgatish.

  • To'g'ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o'rgatish.

  • Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg'uloti qog'oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o'yinchoqlardan bolalarga ma'lum bo'lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog'oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo'ldi. Qalamning ochilgan uchi qog'ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog'ozda uning izlari ko'rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog'oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko'rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg'otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko'nikmalarni qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo'yoqni mo'yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o'rgatishni dastur o'z ichiga olgan.

Download 36.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling