Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko'nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o'rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan mavzu bo'yicha rasm sujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o'rgatish.
Sujetda harakat natijasida predmetning shaklini o'zgartirishga o'rgatish (masalan, engashishni, yugurishni).
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog'ozning pastiga, uzoqdagilarni qog'ozning tepasiga (o'lchamlarini o'zgartirmasdan) joylashtirish.
Ranglarni farqlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil holda sujetga mos rangni berishga o'rgatish.
Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, «Uy qurish» mavzusi bo'lsa, bolalarning o'zlari qanaqa uy, kim quryapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o'zgarishini bilishadi, shu o'zgartirishlarni tasvirlay oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |