Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to'g'ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to'rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.

Bu quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:
aylana, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda qo'llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish;
rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglarni mos holda ishlatishni o'rgatish; .
naqshning oddiy elementlarini chizishga o'rgatish;
mo'yqalamdan foydalanishning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish (qog'ozda yengil yurg'izish, tochkalar qo'yish, chiziqlar chizayotgan- da mo'yqalamning butun usti bilan chizish).
Avval bolalar mo'yqalam bilan to'g'ri chiziqlarni chizishni va ularning orasiga nuqtalar qo'yishi, ranglarni ketma-ket almashtirib chizishni o'rgatadilar. Undan tashqari, bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o'rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |