2022-2023 o‘quv yili uchun maktabgacha ta’lim tizimida asosiy vazifalar
Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish.
Tashkilotda (Guruhda ta’lim tarbiya jarayonlarida ) takomillashtirilgan «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini amaliyotga keng joriy etish, ishlab chiqilayotgan o‘quv-metodik va didaktik materiallar hamda ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari tarkibi sifatini oshirish va ularni kasbiy rivojlantirish.
Tashkilotga oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni keng jalb etish maqsadida pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, malaka oshirishning kredit modul tizimiga asoslangan uzluksiz tizimini joriy etish, tashkilotdagi pedagog kadrlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish orqali kadrlar qo’nimsizligini bartaraf etish..
Maktabgacha ta’limda innovatsiyalarni joriy qilish.
Tashkilot guruhlaridagi ta’lim tarbiya faoliyatlariga innovatsion va axborot texnologiyalarini, keng joriy etish orqali raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlarni raqamli innovatsion-rivojlantiruvchi muhitdagi faoliyatlarini kengaytirish, pedagoglar, metodistlar, ota-onalarning Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi axborot tizimlari – “Bolalik akademiyasi”, “Bebbo” va boshqa raqamli platformalaridan keng foydalanishlarini tashkil etish va rag‘batlantirish, “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimidan foydalanish kompetensiyalarini oshirish.
Maktabgacha ta’limda boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish.
Tashkilotda maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish, zahirasini shakllantirish va ularni maqsadli tayyorlash.
2022-2023 o‘quv yili uchun 42- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining
ASOSIY VAZIFALARI
Tashkilotda ta’lim sifatini oshirish.
Tashkilot guruhlarda ta’lim tarbiya jarayonlarida takomillashtirilgan «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini amaliyotga keng joriy etish, ishlab chiqilayotgan o‘quv-metodik va didaktik materiallar hamda ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Tashkilot pedagog kadrlari tarkibi sifatini oshirish va ularni kasbiy rivojlantirish.
Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, malaka oshirishning o’z muddatida ijrosini ta’minlash, tashkilotdagi pedagog kadrlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish orqali kadrlar qo’nimsizligini bartaraf etish maqsadida o’z ustida tinimsiz ishlash. Oliy ta’lim muassasasigao’qishga kirishni maqsadga aylantirish.
Tashkilotda ta’lim innovatsiyalarni joriy qilish.
Tashkilot guruhlaridagi ta’lim tarbiya faoliyatlariga innovatsion va axborot texnologiyalarini, keng joriy etish orqali raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirish. Pedagog kadrlarni raqamli innovatsion-rivojlantiruvchi muhitdagi faoliyatlarini kengaytirish, pedagoglar va ota-onalarning Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi axborot tizimlari – “Bolalik akademiyasi”, “Bebbo” va boshqa raqamli platformalaridan keng foydalanishlarini tashkil etish va rag‘batlantirish, “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimidan foydalanish kompetensiyalarini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |