Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Munozaraga tashlanayotgan
muammo yuzasidan atroflicha ishlar qilingan bo‘lsa-da, ammo maktabgacha
ta’lim muassalarida bolalar ongiga xalq og‘zaki ijodi namunalarini singdirish va
ular orqali bolalarning nutqini o’stirish yuzasidan shaxsiy mulohazalarni o‘ylab
yurar edik. SHu bahona bitiruv malakaviy ishimizda bu mavzuga qo‘l urdik.
Ishning maqsad va vazifalari.
Malakaviy ishimiz uchun quyidagi maqsad va vazifalarni belgiladik:
— Maktabgacha ta’lim muassalarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatishning maqsad va vazifalarini aniqlash;
— topishmoq va ertaklar o’rgatish orqali ta’lim-tarbiyaning eng muhim o‘rinlarini singdirish usullarini ishlab chiqish;
— nutq o’stirish mashgulotlarida ertaklarni o’rgatish orqali qayta hikoya qilishga o’rgatish;
— xalq og’zaki ijodini o’rgatish orqali ta’limning interfaol usullarini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |