Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar o’rtasida tuziladigan Shartnoma
d) shartnoma bekor qilingan hollarda tashkilotda bola qatnovini tiklashni yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish; e
Download 29.61 Kb.
|
Ота она шартномаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilotningning majburiyatlari
- 3.Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega
d) shartnoma bekor qilingan hollarda tashkilotda bola qatnovini tiklashni yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;
e) tarbiyalanuvchini oilada tarbiyalash bo’yicha tavsiya berish; f) tashkilot zarur moddiy-texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bulgan taqdirda, asosiy ta’lim-tarbiya jarayoniga halaqit bermagan holda pullik ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko’rsatish; g) tibbiyot xamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchilarni ertalabki filtratsiyadan o’tkazish jarayonida bolaning kasalligi aniqlangan hollarda tashkilotga qabul qilmaslik; h) bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to’xtatilishi to’g’risida ota-onaning yozma arizasi bo’lmagan hollarda to’lov to’liq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undirish; i) bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to’lov to’langan davrdan ortiq muddatda bo’lishiga ushbu oy uchun to’lovning qolgan qismi to’langandan so’ng, yo’l qo’yiladi. Tashkilotningning majburiyatlari: a) Kosonsoy tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan beriladigan yullanma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish; b) tarbiyalanuvchining yoshi, individual, psixik va jismoniy xususiyatlari, iste’dodi va qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish; v) tarbiyalanuvchining hayotini muhofaza qilish, jismoniy hamda psixik sog’lig’ini ta’minlash, rivojlanishidagi nuqson va kamchiliklarini bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondoshishni ta’minlash, bola xuquqlari tug’risidagi Konventsiyaga rioya qilish; g) pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bola va ota-onalarning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni turli tazyiqlardan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bulish ruhida tarbiyalash; d) tarbiyalanuvchining muassasada bulishi jarayonida maktabgacha ta’limga quyiladigan davlat talablarining tulaqonli bajarilishini ta’minlash, Maktabgacha ta’lim vazirligi tarafidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlash; ye) tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va kunikmalarga ega bulishlarida ota-onalarga kumaklashish; j) ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har taraflama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish buyicha zarur bulgan shart-sharoitlar yaratish; z) tarbiyalanuvchilarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash imkoniyatini yaratish; i) tarbiyalanuvchini tashkilot xodimlarining qupol munosabatlari, bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir kursatadigan muomalaning turli kurinishlaridan himoya qilishni ta’minlash; k) pedagog va ota-onalarning bola manfaati yulidagi hamkorlik usullarini ustuvor ravishda qullash; l) tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat kursatishni tashkil etish, davolovchi- profilaktik tadbirlar, reja asosida profilaktik emlash, sog’likni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tarafidan tibbiy kuriklarni uz vaqtida utkazish; m) tarbiyalanuvchida uqishga intilish hissini uyg’otish, ularni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; n) ota-onalardan bola ehtiyoji uchun zarur bulgan narsalar va boshqa maqsadlarda majburiy tarzda pul yig’maslik; o) ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi muassasaga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan hollarda badal tulovlarni hisoblamaslik; p) belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; r) tarbiyalanuvchiga tegishli bulgan narsa va buyumlarni tulaligicha saqlash; s) ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish; t) ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari, tashkilotning manzili va telefoni hamda ta’limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish. 3.Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega: a) tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va qizikishlarini himoya qilish; b) tashkilotning ustavi bilan tanishish; v) mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtlardan tashqari vaqtda tashkilot ning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, kuriklar, kungilochar soatlar, yakuniyva ochiq mashg’ulotlar va h.k.); g) tashkilot bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash buyicha takliflar kiritish; d) tashkilot da uz bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, maktabgacha ta’lim tashkilot da ta’lim berish turini tanlash; ye) tashkilotda bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bulish, shartnomada belgilangan shartlar buyicha bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish; j) tashkilotning kun tartibi davomida soat dan soatgacha bulgan davrda yoki uziga qulay bulgan vaqtda sababi kursatilgan holda yozma bildirish asosida bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish; z) tashkilot rahbariyatini 7 kun oldin yezma ravishda xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish. I) Maktabgacha ta’lim tashkilotdagi ishchi guruxiga a’zo bulish. Download 29.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling