Maktabgacha talim tashkilotida ish hujjatlari. Respublikada maktabgacha talimga doir ilmiy tadqiqot mazmuni mohiyati


Download 281.84 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi281.84 Kb.
#1551981
Bog'liq
Murtazaqulova Sevinch

Maktabgacha talim tashkilotida ish hujjatlari. Respublikada maktabgacha talimga doir ilmiy tadqiqot mazmuni mohiyati.

Bajardi: Murtazaqulov Shahzod Tekshirdi: Niyozova Gulnoza


Reja: 1.Maktabgacha talim tashkilotida ish hujjatlari 2.Respublikada maktabgacha talimga doir ilmiy tadqiqot mazmuni mohiyati
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019-yil 30-avgustdagi 155-sonli buyrug’i O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 2019-yil 13-maydagi 391-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ma’suliyatini oshirish. Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatining asosiy g’oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’limning keying bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan
“Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi barcha pedagoglar uchun ish hujjatlarini to’g’ri rasmiylashtirish hamda unga ijodiy yondoshgan holda qat’iy qilish tartibini belgilaydi. Qo’llanmani tayyorlashdan maqsad, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari darajasida yangicha yondashgan holda tashkil etish. Pedagoglar hujjat yuritishida ta’lim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligini ta’minlashdan iborat. O’quv yili boshida ushbu qo’llanma bilan barcha pedagoglar tanishtiriladi. Ushbu qo’llanma bilan tanishgan barcha pedagoglar mazkur qo’llanmaga amal qilish va me’yoriy-metodik hujjatlarni yuritishga ma’sul hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 12-iyundagi 1-MH-son buyrug’i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 3-iyul 2018-yilda 3032-son bilan ro’yxatdan o’tgan) “O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” hamda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori bilan tasqidangan “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini mavzuli rejalashtirish” qo’llanmasi har bir tarbiyachi ishlayotgan guruhyoshiga mos ravishda ta’minlangan bo’lishi shart. Tarbiyachining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali) Jurnalning titul varag’idan keyingi betga tavsiyalar joylashtirilgan bo’lib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi mumkin.
Keyingi sahifada tarbiyachining joriy o’quv yilida o’z oldiga qo’ygan asosiy vazifalar yoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda olinadi. Unda tarbiyachi o’zining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi bo’lgan, markazlar faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlari yoritiladi. Guruh yoshiga va MTTning ish vaqtiga qarab kun tartibi belgilanadi. Bir oy uchun 2ta ertalabki badantarbiya komplekslari rejalashtirilib, 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar, 16-31 sanalarda predmetlar bilan ertalabki badantarbiya mashqlari bajarilishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Ertalabki badantarbiya mashqlarini alohida daftarga yozib borish yoki oldindan kartotekalar tayyorlab olish maqsadga muvofiq. Keyingi varaqlarda tarbiyachining ta’limiy-tarbiyaviy faoliyati aks ettirilib, hafta mavzusi, davr ko’rsatiladi.Ertalabki doirada bolalar bilan olib boriladigan qabul, suhbat, o’yinlar, ertalabki badantarbiya kompleksining tartib raqami kiitiladi. Markazlardagi faoliyatlarga o’zgartirish kiritilgan taqdirda, o’sha markaz nomi va mavzu, unga keakli jihozlar yoziladi. Markazlardagi faoliyatlar o’zgarmagan holatlarda bu joy bo’sh qoladi. Umumiy guruh bo’lib ishlash- bu frontal mashg’ulot bo’lib, unga nutq o’stirish,matematika, savodga o’rgatish, rus va o’zbek tillari, ingliz tili, jismoniy tarbiya hamda musiqa mashg’ulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda ushbu frontal mashg’ulotlarni o’tish vaqti belgilanadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Yosh tarbiyachilarga frontal mashg’ulotlarni to’liq ochib yozish, tajribaga ega bo’lgantarbiyachilarga esa frontal mashg’ulotlarni tezis sifatida yoritib berish mumkin.Frontal mashg’ulotni yozish daftari rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi va nazoratga olinadi. Ish jurnalining sayr bo’limi 5 qismdan iborat. Bu qismlarda tarbiyachi eng avvalo kuzatilayotgan obyektni yoritish, obyektga mos bo’lganmehnat turini, harakatli o’yin, ixtiyoriy o’yinlarni rejalashtiradi. Tarbiyachi bolalarni ixtiyoriy o’yinga jalb qilgan vaqtda, asosiy harakat turlarini mustahkamlashga muhtoj bo’lgan bolalar bilanishlaydi va ularda sakrash, yugurish, tirmashib hiqish, uloqtirish, irg’itish, turli usullarda yurish va boshqa harakatlar bo’yicha olgan malakalarini mustahkamlaydi. Kechki sayrda esa tarbiyachi kuzatish, ixtiyoriy o’yinlar, ota-onalar bilan suhbat qismlarini rejalashtiradi.
Ish jurnalidagi kuning ikkinchi bo’limi bolalar bilan yakka ishlash,badiiy adabiyotlar, o’yin va faoliyatlar qismlariga bo’lingan bo’lib, unda tarbiyachi bola bilan qaysi mavzuda yakka ishlashni,o’qib beriladigan,sahnalashtiriladigan, hikoya qilib beriladigan, yod olinadigan asarlar nomini, syujetli-qoidali, ta’limiy, stol ustida o’ynaladigan, rivojlantiruvchi o’yinlar, tug’ilgan kunlar, uchrashuvlar, qo’g’irchoq teatrlari, to’garaklar va boshqa ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlar rejalashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etildi.
Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 281.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling