Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar to’g’risida
Download 26,24 Kb.
|
MT normativ hujjatlari
TMC institute Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi Erkinjonova Mohiraning “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar to’g’risida” mavzusidagi taqdimoti Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda.
Yuqoridagi narmativ hujjatlar maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi.
Download 26,24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling