Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Download 235.29 Kb.
bet19/40
Sana08.10.2023
Hajmi235.29 Kb.
#1695253
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

MTT METODISTI (RAXBAR)NING TAVSIYA VA KOʻRSATMALARI




Jurnalning titul varagʻidan keyingi betga tavsiyalar joylashtirilgan boʻlib, tarbiyachi bu tavsiyalardan faoliyati davomida foydalanishi mumkin. Keyingi sahifada tarbiyachining joriy oʻquv yilida oʻz oldiga qoʻygan asosiy vazifalariyoritiladi. Asosiy vazifalar tashkilotning dolzarb vazifalaridan kelib chiqqan holda olinadi. Unda tarbiyachi oʻzining pedagogik salohiyatini oshirish uchun amalga oshirmoqchi boʻlgan, markazlar faoliyatini boyitishga qaratilgan, zamonaviy jihozlash, rejalashtirilgan tadbirlar, ota-onalar, pedagoglar bilan hamkorlikdagi ishlarni yoritadi.


MTTning ish vaqti va guruh yoshiga qarab kun tartibi va mashgʻulotlar jadvali taʼlim tashkilotining 1-sonli pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Bir oy uchun ikki xil tartibda ertalabki badantarbiya mashqlari rejalashtirilib, 1-15 sanagacha predmetsiz mashqlar, 16-31 sanalarda predmetlar (guruhdagi tarbiyalanuvchilar soniga yetarli boʻlishi lozim) bilan ertalabki badantarbiya mashqlari rejalashtiriladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarini rejalashtirishda tarbiyalanuvchilar yoshini inobatga olgan holda oldindan kartotekalar tayyorlab olish lozim (bolakadem.uz elektron platformasidan tayyor kartotekadan foydalanish mumkin).
Ertalabki qabul — tarbiyachining ish jurnalida berilgan ushbu qismda bolalarni birlamchi tibbiy koʻrikdan (filtr) oʻtkazish, bolaning holati haqidagi maʼlumotlarni ota-onalardan olish, davomatga belgilab qabulni yakunlash va bolalarning hoxishlariga qarab mehnat turlariga jalb etish tadbirlari amalga oshiriladi.
Oʻyinlar – Tarbiyalanuvchilarning hoxish-istaklariga koʻra, hafta mavzusi boʻyicha taʼlimiy, rivojlantiruvchi, syujetli-rolli, sahnalashtirish oʻyinlarining nomi qayd etiladi;

Download 235.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling