78
11-04. Bolaning rivojlanish xaritasi. Yillik hisobot:
TPPK xulosasi asosida tashkilotga qabul qilingan kunidan
аlohida extiyojga ega
boʻlgan bola oʻquv yili davomida doimiy ravishda kuzatilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dastlabki kuzatish oʻquv yili boshida oʻtkaziladi (taxminan sentyabr oyida). Bu
bosqichda har bir bolaning boshlangʻich imkoniyatlari (boshlangʻich, ayni damdagi dolzarb
rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning shu davrgacha
erishgan yutuqlari, kuchli tomonlari,
shuningdek oʻquv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda
ularni hal qilish uchun pedagogning yordami talab qilinadi. Pedagog (tarbiyachi) bola
yutuqlari xaritasini toʻldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (+) bilan belgilaydi.
Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari boʻyicha olib boriladi. Agar u yoki bu rivojlanish
sohasidagi indikator (kutilayotgan natijalar) “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) “Pedagog
izohi” ustunida eslatma yozishi lozim.
Alohida extiyojga ega boʻlgan bolalarda boshlangʻich imkoniyatlarini, joriy rivojlanish
darajasini aniqlab, individual taʻlim yoʻnalishini tuzish hamda ushbu maʻlumotlardan
foydalanish uchun 0 yoshdan boshlab belgilanishi maqsadga muvofiq.
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon
qiladi / xatti harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: