5-boʻlim. Mundarija
Ish rejaning barcha boʻlim va bandlari nomi va sahifalari koʻrsatiladi.
01-07. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi hujjatlari:
MTTning Kuzatuv kengashi — MTTni boshqarishda strategik organ
hisoblanadi. Kengashning asosiy maqsadi-maktabgacha taʼlim tashkilotini
rivojlantirishda ustuvor vazifalarni belgilash. Tuman (shahar) maktabgacha va
maktab taʼlim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan MTT direktorini
saylaydi, MTTning maqsadi va vazifalariga erishish rejasini tasdiqlashda ishtirok
etadi, ularni bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat
qiladi.
01-08.
1. Taftish komissiyalari, auditorlar, davlat moliyaviy nazorat idoralari
tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv xulosalari, dalolatnomalar;
2. Tashrif buyuruvchilarni qayd etish monitoring kitobi;
Kelgan
sanasi
Qaysi
tashkilotdan
keldi
Tashrif
maqsadi
va asosi
Hujjatning
raqami va
sanasi
Tekshiruvchi
ning F.I.Sh
Aniqlan gan
kamchilik
lar
Kamchiliklarni
bartaraf qilish
muddati
1.
2.
3. MTT direktori almashganda tuzilgan topshirish — qabul qilish
dalolatnomalari va ularga oid ilova hujjatlar.
Taftish komissiyalari, auditorlar, davlat moliyaviy nazorat idoralari
tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv xulosalari yoki dalolatnomalari saqlanadi.
MTTa tashrif buyuruvchilarni qabul qilish boʻyicha qaydnomalar kitobi
yuritiladi. Kitob raqamlangan, tikilgan va tuman Maktabgacha va maktab taʼlim
boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |