Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
99 Buyruq 28.08.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namuna T/r Ish mazmuni Bajarish muddati Masʼul shaxslar Bajarilganligi haqida belgi
01-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi hujjatlari Pedagogik kengashlar oʻquv yili davomida 4-marta (avgust, noyabr, fevral, may oylarida) oʻtkazilishi rejalashtiriladi. Har bir kengashda MTTning asosiy vazifalari asosida mavzular rejalashtiriladi. Kengash kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan, pedagog kadrlar salohiyati va taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar kiritiladi. Pedagogik kengash kun tartibiga boshqa masalalar, turli masalalar, uyga 9 vazifalar kiritilmaydi. Uyga vazifa - bu Pedagogik kengash qarorlari boʻlib, pedagoglar tomonidan ushbu qarorlar ijrosi taʼminlanadi va rahbariyat tomonidan nazoratga olinadi. Masalan, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturini ijrosini bajarishga qaratilgan holda “Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻquv rejasini tasdiqlash”, “Pedagoglarning ish taqsimoti”, “Maktab, mahalla bilan hamkorlik ishlari”, “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda “Axborot kommunikatsiya vositalardan foydalangan holda taʼlim samaradorligini oshirish”, “Innovatsion gʻoyalar va ularni tadbiq etish yoʻllarini belgilash”, “Pedagogik jarayon (frontal, mavzuli, qiyosiy)lar nazorati yakunlari” hamda tashkilotning Kuzatuv kengashlari faoliyatiga bogʻliq masalalar kiritilishi maqsadga muvofiq. Namuna T/r Ish mazmuni Bajarish muddati Masʼul shaxslar Bajarilganligi haqida belgi MTTning pedagogik kengashi – kollegial boshqaruv organi hisoblanadi. MTTish rejasi va pedagoglarning pedagogik yuklamasini belgilaydi.MTTning taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi va taʼlim dasturlarini amalga oshirish natijalarini baholaydi. Bolaning qonuniy vakillari hamkorligi tartibini belgilaydi. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari boʻyicha oʻrganish xulosalari, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, direktor va pedagoglarning xisoboti tinglanadi. Pedagogik kengashga rais, uning aʼzolari, kotiba saylanadi. Kengash bayonnomalarini yuritish kitobi va muhokama qilish uchun tayyorlangan tahliliy materiallar, maʼlumotlar kotibada saqlanadi. Kengash bayonnomalari kengash kotibasi tomonidan yozib boriladi. Kengashni oʻtkazish vaqti va joyi, kun tartibi tashkilotda bir oy oldin eʼlon kilinadi va kengashning eʼlonlar taxtasiga joylashtiriladi. Pedagogik kengashrejasiga kiritilgan masalalar masʼul ishchi guruh tomonidan bir oy oldin ogohlantirilgan holda oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar va qaror loyihasi pedagogik kengash aʼzolariga 10 kun oldin topshiriladi. Kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqib, berilgan taklif va tavsiyalar asosida qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonida har bir masaladan soʻng, muddati belgilangan holda qaror chiqariladi, qaror ijrosi boʻyicha masʼul shaxsga yuklatilib, mazkur qarorlarning ijrosini bajarilishi keyingi pedagogik kengash boshlanishida ijrosini sifatli taʼminlanishiga koʻra nazoratdan olinadi. 10 Oʻrganilgan masalalarga oid tahlil natijalari va barcha hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi. Pedagogik kengash bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling