Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


-02. Bolalar davomatini qayd etish daftari, (tabel, filtr va ota-onalar


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/79
Sana02.11.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1740805
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023

11-02. Bolalar davomatini qayd etish daftari, (tabel, filtr va ota-onalar 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar): 
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlib, 
ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda ota-
onalar haqidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy bitta boʻlishi yoki 3 ta daftar 
alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 11-02 raqami qoʻyiladi. 
Daftarlarning yuritilish tartibi ommaviy turdagi MTT tarbiyachilari tomonidan yuritilishiga 
oʻxshab tuziladi (05-03ga qaralsin).
11-03. Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari: 
 
Pedagoglar bilan oʻzaro hamkorlik ish rejasi mutaxassislar oʻrtasida oʻzaro yuritilib, 
bir-birlarini toʻldirishga qaratilgan boʻlib, rejalashtirilgan ishlar hamkorlikda amalga 
oshiriladi. 
Mazkur xujjatni yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari, “Ilk qadam” davlat oʻquv 
dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan 
o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi yarmida 
bolalar bilan yakka tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir. 
Ushbu hujjat pedagoglarning umumiy guruhdagi ishlar va kundalik faoliyatlar (rejim 
momentlari) boʻyicha hamkorlik rejasi hisoblanadi. Har bir KTIMTT ustavi, kun tartibi, 
guruh ixtisoslashuvi (tiflo, surdo va boshqalar) asosida hamkorlik ishlarini rejalashtiradi. 
Ushbu hujjat tarbiyachi va defektolog tomonidan toʻldiriladi.
Tarbiyachining oylik va haftalik taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ish rejasi 
tuziladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi. 
Namuna 
Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari 
(defektolog va tarbiyachi tomonidan yuritiladigan hujjat) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling