Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun jamoa shartnomasi
XVI. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH
Download 75.49 Kb.
|
7-DMTT.
XVI. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH
120. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi manfaatlari u tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan Ish beruvchi bilan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomasini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa ega, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 29- va 34-moddalari). 121. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida Ish beruvchining MTT xodimlarining majburiy mehnatga jalb kilinmasligiga oid majburiyatlari to‘liq bajarilishi yuzasidan hisoboti eshitiladi. 122. Taraflar Bosh, tarmoq jamoa kelishuvlarini tan olib ularni bajarish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Basharti yuqorida nomlari keltirilgan kelishuvlarga o‘zgartirishlar kiritilsa, Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi 10 kun muddat ichida mazkur Shartnomaga tegishli o‘zgarish, qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borishni o‘z zimmalariga oladilar. 123. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash yuzasidan chaqiriladigan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishidan oldin uning loyihasini ekspertiza uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga yoki yuridik firmaga taqdim etadi. Mazkur Shartnoma imzolangandan so‘ng, taraflar uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etadilar. 124. MTTda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish, jamoa muzokaralari o‘tkazish, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash, uning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, shuningdek, Ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa lokal normativ hujjatlarning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida teng huquqlilik asosida ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shartnomani imzolagan taraflar komissiya yig‘ilishida uning bajarilishini ta’minlamayotgan mas’ullar hisobotini eshitish masalasini qo‘yish huquqiga ega. 125. Jamoa shartnomasining matni va ilovalari bilan xodimlar MTTning o‘qituvchilar xonasida hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishishlari mumkin. 126. Shartnomaning amal qilish davrida yoki amal qilish muddatini uzaytirish davrida kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar, ilovalar qo‘shimcha kelishuv ko‘rinishida bo‘lgan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, mazkur Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Download 75.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling