XVII. JAMOA SHARTNOMASI MAJBURIYATLARINING BUZILISHI
YOKI ULARNI BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK
127. Ish beruvchi ushbu Shartnoma shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad qilgan yoki belgilangan muddatda kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 46-moddasi.
128. Jamoa shartnomasi majburiyatlarining buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda mazkur Shartnomada belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
JAMOA SHARTNOMASIGA ILOVALAR RO‘YXATI
1. Muassasa rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitimi.
2. Ta’tillar jadvali.
3. To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo‘lgan xodimlarning toifalari ro‘yxati.
4. Maxsus kiyim va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul olish huquqini beradigan ishlar bo‘yicha kasb va lavozimlar ro‘yxati.
5. Gigiena vositalarini bepul olish huquqini beradigan ishlar bo‘yicha ishlardagi kasb va lavozimlar ro‘yxati.
6. YAkka mehnat nizolari komissiyalari faoliyatini tashkil etish yuzasidan Nizom
|
Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2023 yil 24 mart kunidagi 6-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga 1-ilova.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |