Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Barhayot qadriyatlar” haftaligini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi t/r
Ma’naviy-ma’rifiy tadbiriarning mazmundorligi
Download 63.22 Kb. Pdf ko'rish
|
24-иловаси (1)
2. Ma’naviy-ma’rifiy tadbiriarning mazmundorligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Barhayot qadriyatlar” haftaligini o‘tkazishda ma’naviy-ma’rifiy tadbiriarning mazmundorligi quyidagicha: Navro‘zda inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e’tibor yaqqol o‘z ifodasini topishini ko‘rsatib beradigan, atrof-muhitni, uning ne’matlarini asrab-avaylash, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga da’vat etadigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami uyushtirish; yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlaming hayotimizdagi o‘mi va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan suhbat va uchrashuvlar, ochiq mashg‘ulotlar, xalq o‘yinlarini tashkil etish; so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, bolalaming hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlami Navro‘zning azaliy qadriyat va an’analariga hamohang tarzda, ta’sirchan usullarda ifoda etish; barcha tuman (shahar)larda tashkil etiladigan haftalik tadbirlarida, Navro‘z bayramining tarixi, har bir hudud aholisi o‘rtasida uni nishonlash bilan bog‘liq urf- odat va an’analaming mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berish; bolalarda vatanparvarlik, o‘z vatanidan g‘ururlanish va vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratib berish; maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalaming badiiy didini, estetik tushunchasini, materialistik dunyoqarashini, go‘zallik olami va ijodiy iste’dodi, ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalash, jamiyatdagi narsa va hodisalami kuzatish, ko‘rish, ulami idrok etib, narsa, voqea-hodisalaming tasvirini-rasmini chiza oladigan iqtidorli bolalami aniqlash va ulami rag‘batlantirish, tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish; maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining ijodiy izlanishlarini jonlantirish, iqtidorli, iste’dodli tarbiyalanuvchilami aniqlash va ulami rag‘batlantirish; tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi kuch sinashuvlari, musobaqalar, bayramona sayr- tomoshalar, xalq sayllari natijasida shakllanib ulgurgan o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, katta avloddan yosh avlodga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma’naviy boyligimiz, qadriyatlarimiz timsoli sanalgan o‘zbek xalq milliy ( “Halinchak”, “Kim oladi-yo shuginani-yo”, “Arqon tortishuv”, “Oq terakmi, ko ‘k terak?”, to ‘ptosh, ko ‘z bog‘lash, varrak uchirish kabi) o‘yinlarini xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazish; bolalarga jismoniy harakat bilan kechadigan milliy o‘yinlaming virtual o‘yinlardan afzalligini tushuntirish, harakatli o‘yinlaming inson ongini rivojlanishi va jismoniy chiniqishidagi ahamiyati haqida tushunchalar berish; ishtirokchilari tomonidan namoyish qilingan xalq o‘yinlari qatnashchilar va mehmonlar, tashkilotchilar tomonidan nazorat qilish, g‘oliblar aniqlash va rag‘batlantirish. Download 63.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling