Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish. Mundarija kirish I bobi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishni nazariy asoslari
II.2.Maktabgcha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitda oilani o'rni
Download 45.45 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi
II.2.Maktabgcha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitda oilani o'rni.
Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun, avvalo ,tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo‘stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab: «Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g‘oya alohida o‘rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o‘zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi - har tоmonlаmа shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi: • tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; • jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali”ni tayyorlash; • madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; • ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish. Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalardir. Maktabgacha Ta’lim Muasasasining maqsadi: bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezilari amalga oshiruvchi ta’lim - tarbiya jarayonini olib borishdir. Maktabgacha Ta’lim Muassasasi maktabgacha ta’lim ustaviga muvofiq bo‘lgan zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog‘lig’ini mustahkamlashga doimo g‘amxo‘rlik qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-harakatli, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda tafakkur faoliyatini tarkib toptirishi, bu hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ularning muhim bo‘lgan va muhim bo’lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatishi lozim. Bola shakllanishi va rivojlanishida qiziquvchanlik o‘ziga xos xususiyatdir. U bolaning tevarakatrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan kuzatishida namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni mustaqil javob qidirishga yo‘llab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bolalarni o‘z navbatida tarbiyalab boradi. Maktabgacha Ta’lim Muassasasi o‘z navbatida ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan biridir. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan: • bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; • maktabgacha tarbiya muassasalasining yillik ish rejasi to‘g‘risida; • ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir; Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Tarbiyachilar bola tarbiyasini shakllantirishda oila tarbiyasiga chambarchas bog‘laydilar. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badan tarbiyasi”. 3. “Fikr tarbiyasi”. 4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. Shunday ekan bola tarbiyasi bir vaqtning o‘zida “Maktabgacha ta’lim”, “Oila” va “Jamiyat” nuqtai- nazarida shakllanib boradi. Biz oilani “davlat ichra kichik davlat”- deb ataymiz. Unda yangi inson, ya’ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo‘ladi. Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o‘qituvchisi va tarbiyachisidir. Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota - onaning o‘zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Farzand tarbiyasini ota - onalar o‘z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas’uliyati hamda qarindosh - urug‘lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro‘si farzand tarbiyasida ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Bu ma’naviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni ko‘zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o‘rnak bo‘ladigan kishilardir, ya’ni obro‘li ota - onalardir. Bunday odamlar o‘z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta’limda ham e’tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a’zolari bo‘ladi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’limtarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o‘z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko‘rsatib beradi. Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, Oila va Jamiyatning ham birdek xissasi bordir. Chunki bola oilada ilk bor ta’lim- tarbiya olsa, uni maktabgacha ta’limda yanada shakllantiradi, mustahkamlaydi va qisqa tushuntirish, nasihat yoki o‘yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan tarbiyani esa albatta jamiyat va o‘zaro munosabatlarda qo‘llaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosi hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. umladan, 1. “Ilk qadam” asturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab lindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir: 1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar) 2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari) 3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami) 4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar) 5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari) Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi. San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi. Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi. Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi, 1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish 3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari 4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish) 5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi. O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida: davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1. Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan. bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. Xulosa Tarbiyachining vazifalari: - o'yin uchun mavzuni mustaqil tanlash qobiliyatini rivojlantirish; - teledasturlarni tomosha qilishda atrof-muhitni idrok etish, adabiy asarlardan olingan bilimlar asosida syujet ishlab chiqish; - o'yinni boshlash, rollarni taqsimlash, kerakli shartlarni tayyorlash uchun mavzu bo'yicha kelishish qobiliyatini shakllantirish; - o'yin uchun zarur bo'lgan binolarni birgalikda qurish, bo'lajak ishlarni birgalikda rejalashtirish va rejani birgalikda bajarish ko'nikmalarini shakllantirish; - o'rinbosar ob'ektlardan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish. Yuqorida sanab o'tilgan vazifalarga muvofiq, katta maktabgacha yoshdagi guruhlarda bolalarning o'yin tashabbusini to'xtatadigan va bolalarga tayyor ertaklarni taklif qiladigan statsionar o'yin markazlaridan voz kechish kerak. Turli hikoyali o'yinlarning barcha atributlari yorqin plastik tovoqlar, qutilarga joylashtiriladi, ular maxsus belgilar bilan belgilanadi (masalan, "Kasalxona" yoki "Dorixona" o'yinlari uchun atributlari bo'lgan qutidagi yashil xoch; kitob tasviri va "Maktab" va "Kutubxona" o'yinlari uchun atributlari bo'lgan qutidagi globus; "Oila" o'yini uchun o'yinchoq idishlari bo'lgan qutidagi kostryulkalar tasviri va boshqalar). (4- ilova) Bolalar o'yin rejasiga muvofiq kerakli atributlarni o'zlari tanlaydilar. Bunday holda, syujet ochilishi va boyitilishi mumkin: bolalar kasalxonada o'ynashni boshladilar, keyin esa bemorlarga ovqat pishirish uchun idishlar kerak edi; "Kutubxona" o'yinining atributlari - kasalxonada bemorlar uchun o'quv zali tashkil etildi. Guruhlarda ko'plab dizaynerlar va qurilish materiallari, shuningdek, chiqindi materiallar bo'lishi maqsadga muvofiqdir, shunda bolalar o'zlarining o'yinlari uchun o'yin muhiti va atributlarini yaratadilar. Xuddi shu maqsadda guruhlarda yumshoq o'yin modullari mavjud. Kattaroq maktabgacha yoshdagi guruhlarda bolalarning rejissyorlik o'yinlarini rivojlantirish uchun turli xil sxemalar ham kerak. O'yinlarning mazmuni bolalarning shaxsiy tajribasini to'plash, atrofdagi voqelik haqidagi g'oyalarini boyitish orqali sezilarli darajada boyitiladi. Download 45.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling