Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish. Reja
Download 0.56 Mb.
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish.
O‘rta guruh (4-5 yosh) bolalarning jismoniy rivojlanishini ta‘minlashda bolalarni jismoniy harakat turlari bilan tanishtirish, ularni faol bo‘lishga undash hamda turli o‘yin va mashqlarga qiziqish uyg‘otish nazarda tutiladi.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish zarur: 1) mashg‘ulot vaqtida bolalarni qo‘l va oyoq harakatlarini mashqqa muvofiq ravishda oyoqni sudramay, boshni egmay yengil yurishga odatlantirish; narvonga-tirmashib chiqish, to‘pni panjalar yordamida ushlab olish, shuningdek, turli usullar yordamida top uloqtirishda boshlang‘ich holatni to‘g‘ri egallash, velosiped uchish malakasini tarkib toptirish: turli tartibda saflanib yura olish, fazoda chamalashni o‘rgatish hamda muvozanat saqlashga o‘rgatib borish. Jismoniy tarbiyaga doir vazifalarni hal etish orqali tarbiyalanuvchilarda quyidagi malaka va odatlar tarkib topdriladi: badantarbiya vaqtida yurish, yugurish, sakrash qo‘l-oyoq mashqlarini faol egallashga, gavda holatini tikka tutishga erishish; jismoniy sifatlarni rivojlantirish; o‘yinlarni bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda tashkil etishlariga imkoniyat yaratish; bolalarda velosiped, chanada uchish, to‘p, halqa va boshqa narsalar yordamida bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirish; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida birgalikda dam olish daqiqalaridagi o‘yinlarga erkin qo‘shilishlariga odatlantirish. oyoq uchida, tizzalarni baland ko‘tarib yurish, tovonda, oyoq kaftlarining yon tomoni bilan yurish, turli buyumlar oralab yon tomonga yurish; harakat tezligi va yonalishlarini o‘zgartirib safda yurish; oyoq uchida, tizzalarini baland ko‘tarib katta qadamlar bilan yugurish, safda juft bo‘lib, turli yo‘nalishda doira bo‘lib, qo‘lini ushlab, ilon izi bo‘lib, yugurish hamda yugurishni yurish bilan almashtirish, to‘xtovsiz 1,5 daqiqagacha yugurishga, 30 metrga tez, 40-60- metrgacha o‘rtacha tezlikda yugurishga, 200-240 metr masofaga sekin tezlikda yugurishga o‘rgatish; turgan joyida ikki oyoqlab aylanib sakrash, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib sakrash, oldinga qarab yurish vaqtida sakrash, bir oyoqlab turgan joyida va yurgan holda sakrash: to‘siqlardan sakrab o‘tish, 70 sm uzunlikka 20-30 sm balandlikdan sakrab o‘tish, arqon bilan sakrashga urinish, dumalatish, uloqtirish, ilib olish; aylana orasidan to‘pni dumalatish, koptokni yuqoriga otib va yerga urib ilib olish: kamida 10 m masofani emaklab o‘tish, turli balandlikdagi buyumlar ostidan emaklab o‘tish; gimnastika kursisida qo‘llarga tayangan holda, qorin bilan sudralish; to‘rt oyoqlab yurish, gimnastika devoriga o‘ngdan chapga o‘tib tirmashib chiqish; 2030 sm balandlikda tortilgan arqon tagidan, halqa orasidan emaklab o‘tish; to‘pni bir-biriga irg‘itib, devorga yerga urib ilib olishga, navbatma- navbat o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni urishga, og‘irligi 0,5 kg bo‘lgan oddiy va havo to‘plarini yerda dumalatib, uloqtirishga o‘rgatish; uch g‘ildirakli velosipedda o‘ngga va chapga burilib, doira bo‘ylab, yerga qo‘yilgan buyumlarni chetlab olib haydash va buyruq bo‘yicha to‘xtashga o‘rgatish; chiziq bo‘уlab muvozanat saqlab yurish, biror narsani kaftga, bosh ustida qo‘ygan holda yurish, gimnastika o‘rindig‘ida bir-biri bilan almashib o‘tish, taxta ustida oyoq uchida yurish, yugurib kelgandan so‘ng o‘rindig‘ida muvozanat saqlab turish, bir oyoqni bukib, ikkinchisida turish hamda ikkala tomonga aylanish, qo‘llar belda, yon tomonlarda ko‘zni yumib yurish va Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling