Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomollashtirish chora tadbirlari to’G’risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Download 85.51 Kb.
|
Жамолдинова Нилуфар КИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorining 1-bandi ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek, 1 va 5-ilovalari. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining 13-bandi oltinchi xatboshi, shuningdek, 2, 3 va 4-ilovalari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga 5-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son qarorining o‘zbek tilidagi matni 1-bandida: a) to‘rtinchi xatboshidagi “tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli” degan so‘zlar “oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; b) beshinchi xatboshidagi “tarbiyachining o‘rinbosarlari” degan so‘zlar “tarbiyachi yordamchisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomning 99-bandida: a) “12” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin; b) “qishloq joydagi” so‘zlari chiqarib tashlansin. XULOSA Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbari ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishi va uni boshqarishi hamda jamoa fikrini o‘rganishi, shuningdek, o‘z ustida ishlashi jarayonlarida boshqaruvchilik qobiliyatlarini mustaqil shakllantirib borishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishda, ta’lim muassasasi rahbari, o‘qituvchi-xodim hamda o‘quvchilar o‘zaro ma’lum bir belgilangan munosabatda bo‘ladilar, bu munosabatlarni iqgisodiy, siyosiy va boshqa munosabatlardan farqli ravishda tarbiyaviy munosabatlar deb ataymiz. Tarbiyaviy munosabatlar - insonlar o‘rtasidagi doimiy munosabat (aloqalar) bo‘lib, ular inson shaxsini rivojlantirishga, ya’ni mustaqil ma’lumot, mustaqil ta’lim olish va o‘zini-o‘zi tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, bu boshqaruv jarayonida rahbarlar bilan xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi, ya’ni, rahbarlarning bilimi, muomala va muloqot madaniyati, kiyinishi, gavda harakatlari, boshqaruvchilik qobiliyati, fan-texnika, san’at va tabiatga bo‘lgan munosabati hamda qiziqishi xodimlarning faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Amalga oshirgan tadqiqotlarimiz hamda kuzatishlarimiz natijalari asosida quyidagi xulosalarga keldik: 1.Ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishtirokchilarining munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarish borasidagi pedagogik qarashlar tizimidan unumli foydalanish zarur. 2. Mazkur masala borasida oliy ta’lim muassasalarida talabalarga ta’lim menedjmenti, strategik boshqaruv va rejalashtirish haqida yetarli ma’lumot berish lozim. 3.Ta’lim menedjmenti borasidagi bilimlarni egallashni izchil tizim asosida amalga oshirish kerak. 4.Ta’lim mendjmenti bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berish maqsadida “Ta’lim mendjmenti” maxsus kurslarni tashkil etish kerak. 5. Ta’lim mendjmenti borasida erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, to‘plangan pedagogik tajribalarning ommalashtirilishini ta’minlash darkor.
Download 85.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling