Maktabgacha ta'lim


Download 161.64 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi161.64 Kb.
#1436534
Bog'liq
Aminova D. Nutq madaniyati

Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti "Maktabgacha ta'lim" fakulteti 4-G defektologiya yo'nalishi talabasi Aminova Dildoraning Nutq madaniyati fanidan "Nutq madaniyati va adabiy til me'yorlari. Til va nutq munosabati" mavzusida

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: _______ Aminova Dildora


Qabul qildi: _______ Sultanova Oydin
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.
2.Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. INTERNETdagi manzili: www.samdu.uz.files/web/index.htm.
3.Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand: SamDU, 2007.
4. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
5. Sanaqulov U., Abdiyev M., Qurbonov A. O`zbek tilida ish yuritish asoslari.- Samarqand, 2014.
6. Абдиев М. Соҳавий терминологиянинг систем таҳлили муаммолари. –Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 2004.
7. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
8. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.
9. Abdiyev M., Umarov Y. Ish yuritish. – Samarqand, 2018.
Mavzu: Nutq madaniyati va adabiy til me'yorlari. Til va nutq munosabati
Reja:
1. O‘zbek adabiy tili, uning me’yorlari.
2. Adabiy tilining so`zlashuv, badiiy, ilmiy, publisistik nutq uslublari.
3. Rasmiy uslub va uning boshqa uslublardan farqi.
Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan, uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa. Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan, lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib, sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o’zgarib, takomillashib boradi. Masalan, Alisher Navoiy davridagi o’zbek adabiy tili hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma’naviy hayotimizdagi o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa bo’ldi. Hozirgi davrda o’zbek adabiy tili milliy madaniyatimizning haqiqiy ko’zgusiga aylanib bormoqda.
O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi. O’zbek tili asosan, O’zbekistonda, shuningdek, Afg’oniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O’rxun-Yenisey tosh bitiklari, O’rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo’lgan “Devonu lug’otit turk”, ”Qutadg’u bilig” kabi o’lmas asarlar o’zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi. Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to’g’ri keladi. Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir.
Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo’lmagan.
Demak me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Afsuski, tildagi me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatlar ichida hal qilishning imkoni yo’q. Agar buning aksini aytsak, tilimizning amalda bo’lish qonunlariga, bugungi real ijtimoiy hayotimizga zid fikr bo’lishi mumkin edi. Bir tarixiy holatni eslaylik. 1989 yilda «O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida» qabul qilingan Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda tatbiq etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bo’lmadi. O’sha paytda qonuniy bo’lmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism o’zbek millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham bog’chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy to’siqlardan bo’lib turdi. Oqibatda ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni o’tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud an’analar o’z kuchini saqlab turdi. To’g’risini aytganda, oradan o’n to’rt yildan ortiq vaqt o’tsa ham bu nuqsonlardan to’laligicha qutila olgan emasmiz. O’zbek tilidan foydalanishdagi qiyinchiliklarning ko’plari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid masalalarning bosqichma-bosqich hal bo’lib borayotganini ham kuzatamiz. Harqalay o’tgan vaqt mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani isbotladi - til me’yoriy muammolarining ijobiy hal qilinishi vaqt degan hakamga ham bog’liqligi ma’lum bo’ldi.
Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum - tilning amalda bo’lish holatlariga tazyiq o’tkazib bo’lmaydi. Lekin tegishli yo’l-yo’riqlar, ko’rsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi zarur.
Ammo o’zbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emas. Bu vazifalarni ijobiy hal qilish uchun adabiy til me’yorini belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy shug’ullanishimiz kerak. Xo’sh, me’yorni belgilashning amaliy jihati nimadan iborat? Tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til elementlarida qanday mazmuniy va shakliy imkoniyatlar mavjudligi tahlil qilinadi, lingvistik imkoniyatlari ochib beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yo’llari tavsiya qilinadi. Ma’lum ma’noda bu ham ularning me’yorni belgilash va til birliklarining ishlatilishiga oid tavsiyalar berish degan gapdir.
Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar o’zlarining to’g’ri maslahatlarini, tavsiyalarini berishlari, bu borada jonkuyarlik qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari ko’p, albatta. Ammo hal qiluvchi gapni bu tildan foydalanuvchilar aytadi. Buning ustiga, har bir til elementining me’yor holiga kelgunicha ma’lum vaqt o’tishi ham lozim bo’lib qoladi.
Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so’zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug’atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada, jumladan huquq sohasida ham tildan foydalanish me’yorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan bo’lib qolmoqda.
Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik o’rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so’z va iboralar ularning o’rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o’rnini bo’shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o’tishi bilangina o’rnini bo’shatib berishi mumkin.
Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurash va bu kurashda tildagi me’yoriy ko’rinishlarning tanlana borishi jarayonida adabiy til shakllanib boradi. O’zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o’sib chiqqan bo’lsa ham, unda mavjud bo’lgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so’zlashuv tilidan, umuman xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o’zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o’z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo’ladi. Adabiy til esa undan o’zbek millati uchun tushunarli bo’lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi.
Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning taraqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat arboblarining, huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo’ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko’pgina yo’nalishlari bo’yicha qat’iy me’yorlar belgilandi, ona tilimiz rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizimidagi ko’pgina munozarali masalalar o’zining nazariy asosiga qo’yildi.
Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo’lda ular yangi so’z va iboralar yaratadilar. Yaratilgan birliklar o’sha matnning o’zida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, adabiy tildan o’rin olmasligi, bir so’z bilan aytganda, tilda me’yorlashmasligi mumkin. Ularning me’yorlashishini sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi kabi omillar belgilaydi.
Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, ya’ni rasmiy muomalada tildan foydalanish uning me’yorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan va rivojlangan bo’lsa, shu yerda tilning me’yorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan.
Har qanday til me’yorlarini katta ikkita guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi:
Me’yorga nisbatan qo’llaniladigan umumiylik va xususiylik til me’yorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. Shu ma’noda o’zbek umumxalq tilidagi barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid me’yorlarni xususiy me’yorlar sifatida qabul qilish mumkin.
Shunday qilib, bir tomondan, o’zbek tiliga tegishli bo’lgan barcha me’yorlar yig’indisini umumiy me’yor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qo’llanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma iste’molchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bo’lgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma tushunchasi o’zbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy ko’rinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bo’lgan vositalari tizimi ma’nosini ham anglatadi».
Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash shaklidir. Shunday ekan, yuqorida sanab o’tilgan o’zbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy tarmoqlarining me’yori xususiy me’yor sanaladi. Xususiy me’yorlarni yanada aniqroq tasavvur qiladigan bo’lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini ham, o’zbek tilida mavjud bo’lgan beshta – rasmiy, ilmiy, ommabop, badiiy, so’zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me’yorlarni ham xususiy me’yorlar deb tushunishimizga to’g’ri keladi.
Adabiy til esa umumxalq tilining yashash shakllaridan biri bo’lib, uning boshqa ko’rinishlaridan mukammalligi bilan bir qadar farq qiladi. Uning qamrov doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga nisbatan keng. U butun bir millatga oliy darajada xizmat qilishga mo’ljallangan. Shuning uchun chegara bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va keng tarqaladi.
Aytilganlardan bir narsa anglashilayaptiki, tanlanish uchun variantlar bo’lishi lozim. Ammo variantlarning paydo bo’lishi til taraqqiyotida ma’lum vaqtning o’tishini taqozo qiladi. Demak ungacha, haqiqiy ma’noda me’yorlashgunga qadar til birliklari nutqda yana qandaydir bosqichlarni bosib o’tadi va tanlanish jarayoni tilning me’yorlashuvida keyingi bosqichlardan biri sanaladi.
Imlo va talaffuz me’yorlari. 
Yangi o’zbek alifbosiga 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasi va tutuq belgisi kiritildi hamda bu bilan alifbo tizimi anchagina soddalashtirildi. Bu soddalashtirish ikki tovushni ifoda etuvchi ye, yo, yu, ya singari grafemalarni, ona tilimizga xos bo’lmagan tovush ifodasi - s harfini va - yumshatish belgisini olib tashlash hamda ‘ - ayirish belgisini ' - tutuq belgisiga almashtirish, shuningdek, ch, sh, ng tovushlarini ifodalovchi harflar birikmasini kiritish evaziga amalga oshirildi.
An’anaviy imlo me’yorlarini saqlab qolgan holda lotin grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbosi bilan ish ko’radigan imlo ham o’z me’yoriy qoidalariga ega va bu me’yorlar yuqorida tilga olingan hujjatda o’z ifodasini topgan. Undagi qoidalarga amal qilish tilimizdan foydalanuvchilar uchun bundan keyin majburiy sanaladi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida o’zbek tilining orfografik me’yori yo’lga qo’yiladi.
Ma’lum bo’ladiki, og’zaki nutqning to’laligicha adabiy holatga keltirilishini ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog’liq. Og’zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo’nalish bo’lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo’lmasin, barcha o’rinlarda ham til birliklarini bir me’yorga keltirib qo’llash masalasi birinchi o’rinda turadi.
Xulosa shuki, orfoepik me’yorlarga rioya qilmaslik nutqimiz madaniyatida jiddiy nuqsonlardan biri bo’lib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli o’zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko’rinishlar ommaga turli qo’llanmalar, lug’atlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga o’tishimiz munosabati bilan bu yumushlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, o’z ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyolilarimiz bu me’yorlarning buzilishiga e’tiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, talaffuz me’yorlarini buzish, til madaniyatiga e’tiborsizlik hamon davom etmoqda. Yillar davomida majlislarni rus tilida olib borgan yoki ma’ruzalarni rus tilida eshitgan ko’pchilik kishilar o’z nutqlarida ruscha so’z va iboralarni qo’llash, ayrim holatlarda rus tili gap qurilishi tartibida o’zbekcha jumlalar tuzish iskanjasidan chiqib keta olmayaptilar. Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi.
Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi ko’pchiligimiz adabiy til me’yori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
1. Lеksik - sеmаntik mе’yor.
2. Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor.
3. Yozuv (grаfikа) mе’yori.
4. Fоnеtik mе’yor.
5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.
6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
7. So‘z yasаlish mе’yorlаri.
8. Imlоviy mе’yor.
9. Uslubiy mе’yor
10. Punktuаtsiоn mе’yor.
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori, uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.

Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.


Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi.
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning miloqotidan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub.
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
Og’zaki nutq turlari
Siyosiy-ijtimoiy nutq:
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
3. Siyosiy sharh.
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
5. Miting nutqi.
6. Rasmiy-diplomatik nutq.
7. Ilmiy-ommabop nutq.
2. Akademik nutq:
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
3. Sud nutqi:
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.
4. Ijtimoiy-maishiy nutq:
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta'ziya (motam nutqi).
3. Tabrik nutqi (tost).
5. Diniy nutq:
1. Hutba.
2. Va'z.
Test
1. Shevalar adabiy tildan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
A) fonetik B) leksik C) fonetik va leksik D) fonetik, leksik, grammatik
2. Adabiy tilning qanday shakli bor?
A) xalq shevalari va adabiy til
B) og‘zaki adabiy til va yozma adabiy til
C)so‘zlashuv uslubi, kitobiy uslub
D)so‘zlashuv, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar
3. Tilshunoslikda lahja atamasi qanday tushunchani anglatadi?

A) ma’lum shevaning kichik bir qismi


B) bir-biriga yaqin bo‘lgan shevalar yig‘indisi
C) sheva atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi.
D) xalq tilining ma’lum bir ma’yorlarga kaltirilgan shakli
4.Qaysi qatorda adabiy tilning yozma shakliga xos xususiyat noto‘g‘ri ifodalangan?
A) yozma nutq kishilar orasidagi bevosita aloqa vositasi hisoblanadi
B)yozma shaklda orfografik va tinish belgilariga oid qonun-qoidalarga amal qilinadi
C) yozma shakl og‘zaki shaklga qaraganda til taraqqiyotining keyingi bosqichlarida joriy qilingan
D) yozma shakl uchun masofa va zamonning ahamiyati yo‘q
5. O‘zbek tili qaysi til oilasining qaysi guruhiga mansub?

A)turkiy tillar oilasining oltoy guruhiga


B)hind-yavropa oilasining turkiy guruhiga
C) oltoy oilasining turkiy guruhiga
D) eron oilasining hind-yavropa guruhiga
6. Eski o‘zbek adabiy tili qaysi asrlarda shakllangan edi?
A) X-XI asrlarda B) XI-XII asrlarda C) XIII asrda D) XIV asrda

7. XI asrda grammatikaga oid asar yozgan mashhur vatandoshimiz Kim?


A) Yusuf Xos Hojib B) Mahmud Qoshg‘ariy
C) Abulqosim Zamahshariy D) Narshaxiy
8. O‘zbek tili asosan qaysi davrdan boshlab o‘quv fani sifatida maktablarda o‘qitila boshlandi?
A) XV asrdan B) XVIII asrning oxirlaridan
C) XIX asrning boshlaridan D) XX asrning boshlaridan
9. Hozirgi kunda til oilalari soni-...
A)30dan ortiq B) 10danortiq C) 20dan ortiq D) 6ta
10. Dunyoda olimlarning taxminiy hisoblariga qaraganda nechta til bor?
A) 3 mingdan ortiq B) 2 mingdan ortiq
C) mingdan ortiq D) mingga yaqin




Download 161.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling