Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Abu Ali Ibn Sino (980-1037 y.y.)


Download 0.71 Mb.
bet39/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Abu Ali Ibn Sino (980-1037 y.y.)

Jismoniy mashqlarni faqat davolash vositasidagina emas, hatto jismoniy chiniqish, mahorat orttirish manbai ekanligini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. U jismoniy mashqlarni turlarga bo’lib (klassifikasiya) maxsus tizimga (sistema) asos soldi, ya’ni oddiy va murakkab mashqlar, kuch, tezlik talab qiluvchi maxsus mashqlarni alohida ajratdi. Shu bilan birgalikda ularni bajarish tartiblari, usullarini ko’rsatib berdi.
Ibn Sino milliy kurashimizning ilk asoschisi desa bo’ladi. Chunki, u kurashda qo’llaniladigan olishish amallarini (priyom) guruhlarga ajratib o’rgatishni ko’zda tutadi. Ya’ni qo’ldan ushlab silkitish, tortish, beldan quchoqlab ko’tarish, yelkadan oshirib yerga tushirish, oyoqlarga chalim solish va boshqa turlarini o’sha davrdan qo’llanilyotganligini isbot qilib bergan.
Ibn Sinoning sayohatlar qilish, ko’l-daryo sohillari, tog’larda sayr qilib toza havo olish, quyosh va suvlarda chiniqish kabi jismoniy faoliyatlarni sog’liqni yaxshilash va chiniqish omili deb ilmiy asosda belgilab berdi.
XIII asrda (1219-1222 yil) Chingizxon Markaziy Osiyoni zabt etib, katta qirg’inliklarni yuzaga keltirdi. Bu esa yangi urug’chilik va qabilalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ya’ni qipchoqlar, jaloirlar, merkitlar, barlos, uyg’ur kabilar Oltoy, Yettisuv (Semirechya), Sharqiy Turkistondan kelib chiqqan. Shu tariqa o’zbeklar yagona millat tariqasida vujudga kelgan (X asr).
XV asr oxiri va XVI asr boshida qipchoq dashtlari (Dashti qipchoq) qabilasi paydo bo’ldi va o’zbeklar mavqeyi takomillashdi. Bular turkcha so’zlashuvchilar bo’lgan.
Movarounnahr qabilasidagilar – burkut, buyrak, jot, turman, iyjon, kengipsa, qo’ng’irot, majar, manzit, nukuz, tubai, o’taji, chimboy, munkarlarni o’zbeklar deb atalgan.
O’rta asr davrida Markaziy Osiyo xalqlari, asosan hozirgi O’zbekiston hududlarida yashagan xalqlar arablar (VI-VIII) va Chingizxon (XIII asr) zulmiga qarshi shavqatsiz kurashlar olib borib, jangovorlik faoliyatlar ancha rivoj topgan. Jangovarlik tayyorgarliklarda lashkarboshilar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlar o’rgatilgan. Bunda asosan otda yurish, otdan ag’darish, otda nayza sanchish, otda nayza-o’q otish, qilichlashish kabi amaliy faoliyatlar ustun turgan. Shuningdek yakka olishuv (kurash, mushtlalish quvish, qochish va h.k.) mashqlarni egallashga ham alohida e’tibor berilgan.
Oddiy xalq esa dehqonchilik, chorvachilik va boshqa ehtiyojiy yumushlar bilan band bo’lib, turli o’yin-mashqlarni bajarishgan. Ular asosan ekin boshlanishi (Navro’z), hosilni yig’ish va boshqa turli udumlarda, to’y-tomoshalarda ijro etilgan va qo’llangan.
Bolalar va yoshlar orasida «quloq cho’zma», «piyoda-poyga», «yelka urishtirish», «tortishish», «oq suyak», «poda to’p» kabi yuzlab milliy harakatli o’yinlar mavjud bo’lgan. Mazkur o’yin-mashqlar, jangovorlik harakatlar, to’y-tomosha va turli udumlar-bayramlarda qo’llanilgan. Kurash, tosh ko’tarish, dorboz, arqon tortishish, ko’pkari-uloq, poyga kabi murakkab o’yin-mashqlar aholining jismoniy chiniqishi, ularning ijtimoiy turmush, mehnat va jangovarlik faoliyatlarini tayyorlashga xizmat qilgan.
Abu Ali ibn Sinоning jahоn fani оldidagi хizmati shundan ibоratki, u o’tgan davrdagi ilmiy fikr yutuqlarini, dastavval mеditsina sоhasidagi yutuqlarni umumlashtiribgina qоlmay, zrta asrlar fanini yanada rivоjlantirdi. Abu Ali ibn Sinоning “Kitоb ul – Qоnun fi – t Tibb”, ya’ni “Tibb ilmi qоnuni” dеgan klassik asari uning shuхratini butun dunyoga taratdi. Bu juda katta mеditsina traktatining lоtin tilidagi tarjimasi XII asrdayoq G’arbiy Еvrоpaga kirib bоrdi va Еvrоpa оlimlari hamda vrachlarining faоliyatiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. XV asrda “Qоnunning” arabcha tеksti Italiyada bоsilib chiqdi va Еvrоpada 16 marta qayta nashr qilindi. SHarq va G’arb tabоbat ilmi va mеditsina praktikasi tоki XVII asrga qadar Abu Ali ibn Sinо g’оyalarining bеvоsita ta’sirida bo’lib kеldi.
Aniq fanlar, falsafa va mеditsina, biоlоgiy fanlari sоhasidagi mashхur kashfiyotlari bilan o’z хalqi shuhratini taratgan bu оlimdarning asarlarida biz jismоniy tarbiyaning ham hayotida katta rоli va ahamiyati bоrligini ko’rsatuvchi talaygina ma’lumоtlarni tоpa оlamiz. O’rta Оsiyo оlimlari оrasida birinchi marta jismоniy mashqlarni ta’riflab bеrgan va o’ziga hоs tarzda klassifikatsiya qilgan (sistеmaga sоlgan) mashхur оlim Abu Ali ibn Sinоning hizmatlari ayniqsa kattadir.
Оlim o’zining mashhur “Tibb ilmi qоnuni” asari uchinchi qismining 17 fasldan ibоrat butun ikkinchi bo’limini kishilar salоmatligi uchun kurashda jismоniy mashqlarda fоydalanish masalalariga bag’ishlangan. Bu bo’limning dastlabki satrlaridayoq jismоniy mashqlar bilan shug’ullanish va undan kеyin оvqatlanish rеjimi hamda uyqu rеjimi salоmatlikni saqlashda eng muhim shart ekanligi qayd etilgan.
SHunisi haraktеrliki, o’sha vaqtlardayoq kurashning ikki turi ma’lum bo’lgan: оlim bеlbоg’ ushlashish kurashish bilan quchоqlashib kurashni tilga оladi.
Оlim tavsiya etgan sistеmani dеtallari qanday va u qanchalik aniq ekanidan qat’i nazar, u bundan qariyb ming yilcha ilgari ma’lum bo’lgan jismоniy mashqlar va spоrtning juda ko’p turlarini tilga оlganini alоhida qayd qilib o’tishimiz lоzim.
Оlimning jismоniy mashqlarni qo’llash printsiplari to’g’risidagi mеtоdоlоgik ko’rsatmalarining ahamiyati ham g’оyat katta. “Jismоniy mashqlarni bоshlayotganda badan tоza bo’lishi kеrak” va “....jismоniy mashqlar bilan shug’ullanuvchi kishi оch bo’lgandan ko’ra tq bo’lgani ma’qul hamda gavda sоvuq va quruq bo’lganidan ko’ra issiq, nam bo’lgani yaхshi”, - dеydi Abu Ali ibn Sinо.
Bu o’rindagi har bir so’z tavsiyadan ibоrat. SHu bilan birga, bu tavsiyalar musоbaqa va trеnirоvka оldidan qilinadigan hоzirgi badan qizitish mashqlariga juda ham o’хshab kеtadi.
Abu Ali ibn Sinоning jismоniy mashqlar gigiеnasi, cho’milish va uqalash (massaj)ga dоir yana bir qancha qimmatli ko’rsatmalari ham bоr. Uqalashni u tоliqishni yo’qоtadigan vоsita dеb hisоblaydi.
Abu Ali ibn Sinоning ta’limоti o’sha davrda prоgrеssiv ta’limоt bo’lgan. Ammо mеhnatkashlar оmmasi undan fоydalana оlmasdi, chunki ibn Sinо asarlarida ko’rsatilgan jismоniy mashqlar tarzidagi fizkultura hukmrоn sinf qo’lida, ya’ni bоylar, mullalar, хоnlar, yirik fеоdallar qo’lida to’plangan bo’lib, o’shalarning manfaatlari uchungina hizmat qilardi.
O’rta Оsiyo хalqlarining hеch qanday o’z madaniyati bo’lmagan, chunki bu хalqlar bоshqa хalqlar madaniyatini passiv suratda o’zlashtirishgagina qоbil, dеb da’vо qiluvchi ba’zi bir burjua “nazariyalar” mutlоqо sохta va fanga zid ekanligini оlimlarning tadqiqоtlari isbоtlab bеrdi. O’rta Оsiyo хalqlari o’z madaniyatini, jumladan fizkulturani qadimgi zamоnlardanоq o’zlari mustaqil vujudga kеltirgan. Buni hоzirgi zamоn оlimlarigina emas, balki juda ko’p qadimgi оlimlar ham uzil – kеsil isbоtlab bеrganlar.
XIII asrning dastlabki o’n yilligida O’rta Оsiyo mo’g’ullar bоsqiniga duchоr bo’ladi. Ularning хukmrоnligi qariyb bir yarim asr davоm etadi. O’rta Оsiyo хalqlari mo’g’ul bоsqinchilariga qarshi qaхramоnоna kurash оlib bоradilar. XV asrga kеlib Оltin O’rda uzil – kеsil еmiriladi – O’rta Оsiyoda mo’g’ullar хukmrоnligi tugaydi.
O’zbеklar va ularning qadimgi оta – bоbоlari qadim zamоnlardanоq chiniqqan, jismоniy baquvvat va chidamli kishilar sifatida tanilib kеlgan. Хalq paхlavоnlari хaqida qanchadan – qancha afsоna va qo’shiqlar to’qilgan. Masalan “Alpоmish” epоsida fеоdalizm davridagi o’zbеk хalqi hayotidagi uzоq o’tmish vоqеalari ask ettirilgan, asar qaхramоnlari – Alpоmish, uning do’sti Qоrajоn, o’zbеk qizi go’zal Barchinоylarning ko’p fazilatlari qatоri, ularning kuch – quvvati, paхlavоnligi, jismоniy mukammalligi o’z ifоdasini tоpgan.
Respublika hukumati va mas’ul davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980 yilda Buxoroda Abu Ali Ibn Sinoning tavalludiga 1000 yil to’lishi munosabati bilan katta ilmiy anjuman o’tkazildi. Bunda tibbiy xodimlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqalarning Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari haqida ma’ruza qildilar. Anjumanning materiallari Respublikada jismoniy tarbiya ilmini takomillashtirishda salmoqli hissa qo’shdi, desa bo’ladi.
Ibn Sinoning ta’biri bilan aytganda «Sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri – badan tarbiya»dir.
Mutafakkir adibning 30 dan ortiq tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelganligi ma’lum. Ularning hammasida ham, muallifning jismoniy mashqlarga oid ilg’or fikrlari va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Ibn Sino jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena, sog’liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib boradi. Bu esa har bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi tartibda shug’ullanishini belgilab beruvchi ta’limdir. Masalaga shunday yondashish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
«Tib qanunlari» haqida mulohaza qilinadigan bo’lsa, kitobning birinchi qismi (tomi) deyarli inson salomatligini saqlash va uni rivojlantirishga bag’ishlangan. Eng muhim tomoni shundaki, kitobda inson tanasi va uning a’zolari, insonni shakllantirish hamda uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, fiziologik va ruhiy jarayonlarning holati, kasalliklarning kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan bayon qilingan. Bu holatlarni bilish, shu asosda insonlar o’z-o’zini tarbiyalashdek muhim bo’lgan ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlarni hayotda qo’llash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Ibn Sinoning jismoniy mashg’ulot kishining yoshiga, jinsiga, sog’-solamatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o’tkazish kerakligi haqidagi g’oyalari juda o’rinlidir. Shuningdek, bolalik, o’smirlik, yigitlik va qarilik g’oyalarida kishi jismoniy mashg’ulotga turlicha munosabatda bo’lishi kerakligi masalalarini alohida uqtiradi. Bu ilmiy-pedagogik ta’lim merosi jahon xalqlari jismoniy madaniyati tarkibiga singib ketgan ijtimoiy turmush voqyealigidir, desa bo’ladi. Bu holatlarni barcha oilalar, ayniqsa mahalliy millat vakillari, shuningdek, barcha tarbiyaviy maskanlar, o’quv yurtlarida qayta-qayta o’rganishlari lozimdir.
Ibn Sino ta’limining eng yuksak va hayotiy jihatlaridan biri shundaki, «Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakat» mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muhtoj bo’lmaganligini bashorat qilib bergan.
Ibn Sinoning turli xil kasalliklarni oldini olish va uni davolashda badantarbiya mashqlaridan foydalanish tajribalarini Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi tibbiyot fanlari doktori professor O.A.Rixsiyeva ham ma’qullaydi.
Ibn Sinoning ta’kidlashicha, badantarbiya bilan mashg’ul bo’lmay qo’ygan kishi ingichka og’riq (a’zolarning torayishi) kasaliga uchraydi, chunki harakatsizlik natijasida uning a’zolari zaiflashadi.
U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga bo’ladi:
1. Odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari.
2. Maxsus badantarbiya harakatlari.
Buyuk olim badantarbiya deganda asosan maxsus badantarbiya harakatlarini nazarda tutadi. Shu sababdan badantarbiya turlari juda ko’p bo’lib, ular tez, nozik, yengil, kuchli va hokazo tarzlarda bajarilishini eslatadi. Bu albatta ilmiy nuqtai nazardan olganda har bir shug’ullanuvchi uchun asosiy ta’limdir.
Ibn Sino tortishish, mushtlashish, yoydan o’q otish, tez yurish, nayza otish, osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik va otda yurishlar badantarbiyaning tez bajariladigan turlariga kirishini aytadi.
Nozik va yengil turiga arg’imchoq uchish, belanchakda tik yoki yotib uchish, qayiq va kemalarda sayr qilish va boshqa harakatlardir, deydi u.
Badantarbiyaning kuchli turiga, kishining o’z soyasi bilan olishishi, katta va kichik koptoklar bilan chavgon o’ynash, kurash, tosh ko’tarish, chopayotgan otni jilovidan tortib to’xtatish kabilarni kiritadi.
Ibn Sinoning tavsiyasiga ko’ra badantarbiya vaqtida tez va shiddatli harakatlar, yengillari bilan doim almashtirib turish, shuningdek, ma’lum bir harakatni uzoq vaqt bajarmaslik uslublarini uqdiradi.
Tan olish kerakki, bundan ming yillar oldin amaliy tajribada sinalgan va ilmiy jihatdan asoslangan bu jismoniy (badan) tarbiya Xalqaro sport harakatining muhim mezonlariga aylanganligi barcha sport turlari bo’yicha murabbiylarni lol qoldiradi.
Yana e’tiborli tomonlardan biri shundaki, turli kasalliklarni davolashda ruhiy oziqa berish (xursandchilik) yo’llarini, ya’ni turli xil sayrlar, sayohatlar, kemalarda suzish, tabiat manzaralaridan bahramand bo’lish omillarini ishlatishni tavsiya etgan.
Ibn Sino har bir a’zoning kasalini tuzatish uchun maxsus harakatlar – jismoniy mashqlar borligini eslatadi. Bunda uqalash (massaj) mashqlarini ko’zda tutadi va ularni quyidagi turlarga bo’ladi:

  1. Gavdani baquvvat qiluvchi – kuchli uqalash.

  2. Gavdani yumshatuvchi kuchsiz uqalash.

  3. Ozdiruvchi – davomli uqalash.

  4. Gavdani o’stiruvchi – mo’tadil uqalash.

Olim ta’kidlashicha, uqalash dag’al yoki yengil bo’ladi. Dag’al uqalash dag’al latta bilan amalga oshiriladi. Yengil uqalashni yoki yengil (yuqa) latta bilan bajariladi. Uqalashlar asosan bo’shashgan a’zolarni zichlatish, yumshoqlarini qotirish, dag’alini mayin qilish va qattiqlarini yumshatish maqsadida qilinishini bildiradi.
Bundan tashqari badantarbiya bilan bog’liq uqalashlar to’g’risida ham ta’lim beradi:
1. Badantarbiyaga tayyorlovchi deb atalgan uqalash (sport trenirovkalari, musobaqalari oldidan hozirgi davrda qo’llaniladi).
2. Badantarbiyadan keyin qilinadigan uqalash. Buni badanning o’z holiga keltiruvchi uqalash yoki tinchlatuvchi uqalash deyish mumkin. Bu hol ortiqcha toliqqan, o’ta ko’p og’ir mashqlar (trenirovka, musobaqa) bajargandan keyin qo’llaniladi. Ayniqsa ko’pkari (uloq), poyga, kurashdan keyin uqalash mashqlari hayotda ko’p qo’llaniladi.
Uqalash mashqlarining qon aylanish tizimini tezlatish (maromiga yetkazish), nafas olishni yaxshilash, xazm qilish a’zolarining ish faoliyatlarini to’g’ri yo’lga solishda muhim ahamiyat kasb etishi allomaning ilmiy-amaliy ta’limida to’la mazmun topganligining shohid bo’lish mumkin.
Shuni ham eslatish zarurki, Ibn Sino salomatlikni saqlash va uni mustaqkamlashda dam olish, uyqu va me’yorida ovqatlanish hayotiy zaruriyatligini eng asosiy omillardan deb biladi.
Ibn Sinoning badantarbiya haqidagi ta’limida eng asosiy o’rinlardan birida kurash turlari turadi. Ya’ni, «Kurashning turlari ham bir nechadir. Ulardan biri: ikki kurashuvchining har biri o’z raqibining belbog’idan ushlab tortadi, shu bilan birga kurashuvchi o’z raqibidan qutilishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa, qo’yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala qo’li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o’ziga tortadi va yonga og’daradi, bu vaqtda birinchi kurashuvchining o’ng qo’li ostidan o’tishi kerak, (kurashuvchilar) goh qadlarini tiklab, goh egiladilar. (kurash) turlari yana ko’krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bir kishining bo’ynidan ushlab egish, bir-birovlarining oyoqlarini o’z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib, yoki oyoqlari bilan ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi».
Ibn Sinoning inson salomatligini jismoniy tarbiya vositalari bilan yaxshilash va uni kamolotga yetkazishdagi mutafakkirligi yana shunda ayon bo’ladiki, u gavdaning har bir qismi uchun maxsus harakatlar borligini bashorat bilan aniq misollarda ko’rsatib bergan. Qo’l va oyoq harakatlari, ko’krak va nafas a’zolarining boringki, barcha a’zolarning tabiiy harakatlarini ishga soluvchi mashqlar majmuasini o’z asarlarida mujassamlashtirgan. Bunda tovush - og’iz bo’shlig’idagi barcha a’zolarni harakatlantirish (baland-past ovoz chiqarish, tilni chiqarish, tortish, burash, tuflash va h.k.) mashqlarini bergan. Ichki a’zolarni ishga tushirish mashqlariga belanchakda uchish, titratish, aravalarda yurish va b.q.ni tavsiya etadi.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslarida jismoniy tarbiyaning eng muhim vositalari sifatida hammomda cho’milish, sovuq suvda cho’milish, suv va ichimliklarni iste’mol qilish, ovqatlanish, uyqu va dam olish mazmunlari ham joy olgan. Keksalik davridagi jismoniy tarbiya va umuman safar (sayohat) vaqtlarida fasllarga qarab harakat qilish asoslarini ham ko’rsatadi.
Umuman olganda, Ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohalaridagi ilmiy-pedagogik ta’limotini chuqur o’rganish, uni insonlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy turmush sharoiti va etiqodlariga qarab qo’llash ususlarini hozirgi davr talabi asosida keng qo’llashni yo’lga solmoq zarur. Buning uchun esa eng avvalo jismoniy tarbiya ta’limini aholi o’rtasida keng targ’ib qilish, uning insonlar salomatligini yaxshilash hamda jismoniy kamolotga eltuvchi mohiyatlarini barcha kishilar ongiga singdirish lozim bo’ladi.
Sog’lom avlod tarbiyasi va kamolotini ta’min etuvchi o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ilmiy ommaviy risolalarni ko’paytirish, xalq milliy o’yinlari bo’yicha ommaviy sog’lomlashtiruvchi tadbirlarni tez-tez tashkil qilish, ularni ma’naviy boyligimizni oshirishga xizmat qildirish zarur bo’ladi.


    1. Download 0.71 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling