Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


-MA’RUZA. O`ZBEKISTONDA OLIMPIYA HARAKATI RIVOJLANNISHI (1992-HOZIRGI KUNGACHA)


Download 0.71 Mb.
bet48/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

9-MA’RUZA. O`ZBEKISTONDA OLIMPIYA HARAKATI RIVOJLANNISHI (1992-HOZIRGI KUNGACHA)
Reja
1.XX asming so'nggi 15—20 yili mobaynida xalqaro sport harakatida tub o'zgarishla
2.Respublika sportchilarining Markaziy Osiyo, Osiyo o'yinlari va jahon musobaqalaridagi ishtiroki
3.Mustaqil O'zbekiston olimpiadachilari
XX asming so'nggi 15—20 yili mobaynida xalqaro sport harakatida tub o'zgarishlar yuz berdi. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) a'zoligiga kirgan mamlakatlar soni oshib bordi. Ayniqsa, sobiq SSSRning inqirozi tufayli sotsialistik hamjamiyatdagi davlatlar, shuningdek, ittifoqchi respublikalar mustaqil davlat sifatida XOQ tarkibidan joy olishdi. Bu jarayonlar jahon sport hamjamiyatlari, ayniqsa, XOQning demokratik tamoyillari asosida amalga oshirilishi siyosiy va tarixiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etdi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti «0'zbekiston kelajagi buyuk davlat shiorini faqat yurtimizdagina emas, balki taraqqiy qilgan mamlakatlar orasida ham chuqur va keng tarqalishiga erishdi. Bunda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari kabi jismoniy tarbiya va sport harakatiga ham alo-hida e'tibor berildi.
O'zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjami-yatlariga a'zo bo'lgan emas. Sharq va g'arb mamlakatlari bi-lan sport aloqalar u yoki bu darajada olib borilgan bo'lsa-da, u ham faqat sho'rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida o'tkazilgan.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit'alarda turli xil sport musobaqalari, qit'a o'yinlarining o'tkazilishi, jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarining an'anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan.
O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport ham-jamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida, eng awalo, Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. Bu 1992-yil 21-yanvardagi birinchi ta'sis majlisida amalga oshirildi. XOQ xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi (ustavi) ishlab chiqildi va qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nozirov saylandi. U bir vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va O'zbekiston Respublikasi MOQ nizormga to'g'ri kelmas edi. Shunday bo'lsa-da, respub­lika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta'mMashning ba'zi bir sabablariga ko'ra rahbarlik ishlari davom etdi. Awal MOQ vitseprezidenti bo'lgan S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xar-tiya va nizom talablariga to'la asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo'm, a'zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.
Respublika MOQ o'zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig'ilishlarida eng muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Bunda rejalami tasdiqlash, ijrolar natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g'oyalarini keng yoyish eng muhimi sportchilarni Osiyo, jahon chempionat­lari, xalqaro turnirlar va olimpiya o'yinlariga tayyorlash bilan bog'liq masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib bor-moqda. O'zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va asosiy maqsad hamda vazifalari. Olimpiya bilimlari asoslari (Hamroqulov A.Q., Yunusov T.T. va boshqa, T., 2002-yil) o'quv qo'llanmasida to'la ifodalangan shu sababli bu soha batafsil bayon etilmadi.
Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib bo-rayotgan o'zaro munosabatlari va aloqalarida Prezident I.A.Karimovning hissasi g'oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining bosh shtabida Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.ASamaranchning ikki marotaba yurtimizga tashrifi, (1994-1995), Arab mamlakatlari, Osiyo o'yinlari Kengashi-ning Prezidenti va Yunesko kabi xalqaro nufuzdagi tashkilot-larning rahbarlari, mas'ul xodimlari O'zbekistonga kelishlari muhim voqealar bo'ldi. Shular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «OHmpiya shon-shuhrat» muzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari o'z ifodasini topdi. O'tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko'p Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya qit'alaridagi mamlakatlar-ning rasmiy kishilari, sayohatchilari va sportchilari kelib ket-ishdi. Mazkur muzey respublika sportini targ'ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Respublika Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) xodimlari, sport federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan Lozzana va juda ko'p mamlakat-larning MOQ huzurida bo'lib, Kongresslar, sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtiiok etmoqda.
Ayniqsa, O'zbek kurashini o'rganish va o'rgatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respub-likasi, Avstraliya, Afrika, Amerika va Yevropa qit'alariga borib kelishmoqda. O'z navbatida barcha qit'alaming rasmiy vakillari O'zbekistonda bo'lib, kurash va boshqa sport turlari bo'yicha tajribalar almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, o'rtoqlik uchrashuvlar va boshqa muso-baqalarni tashkil qilishga zamirt tayyorlamoqda.
Xuslosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalarni yanada kengaytirish, olimpiya g'oyalarini aholi o'rtasida singdirish va eng muhimi, sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tay-yorlashda muhim voqea bo'ldi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling