Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sportchilarining ishtiroki haqida ma’lumotlar


Download 0.71 Mb.
bet44/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sportchilarining ishtiroki haqida ma’lumotlar

O’tkazilgan vaqti

O’tkazilgan joyi

Qatnashchilar soni

Mamlakatlar soni

Sport turlari soni

Ishtirokchilar soni

O’zbekiston sportchilari soni

XII-1994 2-16.X

Xirosima (Yaponiya)

42

34

6828

159

XIII-1998 6-20.XII

Bankok (Tayland)

41

36

6828

256

XIV -2002 29.IX-14X

Pusan (Janubiy Koreya)

44

38

6714

169

XV-2006 1-16.XII

Doxa (Qatar)

45

47

8753

239

XVI-2010 12-27.X

Guanjou (Xitoy)

45

45

10000

200

Birgina XVI Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sportchilari 56 ta medallarni qo’lga kiritib, 11 ta oltin, 22 ta kumush, 23 ta bronza medal sohibi bo’lib, umumjamoa hisobida 8 o’rinni egalladilar.7


Jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari tarixi
Jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy va pedagogik asoslari haqida jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda pedagogika fanlarida atroflicha tushunchalar beriladi. Lekin ularning tashkiliy tarixiy jarayonlari, aniq muammo va vazifalar haqida ma’lumotlar deyarlik berilmaydi. Shu sababdan O’zbekistonning mustaqillik davridagi ba’zi bir e’tiborga molik bo’lgan ilmiy-nazariy tadbirlar hamda ularning asoslari haqida ma’lumotlar keltirildi, ya’ni:

  1. Shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligiga qarab jismoiy mashqlar orqali sog’liqni mustahkamlash, chiniqtirishni asoslab berish yo’llari.

  2. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi ta’sir kuchlaridan (suv, havo, quyosh va gigiyenik (tozalik) talablar) foydalanishning me’yorlari, usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

  3. Sayohatlarda bajariladigan amaliy faoliyatlarning jismoniy jihatdan ta’siri va ularni ijro etish usullarini ko’rsatish.

  4. Xalq milliy o’yinlarining (kurashlar, ot o’yinlari, dorboz, harakatli o’yinlar va h.k.) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarini isbotlash.

  5. Mahoratli sportchilarni tayyorlashda jismoniy mashqlar, sayohat va xalq milliy o’yinlaridan foydalanishning afzalliklarini asoslab berish.

Mazkur yo’nalishlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga muhim omil sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ma’lumki, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport mavzusidagi tarixiy, biologik, tibbiyot, pedagogika-sosiologiya va boshqa bir qator muammolarga bag’ishlab Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazish (1963-1991 y.y.) an’anaga aylangan.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida mazkur an’analar davom ettirilib, undagi mavzular va muammolar davr bilan hamnafas bo’ldi. Ularning eng muhimlarini quyidagi davrlarga bo’lib ko’rsatish mumkin, ya’ni
1991-1994 y.y. Milliy istiqlol, ma’naviyat va sport mavzulari; bo’yicha anjuman (Toshkent).
1994-1996 y.y. Xalqaro Olimpiya qumitasi (1994) va Olimpiya o’yinlarining boshlanishiga 100 yil to’lishi bo’yicha anjumanlar (Toshkent).
1997-1999 y.y. Alpomish dostonining yaratilishiga 1000 yil bo’lishi. Xalq milliy o’yinlari festivallari (Termiz, Jizzax).
2000- 2010 y.y. Samarqand 2003 y, Andijon 2010 yilda o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar fikrimizni isbotlaydi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling