Rеja:
1. Xalqaro sport va olimpiya harakatining vujudga kelish sabablari.
2.Birinchi Xalqaro atletik kongress.
3.Olimpiya g’oyalarining amalga oshishi
4. Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) va uning prezidentlari.Olimpiya Kongresslari
1- ilova
Хalqarо spоrt va оlimpiya harakatlarining rivоjlanishi
Xalqaro sport (XS) va Olimpiya harakatining (OH) vujudga kelishi XIX asrning oxirgi yillariga to’g’ri keladi. Bu davrlarda tarix sahnasida nisbatan osoyishtalik hukm surayotgan bir payt edi. XS va OHning vujudga kelish sabablari ko’pgina rasmiy manbalarda izohlangan. Ularni qo’yidagicha sharhlash mumkin. Xalqaro sport aloqalarining vujudga kelish sabablaridan biri, jahondagi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning rivojlanishida, deb bilish zarur bo’ladi. XIX asrning oxirlarida Germaniya, Angliya, Fransiya, AQSh, Rossiya, Italiya kabi taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuqori darajaga ko’tarildi. Bu darvda ishlab chiqarish, fan, ta’lim tez rivojlandi. Bu jarayonlar ishlab chiqarish, xalqaro uyushmalar, trestlar, sindikatlarni va bir qator boshqa yangi tarmoqlarni tashkil etish bilan birgalikda davom etdi. Yevropa mamlakatlari va Amerikada ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonining mahsuli sifatida aloqa va kommunikasiya vositalari yuzaga keldi.Chegaralangan kichik doiradagi milliy jarayonlar jamoat taraqqiyotiga putur yetkaza boshladi. Bunday sharoitda turli sohalar bo’yicha xalqaro munosabatlarni kuchaytirish, ya’ni iqtisodiy, ilmiy, madaniy va sportdagi aloqalarni bog’lash qonuniyat darajasiga yetdi.
|
9.1. Ma’ruzada ta’lim tехnоlоgiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |