Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


XX asrning birinchi yarmidagi Olimpiya o’yinlari haqida asosiy ma’lumotlar


Download 0.71 Mb.
bet67/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

XX asrning birinchi yarmidagi Olimpiya o’yinlari haqida asosiy ma’lumotlar.



O’tkazilgan yillar



O’tkazilgan joylar

Qatnashgan mamlakatlar



Sportchilar soni

Birinchi o’rinni egallagan mamlakatlar

Yozgi

I

1896

Afina (Gresiya)

14

245

Yunoniston

II

1900

Parij (Fransiya)

19

1078

Fransiya

III

1904

Sent-Luis (AQSh)

13

678

AQSh

IV

1908

London (Angliya)

22

2035

Angliya

V

1912

Stokgolm (Shvesiya)

28

2037

Shvesiya

VII

1920

Antverpen (Belgiya)

29

2067

AQSh

VIII

1924

Parij (Fransiya)

44

3072

AQSh

IX

1928

Amsterdam (Gollandiya)

46

2884

AQSh

X

1932

Los-Anjeles (AQSh)

37

1883

AQSh

XI

1936

Berlin (Germaniya)

49

3936

Germaniya

XIV

1948

London (Angliya)

59

4092

AQSh

Qishki

I

1924

Shamoni (Fransiya)

16

258

Norvegiya

II

1928

Sankt-Moris (Shveysariya)

25

464

Norvegiya

III

1932

Leyk-Plesid (AQSh)

17

252

AQSh

IV

1936

Garmish-Partenkirxen (Germaniya)

28

668

Norvegiya

V

1948

Sankt-Moris (Shveysariya)

28

669

Shvesiya



Eslatma: Birinchi jahon urushi tufayli 1916 yil VI olimpiada, ikkinchi jahon urushi sababli XII-XIII yozgi va qishki (1940, 1944 yillar) olimpiada o’yinlari o’tkazilmagan.
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) va uning prezidentlari.
Olimpiya Kongresslari
XX asrning birinchi yarmida Xalqaro siyosiy voqyealar qanchalik murakkab bo’lmasin, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) o’z faoliyatini yuksak darajada olib bordi. Bunda XOQ rahbarlarining xizmatlari juda katta bo’lganligini o’z davrining mutaxassislari e’tirof etishgan. Shu sababdan bu davrdagi XOQ prezidentlari haqida ba’zi bir ma’lumotlarni keltirish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon olimpiya o’yinlarining asoschisi Pyer de Kuberten Olimpiya harakatiga 20 yil (1896-1925) rahbarlik qildi. Ta’kidlanganidek, u hozirgi zamon Olimpiya o’yinlarini o’tkazish yo’lda juda ko’p mehnat qildi, 1925 yilda o’z ixtiyori bilan Prezidentlik vazifasidan ozod etildi. U o’z arizasida kelajak uchun vasiyat sifatida olimpiya g’oyalarini rivojlantirish, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan, sportning tinch va ozod mehnat qilish yo’lidagi mohiyatini kuchaytirish zarurligini uqdirdi. Kuberten 1937 yil vafot etdi. Uning qabri Lozanna shahrida, uning vasiyatiga ko’ra esa yuragi Olimpiya shahrida saqlanib kelmoqda.
1925 yilda XOQ Prezidenti etib graf Andri de Baye-Latur (1876-1942) saylandi. U Belgiya davlati va Xalqaro sport arbobi bo’lib, 1906 yil Belgiya milliy Olimpiya qo’mitasini tashkil etuvchilardan biri hisoblanadi.
Baye-Latur XOQni 17 yil davomida boshqardi. U XI Olimpiya o’yinlari arafasida Gitlerning Olimpiya o’yinlari qatnashchilari va g’oliblarini tabriklash uchun minbarga chiqishiga rozilik bermagan. Shunday bo’lsa-da, u bolshevizmga chinakam qarshi edi. Shu sababdan sovet sportchilari Olimpiya o’yinlarida qatnashishdan mahrum etilgan.
1942-1946 yillarda Olimpiya harakatining faollaridan shved Zigfrid Edstryom (1882-1964) XOQni vaqtincha boshqardi, 1946 yilda esa IV prezident qilib saylandi. U AQSh, Shveysariya va Shvesiyada ta’lim olgan, ixtisosiga ko’ra elektrik-muhandis edi. Talabalik yillarida qisqa masofalarga yugurish bo’yicha Shvesiya rekordchisi ham bo’lgandi. U 1920 yil XOQga a’zo qilib saylandi. 1921 yildan ijroqo’m a’zosi va 1931 yildan boshlab XOQ vise-prezidenti bo’lgan. U 1952 yilda 70 yoshida Prezidentlikdan ozod etildi. 1964 yil 18 martda vafot etdi.
Olimpiya o’yinlari davomida XOQning faoliyatlari rivojlandi. XOQ rahbarlarining xizmati yana shundaki, o’yinlarda xalq irodasi va sportchilarning faoliyatlarini turli ramzlar (simvollar) va atributlar bilan ifoda etishda yangiliklar yaratdilar. Qo’yidagi ana shu belgilar va ramzlar haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.
Olimpiya ramzi – bir-biriga ulangan besh halqa. Ular yashil, qora, qizil, sariq va ko’k rangda tasvirlanib, besh qit’ani bildiradi. Bu 1913 yilda Kuberten taklifi bilan tasdiqlangan.
Olimpiya belgisi (emblema) – besh halqa ramzi bilan birga qo’shib, yil, shahar nomi va mamlakatning Olimpiya harakatidagi belgilari (nishon) ifodalanadi.
Olimpiya mash’alasi – Olimpiya shahrida quyosh nuridan maxsus usulda mash’ala yoqiladi. U turli vositalar orqali Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan joyga yetkazib beriladi. Bu an’ana 1936 yil XI Olimpiya o’yinlaridan buyon davom etib keladi.
Olimpiya shiori (deviz): «Tezroq, balandroq, kuchliroq!» («Sitius, altius, fertius!») – Olimpiya harakatini bildiradi. Bu shior 1895 yil Kubertenning safdoshi va o’rtog’i Dominikan ordeni sohibi, din xodimi Martin Xidon tomonidan taklif etilgan va 1913 yilda bu shior XOQ tomonidan tasdiqlangan. 1920 yilda VII Olimpiadada birinchi marotaba bu shior o’qiladi.
Olimpiya qasamyodi. Sportchilarning Olimpiya qasamyodi Kuberten tomonidan ishlab chiqiladi va VII Olimpiya o’yinlarida (1920) amalga oshiriladi. Shu o’rinda aytish lozimki, Olimpiya o’yinlari hakamlari ham qasamyod qiladilar. Bu esa 1968 yildan buyon amalda qo’llanib kelinmoqda.
Olimpiya gimni. Gimn 1896 yilda yaratilgan. Kostas Palomov so’zi va Sipros Samar musiqasi bilan yaratilgan Olimpiya gimni rasmiy ravishda 1957 yilda XOQ tomonidan tasdiqlanadi.
Olimpiya medallari va yorliqlari: oltin medal – kumushdan yasalib, uning usti 6 g. oltin bilan qoplangan. Kumush medal esa 925 probali kumushdan tarkib topgan. Bronza medali. Ular 1, 2, 3-o’rinlar uchun mo’ljallangan. Diplomlar (yorliq) 1-6-o’rinlarni egallagan sportchilar va jamoalarga taqdim etiladi.
Olimpiya mukofotlari: orden va kubok. Ordenlar oltin, kumush va bronzalardan iborat bo’lib, Olimpiya harakatiga qo’shgan ulkan hissalari uchun rahbar shaxslarga yuksak sport natijalariga ega bo’lgan sportchilarga beriladi. Bu 1975 yilda tasdiqlangan. Olimpiya kubogi 1906 yilda tasdiqlanib, Olimpiya sport turlarida katta yutuklarga erishgan jamoalarga beriladi.
Olimpiya nishonlari (atributlar): nishonlar (znachok), tamg’alar (monet), ramzlar (talismon), piktogrammalar va h.k. hisoblanadi. Bu nishonlar Olimpiya o’yinlarini o’tkazuvchi shahar va tashkiliy qo’mita tomonidan tayyorlanadi.
Ma’lumki, Olimpiya Xartiyasi birinchi kongressda (1894 y.) qabul qilinib, ko’p sohalarda keyinchalik o’zgartirishlar kiritilgan. Shunday bo’lsa-da, uning asosi (Kuberten ishlab chiqqan mazmuni) hozirgi davrda ham o’z kuchini yo’qotgan emas.
Xartiya asosida XOQ milliy Olimpiya qo’mitalari, Xalqaro sport federasiyalari, xalqaro sport uyushmalari va boshqa aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling