Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Qishki Olimpiya o’yinlari


Download 0.71 Mb.
bet65/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Qishki Olimpiya o’yinlari. Qishki sport turlari va ularning mazmunan jismoniy barkamollikni tarbiyalashdagi xususiyatlari bebaho ekanligini e’tirof etish zarurdir. Lekin, afsuski bu turlar Markaziy Osiyo mamlakatlarida deyarli rivojlanmagan. Tog’li hududlardagi qorlarda chang’ida uchayotgan yoki chang’ida akrobatik sakrashlarni bajarayotgan kishilar uchrab turadi, albatta. Lekin ular ham o’ta qisqa vaqt mobaynidagina tog’ bag’rida shug’ullanadigan havaskor yoki professional sportchilardir. Bu sport turlari aholi orasida keng ommalashmagan, qolaversa, ijtimoiy-madaniy turmush va milliy xususiyatlarga yaqin bo’lmagan turlardir. Shu sababdan ham qishki Olimpiya o’yinlaridagi ulkan yutuqlar, tengi yo’q ilg’or tajribalar haqida batafsil to’xtalishga hojat yo’q. Lekin mutaxassislar, yosh ijodkorlar va talabalar mustaqil ravishda boshqa ma’lum adabiyotlardan (ayniqsa, Moskvada rus tilida nashr etilgan) unumli foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Shamoni. Fransiyaning tog’li xududi bo’lgan Shamonida I Qishki Olimpiya o’yinlari tashkil etildi. Musobaqa dasturida konkida uchish, chang’i poygasi, slalom, tramplindan chang’ida sakrash, shaybali xokkey, bobsley va konkida figurali raqslar (kartansh) mavjud edi. Ta’kidlash lozimki, Parij 1924 yilda yozgi VIII Olimpiya o’yinlarini o’tkazishga bag’ishlab Xalqaro sport haftaligini (I qishki Olimpiada) tashkil qilgan edi. Buni XOQ 1925 yilda (bir yildan keyin) haqiqiy Olimpiada deb tan oldi va tasdiqladi.
O’yinlarda finlardan K.Tunberga ikkita oltin medal oldi. 12 yoshli norvegiyalik qiz S.Xeni ham ishtirok etadi. Keyinchalik u uch marotaba olimpiya chempioni bo’lgan. Finlar konkida uchishda birinchi o’rinni egalladi. Figurali uchishda Shvesiya va chang’ida Norvegiya g’olib bo’lishdi. Xokkeyda esa Kanada g’olib keldi.
1924 y. Shveysariyada II qishki Olimpiya o’yinini tashkil etildi. Norvegiyaning figurali uchuvchi qizi S.Xeni Olimpiya chempioni bo’ldi. Xokkey bo’yicha Kanada jamoasi g’olib chiqdi.
Leyk-Plesid. III qishki Olimpiya o’yini 1932 yil AQShda bo’ldi. O’yinlarda umumiy hisobda AQSh g’olib deb topildi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling