Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagi:
Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
Pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
Ta’lim tizimini boshqarish;
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
Ta’lim tizimini moliyalash;
Moddiy-texnika ta’minoti;
Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish;
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish;
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlar belgilab qo‘yilgan.
Dasturda kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish uch bosqichga bo‘lingan bo‘lib, bu bosqichlar:
Birinchi bosqich (1997 - 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |