Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida


Download 69.09 Kb.
bet12/13
Sana15.06.2023
Hajmi69.09 Kb.
#1480414
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O\'z Res maktabgacha talim va tarbiya to\'g\'risidagi qonun mohiyati22

Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi kadrlar tayyorlash milliy modelining puxta o‘ylangan, samarali model ekanligini tasdiqlaydi. Milliy modelning amaliy qiymatini uning O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni va roli bilan belgilash mumkin.
Yuqorida takidlab otilganidek, soglom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini taminlaydigan mustahkam poydevordir.
Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yonaltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar kopaydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, Bolalarni asraylik xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida Ozbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta gamxorlik korsatayotgan eng ilgor yetakchi on mamlakat qatoridan joy oldi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umumetirof etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy etibor qaratildi. Bu borada voyaga yetmaganlarni moddiy va manaviy jihatdan qollab-quvvatlashni kozda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Sogliqni saqlash tizimini isloh etish boyicha davlat dasturi, Maktab talimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hamda 2017-2021 yillarga moljallangan. Harakatlar strategiyasining qabul qilingani ushbu yonalishda amalga oshirilgan muhim islohotlar sanaladi.
Bola huquqlarining huquqiy-meyoriy asoslari.
Ozbekistonda Bola huquqlari boyicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boyicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi.
Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi Qonun Ozbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat boldi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning Bola huquqlari togrisidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini taminlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali bolishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi.
Shuningdek, 2010 yil 30 sentabrda Voyaga yetmaganlar ortasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi togrisidagi Qonunning amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. YAni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini va ular ortasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilab berdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan qollab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ota muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.



Download 69.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling