Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida


Download 69.09 Kb.
bet4/13
Sana15.06.2023
Hajmi69.09 Kb.
#1480414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O\'z Res maktabgacha talim va tarbiya to\'g\'risidagi qonun mohiyati22

Shuningdek, qonunda:

  • Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart ekanligi hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgarligi;

  • Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy budjetlar mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi;

  • Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkinligi;

  • Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etishlari, xorijiy mamlakatlarning tegishli o‘quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o‘rnatishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo‘shma o‘quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega ekanligi;

  • Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi yoritib berilgan.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti – talim tizimini tubdan isloh qilish masalasida.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 16 avgust kuni umumtalim maktablari va orta maxsus, kasb-hunar talimi, oliy talim muassasalari ortasida ozaro integratsiyani taminlagan holda yangi oquv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik orta talim tizimini joriy etish, orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy talim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bogliq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy va orta maxsus talim, Orta maxsus kasb-hunar talimi markazi, Xalq talimi vazirliklari rahbarlarini qabul qilib va hisobotlarini tingladi.
Muloqot chogida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan orta talim, orta maxsus, kasb-hunar talimi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi korib chiqildi.
Belgilangan vazifaga muvofiq, umumtalim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini oz hohishiga kora 10-sinfda oqishini davom ettirishi, orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalariga qamrab olish ishlari bolib otdi. Oquv rejasiga kora, 10-sinf oquvchilari haftada 5 kun umumtalim fanlarini va 1 kun kasbiy fanlarni organishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda oquv ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Maktablarda 10-sinf ochilishi munosabati bilan 22 ming oqituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi. Shularning 9,5 ming nafari oliy talim muassasalari bitiruvchilari hisobidan, 13 ming nafari litsey va kollejlar oqituvchilarini jalb etish hisobidan qoplash rejalashtirildi.
2017-2018 oquv yilidan boshlab, 10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar oqituvchining kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yolga qoyildi. 10-sinf oquvchilari uchun 8,5 million nusxa darslik va oquv-metodik qollanmalar chop etilib, ayni paytda talim muassasalariga yetkazildi. Talim muassasalarini yangi oquv yiliga tayyorlash boyicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq talimi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq talimi bolimlaridan har bir maktabga masullar biriktirildi. Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Orta maxsus kasb-hunar talimi markazi hamkorligida iqtidorli va qobiliyatli oquvchilarni tanlab olish va ularni oliy talim muassasalariga maqsadli tayyorlashni tashkil etish uchun har bir oliy talim muassasasi huzurida bittadan akademik litsey ochish va faoliyatini yolga qoyish ishlari olib borildi.
10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda kontingent qisqarishi munosabati bilan mavjud moddiy texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida 7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 3 ta oliy talim muassasasi filiallari va 1 ta oliy talim muassasasi tashkil etildi. Muloqot chogida oliy talim muassasalari professor-oqituvchilarini ortiqcha hisobotlar, turli byurokratik topshiriqlardan ozod etish, ularning ilmiy salohiyatlarini talim mazmuni va sifatini yanada yaxshilash, ilmiy tadqiqot ishlariga yonaltirish masalalariga ham alohida etibor qaratildi.
Prezidentimiz maktabgacha talim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilgor xorijiy tajribani organish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga toxtalib otdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bolgan davrda har tomonlama puxta talim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini takidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday oqishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi kop jihatdan ularning maktabgacha talim muassasasida oladigan tarbiyasiga bogliqdir.
Majlisda davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha talim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, mazkur muassasalarga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqish, boshlangich talim muassasalariga qator imtiyozlar berish, shuningdek, Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida talim mazmunini sifat jihatdan tubdan ozgartirish, ularni eng ilgor oliy talim muassasalari tarkibiga otkazish orqali umumiy orta talim maktablari oqituvchilariga eng kuchli va tajribali professoroqituvchilar talim berishiga erishish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari togrisidagi PQ-3261-sonli Qaror mazmun-mohiyati. Maktabgacha talim uygun rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda juda muhim ahamiyatga ega bolgan muaassasadir. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha talimni rivojlantirish va samarali faoliyat korsatishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo hali sohada yechimini kutayotgan qator kamchiliklar bor. Jumladan, joylardagi maktabgacha talim muassasalarida moddiy-texnik bazaning nochorligi, malakali kadrlar yetishmasligi, sifatli oziq-ovqat taminotining pastligi kabilar bolalarni maktabgacha talim bilan toliq qamrab olishni taminlashga imkon bermayapti. Aytish kerakki, bu ota muhim va dolzarb vazifalarni tez va sifatli bajarish Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning doimiy etiborida bolmoqda. 2017 yil 9 sentabr kuni qabul qilingan Maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-3261-sonli qarori ushbu fikrimizning amaliy ifodasidir.
Qarorda maktabgacha talimni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va oquv jarayonini takomillashtirish, MTMlar infratuzilmasi va moddiy-texnik taminotini yaxshilash boyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Unga kora, maktabgacha talim tizimini tanqidiy organish va faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boyicha komissiya tashkil etildi Ushbu komissiya maktabgacha talim sohasidagi qonunchilikni undagi boshliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil qilish, sohada davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy ragbatlantirishga, pedagog kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, xususiy sektorni rivojlantirishga tosqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks organish kabi bir qator dolzarb vazifalarni bajarishi nazarda tutilgan. Ayniqsa, ilgor xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha talimni tashkil etishga davlat talablarini qayta korib chiqish, bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy organish ham bevosita komissiya zimmasiga yuklandi.
2018 yil 1 yanvardan boshlab, Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha talim muassasalari tashkil etilishi ham sohada oziga xos yangilik, deyish mumkin. Buning uchun investorlarga yer uchastkalari, bosh turgan binolar foydalanish uchun ajaratiladi. Ularga soliq imtiyozlari va imtiyozli kreditlar beriladi.
Shuningdek, Ozbekiston Respublikasida maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish boyicha Yol haritasi tasdiqlanib, shu asosda aniq chora-tadbirlar belgilandi. Maktabgacha talim muassasalarining moddiytexnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish, xorij tajribasidan foydalanib, milliy tizimni yanada rivojlantirishga doir amaliy ishlarni bajarish kozda tutilgan.
Bir soz bilan aytganda, Prezidentimizning Maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida gi qarori maktabgacha talim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga kotarish, yosh avlodning barkamol va yetuk shaxs bolib ulgayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha talim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PF-5198-sonli Farmon hamda Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisidagi PQ-3305-sonli Qaror mazmun mohiyatlari.
Mamlakatimizda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy etibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 16 avgust kuni bolib otgan yigilishda talim tizimini rivojlantirishning koplab yonalishlari belgilab berildi. Xususan, maktabgacha talim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni tola qamrab olish boyicha muhim vazifalar qoyilgan edi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi Maktabgacha talim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari togrisida gi PF-5198-sonli Farmoni hamda Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini tashkil etish togrisidagi PQ-3305-sonli Qaroriga muvofiq: maktabgacha talim tizimini kompleks rivojlantirish, bolalarni soglom va barkamol etib tarbiyalashning barcha jihati belgilab berildi. Xususan, farmonda qayd etilganidek, mamlakatimizda songgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha talim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bolib, bugungi kunda respublika boyicha bolalarning maktabgacha talim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil qiladi, xolos. Shuningdek, maktabgacha talim muassasalarining moddiytexnika bazasi ham zamonaviy talablarga deyarli javob bermaydi. Qolaversa, hududlarda maktabgacha talim muassasalarida koproq orta maxsus malumotli kadrlar faoliyat yuritayotgani bois maktabga tayyorlov guruhlarida mashgulotlar yetarlicha otilmayotgani, koplab bogchalar binolari talabga javob bermasligi, ayniqsa, bolalar qamrovi tumanlar kesimida olinganda, 18 – 20 foizni tashkil etishi hech kimga sir emas. Mazkur hujjatda sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalardan keng foydalanish, ularga shart-sharoitlar yaratish, bolalar qamrovini bosqichmabosqich kengaytirish, yosh avlodda kitob oqishga qiziqish uygotish, ularning soglom va togri ovqatlanishini tashkil qilish, tibbiy xizmat korsatish sifatini oshirish kabi juda dolzarb masalalar qamrab olingan. Maktabgacha talim muassasalari rahbar hamda pedagog xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash ham ota muhim masalalar sifatida korsatilgani, ayniqsa, etiborga molik. Farmon bilan Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi tuzilishi bu boradagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi, shubhasiz. Endi idoraviy mansubligidan qati nazar, davlat tasarrufidagi barcha maktabgacha talim muassasasi mazkur vazirlik tizimiga otkaziladi. Vazirlik zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatildi. Xususan, maktabgacha talim sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, ilgor xorijiy tajribani hisobga olib, maktabgacha yoshdagi bolalarni har jihatdan intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shartsharoit yaratish, davlat hamda nodavlat maktabgacha talim muassasalari orasida soglom raqobat muhitini yaratish hisobiga farzandlarimizni maktabgacha talim muassasalariga bosqichma-bosqich toliq qamrab olinishini taminlash ana shular jumlasidandir. Bundan tashqari, maktabgacha talim muassasalarini milliy madaniytarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oqishga qiziqishni uygotuvchi oquv-metodik, didaktik materiallar, oyin hamda oyinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan taminlash, tajribali yuqori malakali, kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar va tarbiyachilarni oquv-tarbiya jarayoniga jalb qilish kabilar ham vazirlikning diqqat-etiborida boladi. Umuman, hujjatlar uzluksiz talim tizimining muhim bogini sanalmish maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha talim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmogini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taminlashda dasturilamalga aylanadi.
Ozbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 oktabr kuni maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bagishlab otkazilgan yigilishda Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir ozgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning soglom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha talim tizimidan boshlanadi, deb takidladi. Maktabgacha talim tizimi uzluksiz talimning birlamchi, eng asosiy bogini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga kora, inson oz umri davomida oladigan barcha axborot va malumotning 70 foizini 5 yoshgacha bolgan davrda oladi. Ana shu dalilning ozi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bolib voyaga yetishida bogcha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol korsatib turibdi. Bunga qoshimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yoq. Bogcha tarbiyasini olgan bola bilan bogchaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi ortasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha talim tizimini qayta korib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga kotarib, bu borada katta ishlarni boshlandik. Agar shu ishni har tomonlama puxta oylab amalga oshirmasak, butun talim tizimida sifat ozgarishiga erishishimiz, talimning uzluksizligini taminlashimiz qiyin boladi, deya takidladi Shavkat Mirziyoyev. Bugungi kunda maktabgacha talim muassasalari tarmogini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bogchalar qurish boyicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat talim muassasalari, jumladan, nodavlat bogchalar tarmogini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda.
(Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentabrdagi Nodavlat talim xizmatlari korsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida gi PQ-3276-sonli qaror misolida) Bu esa tizimda soglom raqobatni shakllantirish hamda talim xizmatlari turini kopaytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha talim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida etibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va konikmalarni orgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya takidladi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Ilgor xorijiy tajribalar asosida maktabgacha talim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish boyicha oquv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy talim muassasalari maxsus sirtqi bolimlarining Maktabgacha talim yonalishi boyicha 2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga etibor qaratildi. Yana bir muhim masala bu maktabgacha talim muassasalarida malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, sanitariya meyorlari va gigiyena qoidalariga tola javob beradigan soglom ovqatlanish tizimini yolga qoyish zarur. Maktabgacha talim muassasalariga shifokorlar ajratish, tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish, tez tibbiy yordam korsatish uchun doridarmon, sanitariya-gigiyena vositalari bilan toliq taminlash, bolalarning ovqatlanishini belgilangan meyorlar darajasida tashkil etish zarurligi takidlandi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Bolalarni davlat maktabgacha talim muassasalariga qabul qilish va navbatga qoyish boyicha elektron dasturni joriy etish boyicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha talim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taminlanganlik va internet tarmogiga ulanganlik holati tanqidiy organilib, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taminlash va internet tarmogiga ulash boyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Bir soz bilan aytganda, biz maktabgacha talim sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari. Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha talimga toliq qamrab olishga erishmogimiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshirishimiz shart.
Maktabgacha talim tizimida amalga oshirilishi lozim boladigan islohotlar va istiqboldagi vazifalar. Maktabgacha talim sohasiga qoyilgan vazifalarning sarhisobi va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 dekabr kuni maktabgacha talim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi. Maktabgacha tarbiya talim tizimining birlamchi va eng muhim bogini hisoblanadi. Soglom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi. Biroq shu paytgacha bu tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha talim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgacha yoshdagi bolalarning 33 foizi bogchalarga qamrab olingan, xolos. Bu korsatkich Daniyada 99 foiz, Yaponiyada 97 foiz, Janubiy Koreyada 95 foizni tashkil etadi. Maktabgacha talim muassasalarida bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, fizio-psixologik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish boyicha talim dasturlari joriy etilmagan. Umuman, bogchalar ota-ona ishda bolgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasa ga aylanib qolgan. Prezidentimiz mamlakat kelajagi va ravnaqida muhim orin tutadigan bu sohaga alohida etibor qaratmoqda. Mamlakatimiz hududlariga tashrifi chogida maktabgacha talim muassasalarini kirib kormoqda. Shavkat Mirziyoyev raisligida bu sohani rivojlantirish boyicha bir necha yigilishlar otkazilgani ham ana shu etibordan dalolat.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 30 sentabrdagi Maktabgacha talim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmonida soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yonalishlar belgilab berildi. Shu kuni qabul qilingan Prezident qaroriga asosan, bu sohada alohida vazirlik Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik zimmasiga maktabgacha talim muassasalari davlat va nodavlat tarmogini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taminlash, muassasalarga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, talim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy talim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari yuklandi. Bugungi kunda bu borada Davlat dasturi qabul qilinib, keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bolimlari tashkil etilib, joylardagi ahvolni yaxshilash, yangi bogchalar qurish, jumladan, nodavlat bogchalar tarmogini kengaytirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Yigilishda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Prezidentimiz maktabgacha talim tizimidagi holatni hududlar kesimida tahlil qilib, oz yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklarga toxtaldi. Xususan, joylardagi maktabgacha talim muassasalarida kadrlar taminoti va salohiyati yetarli emasligi, sohada 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilayotgan bolsa-da, ularning 85 foizini orta malumotli kadrlar tashkil etayotgani farzandlarimizni maktab talimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermayotgani takidlandi. Maktabgacha talim muassasalariga bolalar badiiy adabiyotlari yillar davomida yetkazib berilmagani, ota-onalarda bogchaga nisbatan ishonch yoqolgani, maktabgacha talim tizimida yillar davomida koplab muammolar yigilib qolgani tanqid ostiga olindi. Shuningdek, kopgina mahalliy hokimliklar tomonidan maktabgacha talim muassasalari faoliyati uchun zarur sharoit yaratilmagani, bogcha binolari bom-bosh turgani, ulardan samarali foydalanish yolga qoyilmaganiga alohida etibor qaratilib, mutasaddi rahbarlarning bu boradagi hisobotlari tinglandi. Yigilishda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bolgan qator strategik vazifalar belgilab berildi.
Birinchidan, 2017 2021 yillarga moljallangan Dastur asosida bogchalar qurish va rekonstruksiya qilish ishlari jadal davom ettirilishi takidlandi.
2018 yil Davlat budjetidan 427 bogchada qurilish-tamirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard som mablag ajratish (jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital tamirlash) boyicha topshiriq berildi. Bu jarayonda zamonaviy qiyofaga ega bolgan 50, 100 va 150 orinli bogcha binolari loyihalari qisqa muddatda qayta ishlab chiqilishi va bunda hududlar sharoiti hisobga olinishi, inshootlar qishda issiq, yozda salqin bolishi, bolalarning yuvinishi, ovqatlanishi, mashgulot otkazishi, oynashi, uxlashi uchun barcha sharoit yaratilishi, oshxona alohida joylashishi, eng asosiysi, yangi binolar qurilishida bolalarga talim-tarbiya berish jarayonini tashkil etish boyicha qoyilayotgan talablar qatiy inobatga olinishi lozimligi takidlab otildi.
Ikkinchidan, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha talim muassasalarini faol tashkil etish kerakligi qayd etildi. Bu masalada eng muhim muammo sarmoya ekanligini hisobga olib, tashkil etiladigan nodavlat talim muassasalariga har tomonlama komaklashish, kerakli kredit mablaglarini ajratish uchun har bir viloyatga tijorat banklari biriktirildi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga bolalarni maktabgacha talimga qamrab olish darajasini keskin oshirish boyicha hududiy dasturlar ishlab chiqish, bunda har bir tuman va shaharda 10 15 ta yangi, jumladan, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida maktabgacha talim muassasasini tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Xususiy bogchalarga katta imtiyozlar berilgani, jumladan, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bogchalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablagning yarmi Davlat budjeti hisobidan qoplanishi takidlandi. Bu ularga tolanadigan tolovlar oshib ketmasligini taminlaydi.
Uchinchidan, bogchalarda bolalarni soglom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini taminlashga alohida etibor qaratish zarurligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, buning uchun ajratilayotgan mablag miqdorini oshirish chorasini korish yuklatildi. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha talim muassasasiga 10 15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirish topshirildi. Bolalar bogchalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etish va Ketring xizmatini yolga qoyish mexanizmini ishlab chiqish vazifasi qoyildi.
Tortinchidan, bogchalarda talim-tarbiya va tibbiy xizmat sifatini oshirishga alohida etibor qaratildi. Jumladan, 2018 yili maktabgacha talim muassasalarini Janubiy Koreya tajribasi asosida uslubiy va didaktik oyinlar, oyinchoqlar, mebel va boshqa texnik vositalar bilan taminlash meyorlari ishlab chiqiladi. Maktabgacha talimga qoyiladigan davlat talablari, talim-tarbiya dasturlarini ilgor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, ularda bolalarga oqish va yozishni turli oyinlar orqali orgatishni nazarda tutish lozimligi takidlandi. Yuqori malakali tarbiyachi va murabbiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga alohida etibor qaratilib, bu borada Maktabgacha talim vazirligi tizimida Maktabgacha talim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyati takomillashtirilishi qayd etildi. Mazkur institutda zamonaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini yolga qoyish orqali tizimdagi rahbar va pedagog kadrlar salohiyatini uzluksiz oshirib borish, shuningdek, ilgor pedagogik usul va uslublar ishlab chiqish, oquv va oquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etishni tashkil etishga alohida etibor qaratildi. Shuningdek, maktabgacha talim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha talim pedagoglariga qoyiladigan talablarni qayta korib chiqish topshirildi.
Beshinchidan, maktabgacha talim sohasini takomillashtirish boyicha xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish vazifasi qoyildi. Jumladan, Jahon bankining Talimda global hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda Bolalarni ilk yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish loyihasi doirasida 2019 2022 yillarda 10 million dollar miqdoridagi grant va 50 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditni maktabgacha talim sohasini rivojlantirishga yonaltirish boyicha loyiha konsepsiyasi ishlab chiqish zarurligi takidlandi.
Oltinchidan, maktabgacha talim sohasiga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar bazasini tubdan takomillashtirish masalasiga alohida etibor qaratildi. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi va Maktabgacha talim vazirligiga ilgor xorijiy tajriba asosida Maktabgacha talim togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Yettinchidan, Davlat arxitektura va qurilish qomitasiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bogchalarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyihalashni tubdan qayta korib chiqish yuklatildi. Maktabgacha talim sifati ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Maktabgacha talim sohasini rivojlantirish faqatgina yangi tashkil etilgan vazirlikning vazifasi emas. Bu Prezident, Bosh vazir va uning orinbosarlaridan boshlab, tuman hokimi, eng quyi idora rahbarigacha barchamizning eng muhim vazifamiz bolishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Ozbekistonda maktabgacha talim tizimini Janubiy Koreya tajribasi asosida isloh qilish jarayonlari. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga 2017 yil 22-25 noyabr kunlari davlat tashrifi doirasida Maktabgacha talim vazirligi tomonidan 20 ga yaqin uchrashuvlar otkazilib, tajriba almashinuvi, Ozbekistonda eksperimental tarzda bolalar bogchalarini ochish, birgalikda kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar olib borish imkoniyatlarini organib chiqish boyicha kelishuvlarga erishildi. Safar doirasida Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi tomonidan Koreyaning qator maktabgacha talim va boshqa turdagi muassasalariga tashriflar uyushtirildi va ularning faoliyati organildi, jumladan bogchalarning oziga xos jihatlari, qollanilayotgan talim berish uslublari, moliyalashtirish va tolov tizimlari, pedagogik xodimlarning malaka darajasi va xizmat sharoitlari, oziq-ovqat va moddiy-texnik taminot hamda sohalariga tegishli dasturlar va uslublar atroflicha organildi. Pedagoglar faoliyati uchun maksimal qulay sharoitlarning yaratilgani, pedagogning ijodiy erkinligi, katta hajmdagi hisobotlarning yoqligi, davlat bogchalari pedagoglari ijtimoiy statusining yuqoriligi, bolalar ozlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan ijodiy muhit, jumladan xonalarning hatto kichik detallarigacha qulay dizayni va jihozlangani, ular uchun boy adabiyotlar va rivojlantiruvchi oyinlarning mavjudligi, erta bolalikdan jamiyatda ozini tutish va shaxsiy gigiyena konikmalarini tarbiya qilish kabi alohida jihatlar Koreya maktabgacha talim tizimi muvaffaqiyatining asosini tashkil etadi. Alohida etibor qaratish lozim bolgan yana bir jihat, davlat jamiyatning eng himoyalanmagan qatlamlari, kam taminlangan oilalar va nogiron bolalarga, birinchi navbatda gamxorlik korsatadi va bogchalarga qabul davomida ularga ustuvorlik prinsipini qollaydi va shu sababli ham, Koreyada inklyuziv talim prinsiplari tahsinga sazovordir. Koreyaning talim tizimiga kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan va tasarrufida maktabgacha talim muassalari bolgan oliy talim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Sanmyong Universiteti, (Sangmyung University) hamda Chung-Ang Universiteti (Chung-Ang University) bilan Hadli kelishuvlar imzolandi, shuningdek Chonnam Milliy Universiteti (Chonnam National University) bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Kelishuvlar va Memorandum doirasida quyidagi sohalardagi hamkorlik nazarda tutilgan: talabalar, ilmiy-pedagogik va boshqaruv mutaxassislari ortasida tajriba almashinuvlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qaratilgan choralar, jumladan eng yangi dasturlar va uslublarni joriy qilish, hamkorlikda tadqiqotlar, konferensiyalar, korgazma va seminarlarni amalga oshirish, maktabgacha talim mutaxassislarini tayyorlash boyicha maxsus qoshma magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish, shuningdek Ozbekistonda eksperimental ravishda Koreya tizimiga asoslangan eksperimental bogchalarni tashkil etish kabi muhim vazifalar nazarda tutilgan. Maktabgacha talim vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida bolalarning erta rivojlanishi va maktabgacha talim tizimi sohasiga ixtisoslashgan nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan uchrashuvlar ham otkazildi. Jumladan, 2017 yilning 23 noyabr kuni Koreya bolalar parvarishi va maktabgacha talim masalalarini organish Instituti (KICCE) bilan Hadli kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida Maktabgacha talim vazirligi va KICCE hamkorligida qoshma tadqiqotlar otkaziladi, pedagogik kadrlarni tayyorlash orqali tajriba almashinuviga qaratilgan dasturlar amalga oshiriladi, seminarlar va konferensiyalar tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda hamkorlik asosida maktabgacha talim tizimini rivojlantirish strategiyalarining ishlab chiqilishi, talim dasturlari va standartlarining qayta korib chiqilishi, talim statistikasini joriy qilish nazarda tutilgan.
Seul bolalarni erta rivojlantirishga komaklashish Instituti (Seoul Early Childhood Education Promotion Institute) bilan 2017 yilning 22 noyabr kuni otkazilgan uchrashuv chogida qoshma tadqiqotlarni otkazish, tajriba almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq qilish imkoniyatini beruvchi hamkorlikdagi ilmiy-amaliy tadqiqot muassasalarini tashkil etish, oquv-uslubiy materiallarni tayyorlash borasida kelgusida hamkorlik bitimlarini imzolash kelishib olindi.
Yana bir samarali uchrashuv Maktabgacha talim vazirligining eng muhim salohiyatli hamkori Koreya Respublikasi Talim vazirligining Maktabgacha talim va bola parvarishi Departamentida bolib otdi.
Uchrashuvda Koreya tomoni Ozbekiston delegatsiyasiga Koreyada maktabgacha talim va bola parvarishi bosqichlari, sohani rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish prinsiplari, yangi NURI maktabgacha talim Milliy dasturini joriy qilish jihatlari haqida malumot berdilar. Shuningdek, tolov tizimlari, talim muassasasi turidan kelib chiqqan holda narxlarni belgilash prinsiplari, Davlatning maktabgacha talimga yonaltirayotgan harajatlari, shuningdek istiqboldagi rejalar, jumladan, maktabgacha talim strukturasida Davlat bogchalari ulushini kengaytirish, elektron qabul tizimini joriy qilish, pedagoglar malakasini oshirish hamda sohani takomillashtirish tendensiyalari haqida ham malumotlar berildi. Soglom va bilimli yosh avlod tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustuvor yonalishi sifatida belgilanganligini talim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, osib kelayotgan yosh avlodning barkamol shaxs bolib yetishishlarini taminlovchi qonunchilik bazasining takomillashtirilayotganligida korishimiz mumkin. Soglom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini taminlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yolida alohida va doimiy gamxorlik korsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yonalishi sifatida belgilangan. Mamlakatimizda yoshlarning sifatli talim olishi va salomatligini mustahkamlash uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratishga katta etibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, aholisining uchdan ikki qismini yoshlar tashkil etadigan mamlakatda bolalar manfaatini hisobga olmaslikning aslo iloji yoq. Shuning uchun ham Oila yili (1998), Ayollar yili (1999), Mustahkam oila yili (2012), Obod turmush yili (2013),
Soglom bola yili (2014), Soglom ona va bola yili (2016) kabi Davlat dasturlarida aynan, bolalar sogligi va ularning tarbiyasi uchun tolaqonli sharoitlar yaratish masalalariga katta etibor qaratilgan. Jumladan, Obod mahalla yili (2003), Mehr va muruvvat yili (2004), Ijtimoiy himoya yili (2007), Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili (2009), Kichik biznes va tadbirkorlik yili (2010), Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili (2017) Davlat dasturlarida ham yoshlar, jumladan, bolalar manfaatlari, ularni manan yetuk, marifatli va jismonan barkamol qilib voyaga yetkazish, ularning salomatligini mustahkamlash bilan bogliq muammolar yechimi kozda tutilgani barchamizga malum. Aynan mana shu jihatlari bilan otgan yillarga bagishlangan bir nechta Davlat dasturlari alohida ajralib turadi: ular 2000 yil - Soglom avlod yili, 2001 yil - Onalar va bolalar yili, 2008 yil - Yoshlar yili, 2010 yil - Barkamol avlod yili, 2016 yil - Soglom ona va soglom bola yili, 2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bagishlangan Davlat dasturlaridir. Mamlakatimizda yoshlar siyosati masalasida olib borilayotgan yuqoridagi Davlat dasturlaridan ham korinib turibdiki, soglom bola masalasi avval-boshdanoq mustaqil Ozbekistonimiz siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri bolib kelmoqda. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yonaltirilgan davlat xarajatlari bir necha barobar kopaydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Buning natijasida onalar olimi 2 barobardan koproq, bolalar olimi 3 barobar kamaydi. Xususan, yaqinda Bolalarni asraylik xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida Ozbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta gamxorlik korsatayotgan eng ilgor yetakchi on mamlakat qatoridan joy oldi. Bu yutuqlarning barchasi mamlakatimizda bolalar huquqi himoyasi borasida mustahkam huquqiy baza yaratilganligi sababli qolga kiritildi. Bola huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo, Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan meyorlar va qonunlarga tayanadi.
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yonalishlardan biri bu bolalikni muhofaza qilish boyicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bolib, hozirda mazkur yonalishda BMTning YUNISEF tashkiloti bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. Ozbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari togrisidagi konvensiyasiga 1992 yil 9 dekabrda qoshilgan. Mamlakatimiz Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh togrisidagi konvensiyaga (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda Bolalar mehnatining ogir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar togrisidagi konvensiyaga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ham qoshilgan va ushbu hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan oz majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, Xalq talimi, Sogliqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning talim olishi, davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sayi-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yolga qoyish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shugullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsoni bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Shuni takidlash joizki, mamlakatimizda oila muhitidan mahrum bolgan bolaraning huquqlarini taminlash tizimi yaratilgan. Xalq talimi vazirligi tizimida bugungi kunda jami 25 ta Mehribonlik uyi, 2 ta Bolalar shaharchasi, 6 ta Oilaviy bolalar uyi, 18 ta kam taminlangan hamda boquvchisini yoqotgan oila farzandlari uchun moljallangan maktab-internat hamda 88 ta maxsus maktab-internat faoliyat olib bormoqda. Olib borilayotgan ushbu keng kolamli ishlardan kozlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir bolani talim-tarbiya jarayoniga tortish orqali kelajakda ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxslar etib tarbiyalashdir.
Bolalar haqida gapirganda albatta, 2017 yil 7 dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bagishlangan tantanali tadbirda Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlarini takidlash maqsadga muvofiq bolardi: Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bogin hisoblangan maktabgacha talim tizimining zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar etiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida kopgina muammolar yigilib qolganini ochiq aytish lozim. Bogcha tarbiyasini korgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bolishini bugun kimgadir isbotlab otirishning, oylaymanki, hech qanday hojati yoq.
Bu holatlarning barchasini hisobga olib, Maktabgacha talim vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik zimmasiga mamuriy islohotlar doirasida belgilangan ustuvor yonalishlardan kelib chiqib, bir qator muhim vazifalar yuklandi. Bu borada qabul qilingan dasturga muvofiq yaqin 3-4 yil mobaynida yurtimizdagi barcha hududlarda, bu katta shaharlar boladimi yoki olis qishloq va ovullar boladimi, minglab yangi bogchalarni qurishimiz zarur. Ularni zamonaviy talablar asosida jihozlab, malakali tarbiyachi va mutaxassislar, yangi metodika bilan taminlashimiz kerak. Ozingiz tasavvur qiling, qishloqda yashayotgan onalar uchun, opasingillarimiz uchun oz farzandini bogchaga berish imkoniyati qanday yangi, qanday keng sharoitlar tugdiradi. Bola bogchada soglom turmush asosida, maktabga tayyor bolib voyaga yetadi.
Hurmatli ayollarimiz bolasidan kongli toq bolib, ijtimoiy mehnat bilan, uy-rozgor ishlari bilan bemalol shugullanadi. Qolaversa, ularda dam olish, oz sogligi haqida oylash uchun ozgina bolsa ham sharoit paydo boladi. Shuning uchun maktabgacha talim sohasida ana shunday ulkan islohotlarni hayotga joriy etish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Qanchalik qiyin bolmasin, bu tarixiy vazifani amalga oshirishimiz shart va uni barchamiz birgalikda albatta bajaramiz. Bu sozlarning amaliy isbotini kundan-kunga amalga oshirilayotgan ishlar misolida yaqqol kuzatish mumkin. Ayniqsa, maktabgacha talim muassasalarida bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, fikrlash doirasini oshirish maqsadida otkaziladigan mashgulotlar, tadbirlarning mazmuniga etibor qaratilayotganligi quvonarli xol albatta. Yuqorida aytilgan fikrlarning meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinayotganligi ishning tizimli tashkil etilishiga zamin yaratadi.
Meyoriy-huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari. Meyoriy-huquqiy hujjat deb meyoriy hujjatlar togrisidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat korsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, ozgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Ozbekiston Respublikasining Prezidenti, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qomitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bolgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Meyoriy-huquqiy hujjatlarning turlariga quyidagilar kiradi:
Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
Ozbekiston Respublikasining qonunlari;
3.Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

  • Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;

  • Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

  • Vazirliklar, davlat qomitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

Meyoriy-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular Ozbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qomitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir. Ozbekiston Respublikasida Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi sozsiz tan olinadi. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va Ozbekiston Respublikasining butun hududida qollaniladi. Ozbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas. Ozbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum otkazish yoli bilan qabul qilinadi. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ozbekiston Respublikasining Prezidenti Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar, qarorlar va farmoyishlar tarzida meyoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmoyish va qarorlar tarzida meyoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qomitalari va idoralar oz vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida meyoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qomitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorlar davlat qomitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi. Vazirliklar, davlat qomitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qomitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qomitalari va idoralar tomonidan qoshma qarorlar tarzida meyoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar, davlat qomitalari va idoralarning tarkibiy bolinmalari hamda hududiy organlari meyoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Mahalliy davlat hokimiyati organlari oz vakolati doirasida qarorlar tarzida meyoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Turli meyoriy - huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi boyicha ozaro nisbati Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek, meyoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Meyoriy - huquqiy hujjat oziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bolgan meyoriy -huquqiy hujjatlarga muvofiq bolishi shart. Meyoriy - huquqiy hujjatlar ortasida tafovut bolgan taqdirda, yuqori yuridik kuchga ega bolgan meyoriy - huquqiy hujjat qollaniladi. Teng yuridik kuchga ega bolgan meyoriy - huquqiy hujjatlar ortasida tafovut bolgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Agar meyoriy - huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qomitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bolsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qomitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan meyoriy - huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boladi. Har bir suveren davlatning bosh huquqiy asosi bu uning Konstitutsiyasidir. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi oziga xos rivojlanish yolini bosib otganligi bilan tavsiflanadi. Otish davridagi murakkab zamonda yaratilgan ushbu bebaho va benazir hujjat asosiy qonun shaklida jamiyatning, xalqning manfaati hamda kelajagiga umid va ishonch uygotdi, ijtimoiy taraqqiyotga moljal oluvchi yolchi yulduz bolib xizmat qilib kelmoqda.
Ozbekiston Konstitutsiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bogliq. Malumki Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qizgin muhokamalar natijasida suveren demokratik davlatning Konstitutsiyasi sifatida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. Asosiy qonunimiz davlat mustaqilligimizning mevasi, mahsuli xalq manfaatini taminlovchi oliy qonun sifatida yaratildi va hurligimiz madhiyasi sifatida yashamoqda. Konstitutsiya kelajagi buyuk Ozbekistonning qad rostlashi uchun, adolatli huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun mustahkam huquqiy poydevor bolishi shak-shubxasizdir. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oziga xos xususiyatlarini quyidagilarda:
birinchidan, ushbu hujjatda huquqiy va siyosiy ongning eng yuksak yutuqlarini, xozirgi zamon, konstitutsiyaviylik ilmini oziga jalb etgani, ozbek xalqi madaniyati va milliy ananalarining chuqur ildizlariga suyanilganligi;
ikkinchidan, bu hujjat, Ozbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tizimni amalda boshqa tizimga aylanganligini, tubdan ozgarish roy berganini Konstitutsiyaviy mustahkamlaganligini korish mumkin.
Bir soz bilan aytganda Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi siyosiy hujjatdir. Unda ijtimoiy-siyosiy xususiyat, uni rivojlantirishning asosiy goyalari, respublika ichki va tashqi siyosatining eng muhim yonalishlari belgilab berildi. Asosiy qonun dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren davlat - Ozbekiston Respublikasi paydo bolganligini mustahkamlab qoydi.

Download 69.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling