Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’G’risidagi qonun esse reja: O’zbekiston respublikasining “maktabgacha ta’lim va tarbiya” to’G’risidagi qonuni


Download 20.04 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi20.04 Kb.
#1104924
Bog'liq
3-mavzu


MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA TO’G’RISIDAGI QONUN
ESSE
REJA:
1.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA” TO’G’RISIDAGI QONUNI.
2.MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING ASOSIY PRINSIPLARI.
3.MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING TURLARI.
1. O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” to’g’risidagi qonunini Qonunchilik palatasi 2019-yil 22-oktabrda qabul qilgan, Senat 2019-yil 14-dekabr kuni ma’qullagan va O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 16-dekabr kuni imzoladi.
Ushbu qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun bilan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari aniq belgilab berildi.
Xususan, davlat har bir bolaning umumiy o’rta ta’lim tashkilotiga o’qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o’rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o’tishga bo’lgan huquqini kafolatlaydi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko’rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.
Qonunga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo’lishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro’yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

  • O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;

  • O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi;

  • o’z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lgan boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Davlat inspeksiyasi:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazadi;

  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o’tkazadi;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;

  • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi.

Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

2. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:



  • har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaolish imkoniyatining mavjudligi;

  • har bir bolaning iste’dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi;

  • maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarga ta’lim, tarbiya berish va ularni sog’lomlashtirishning, oila hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirining birligi;

  • maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berish uyg’unligi;

  • bolaning shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan shaxsiy yondashuv;

  • maktabgacha va umumiy o’rta ta’limning izchilligi hamda uzluksizligi;

  • ta’lim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;

  • ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sog’lig’i holatiga muvofiqligi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo’lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;

  • bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to’liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko’rsatish;

  • bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo’lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;

  • maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;

  • maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o’rta ta’lim tashkilotiga o’qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o’rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o’tishga bo’lgan huquqini kafolatlaydi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlar bo‘yicha tashkil etiladi:
- umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
- ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti;
- inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti;
- qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy rivojlantirish yo‘nalishidagi guruhlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularni sog‘lom muhitga uyg‘unlashtirish orqali ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlar ta’minlanadi.
Qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bitta tashkilotda alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda birgalikda o‘qishini hamda tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.


Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda va ularning faoliyatini tashkil etishda hisobga olinishi shart.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish tili “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling