Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartining madsad va vazifalari


BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT


Download 293.17 Kb.
bet6/29
Sana19.06.2023
Hajmi293.17 Kb.
#1610211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Majmua davlat talab

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani sevimli o‘yinchog‘i yaqiniga emaklab kelishini rag‘batlantirish;
bola o‘tirgan holatdan yotgan holatga tushishi va ko‘tarila olishi uchun yumshoq joyni ta’minlash;
bolani qorindan orqasiga aylanishiga va qorniga o‘girilishiga rag‘batlantirish;
“men tomon emakla”, “o‘tir” ko‘rsatmalari orqali bola bilan hamkorlikda o‘yinlar tashkil qilish;
bola xatlab o‘ta olishi uchun uni “past predmetlar” bilan ta’minlash;
vazifani murakkablashtirish maqsadida predmetlar sonini (masalan, kubiklarni) 
asta-sekin ko‘paytirib borish;
bola qiziqayotgan predmetiga emaklab yoki xatlab etishishi uchun imkoniyat yaratish.

bolaga tortish, cho‘zish, ko‘tarish imkonini beruvchi predmetlarni taklif qilish;
bola bilan qo‘l va oyoqlarni harakatlantirib va xirgoyi qilib o‘ynash;
bola erkin harakatlanishi uchun xavfsiz va mustahkam muhit yaratish;
bolaga aravacha, otchalar, kubiklar, yirik o‘yinchoq mashinalar bilan o‘ynashni o‘rgatish;
bola bilan to‘g‘ri yo‘nalishda yurish, yugurish, emaklash, predmetlarni otish/ilib olish imkoniyatini beradigan o‘yinlar o‘ynash;
ertalabki badantarbiyani ochiq havoda tashkillashtirish.

bolaning harakat tajribasini turli xil jismoniy mashqlar bilan boyitish;
bola bilan yo‘nalishini topishi va bo‘sh joyda harakatlanishi uchun harakatli o‘yinlar o‘tkazish;
bolaga kichik tepalikka chiqish va tushishida ko‘maklashish;
bolalarni harakat faolligini tashkillashtirishda jamoaviy shakllarga jalb etish;
tanish harakatlarni birgalikda oson va erkin, bir maromda va kelishgan holda bajarish;
polda turli kataklar, yo‘lakchalar, doirachalar chizish hamda bolaga quvonch va xursandchilik bag‘ishlaydigan mashqlar bajarish.



Yirik motorikani rivojlantirish:
Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda yirik motorika rivojlanishining talablari hisoblanadi:

  • gavdasini boshqara olish (muvozanat saqlashga qodir bo‘lish);

  • tana a’zolarini boshqara olish;

  • maqsadli harakatlana olish.

Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikaning rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:

  • vertikal holatda boshini dadil ushlab turish;

  • tizzasidan bukilgan oyoqlariga tayanish;

  • qo‘llari bilan ushlab turish;

  • qo‘ltig‘idan ushlab turilganda, oyoqlarini bukmasdan to‘g‘ri turish;

  • orqa tomoni bilan yotgan holatdan qorniga ag‘darila olish;

  • maqsadli tartibda o‘z qo‘llarini og‘ziga yaqinlashtirish;

  • orqa tomoni bilan yotgan holda bir oyog‘ini ko‘tarib, og‘ziga tortish;

  • gavdasi va qo‘llari bilan buyumga intilish.

6 oylikkacha bo‘lgan bolalar bilan quyidagi mashqlar o‘tkazilishi lozim:

  • bolani ikki qo‘llab hamda qattiq yuzada vertikal holatda ushlab turish;

  • bola qorinda yotganda, gavdasining holati ko‘krak qafasini ko‘tarib, boshini yuzadan balandda ushlab turish imkonini berishini ta’minlash;

  • bolaning qo‘llariga o‘yinchoq ushlatib, uni qanday ushlab, og‘ziga yaqinlashtirishini kuzatib turish;

  • bolaning bir qo‘liga shaqildoq ushlatib, uni boshqa qo‘liga olishini rag‘batlantirish;

  • bolani orqa tomonida yotqizib, avval bir oyog‘ini, keyin ikkinchi oyog‘ini asta tortib ko‘rish, bolaning oyog‘ini qo‘li tomon surib, og‘zi tomon yo‘naltirish;

  • bolaga eng yaxshi ko‘rgan o‘yinchog‘ini uzatib, uning qanday qilib o‘yinchoqqa intilib, qo‘llari va gavdasi bilan harakatlanishini kuzatish;

  • o‘yinchoqni bolaning oldiga qo‘yib, gavdasi bilan o‘yinchoqqa qarab harakatlanishga yo‘naltirish.

6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun quyidagilar taqiqlanadi:

  • bolani faqat beshikka yotqizib katta qilish;

  • bolaga uning harakatlarini siqib qo‘yadigan kiyimlar kiydirish;

  • bola toliqib qolmasligi uchun mazkur Davlat talablarining 35-bandida ko‘rsatilgan mashqlarni har kuni kamida 3-4-marta takrorlash;

  • bolaga og‘ir buyum yoki o‘yinchoqlar berish;

  • bolani siqib yo‘rgaklash.



Download 293.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling