Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartining madsad va vazifalari


BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT


Download 293.17 Kb.
bet15/29
Sana19.06.2023
Hajmi293.17 Kb.
#1610211
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Majmua davlat talab

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolani parvarishlash jarayonida (emizish, cho‘miltirish, uxlashga yotqizish) u bilan gaplashish, tana a’zolari, kiyim, buyumlar nomini aytish;
bolaga turli hikoyalar, ertaklar aytib berish, birgalikda yorqin kitoblarni tomosha qilish va bolani diqqat bilan tinglashga qiziqtirish;
bola bilan muloqot mobaynida unga savollar berish va ma’nosi bo‘yicha to‘g‘ri javobni takrorlashga undash.

bolaga kitob o‘qib, turli hikoya va ertaklarni so‘zlab berish;
sayr davomida ko‘rgan narsalarni muhokama qilish (kuchuk yuguryapti, bolakay maktabga ketyapti);
bola bilan birga kitob do‘konlari va kutubxonalarga borish;
televizor ko‘rish va elektron texnika qo‘llashni chegaralash.

bola bilan muloqot vaziyatlarini yaratish, savollar berish;
bolaga topshiriqlar berish, masalan, “qiyom uchun likopcha olib kel”, “qizil qalamni ol”, “kichik ayiqchaga qo‘shiq aytib ber”;
bolaning so‘z boyligini turli didaktik o‘yinlar, kuzatuv va tomoshalar orqali boyitib borish;
kitob xarid qilishda bolaga tanlash imkonini berish.


6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning nutqni tinglash, tushunish va muloqot yuritish qobiliyatiga egaligi ularda nutq rivojlanishining talabi hisoblanadi.
Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda nutq indikatorlari hisoblanadi:

  • turli nutq va kuylarga emotsional munosabatini namoyon etish;

  • bolalar qo‘shiqlari va aytishuvlarini tinglash;

  • turli ovozlarga taqlid qilish;

  • so‘zlarning dastlabki bo‘g‘inlarini hamda “ma”, “ka”, “ba” kabi oddiy bo‘g‘inlarni bayon qilish.

Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:

  • bola bilan ko‘proq so‘zlashish, unga she’rlar, latifalar aytib berish;

  • musiqa va bolalar ashulalarini tinglashni rag‘batlantirish;

  • alla aytish;

  • muntazam ravishda quvnoq hikoyalar o‘qib va aytib berish;

  • bola bilan muloqot yuritayotganda so‘zlarni bir necha marta takrorlash;

  • bolaning tashabbuskorligini rag‘batlantirish va uning e’tiboriga javob qaytarish;

  • chiroyli rasmlarni ko‘rsatish va ularning nomini aytish.

Bola bilan xotirjam va do‘stona ohangda muloqot qilish, shuningdek u turgan xonada tinch va xotirjam sharoitlarni ta’minlash zarur.



Download 293.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling