Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartining madsad va vazifalari


-3 yosh KUTILAYOTGAN NATIJALAR


Download 293.17 Kb.
bet20/29
Sana19.06.2023
Hajmi293.17 Kb.
#1610211
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Majmua davlat talab

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

predmetlarni katta va kichikka ajratadi.

miqdorni “bitta”, “ko‘p”ga ajrata oladi.

predmetlarni rangi va shakliga qarab farqlaydi;
predmetlarni kichigidan kattasiga qarab bir qator qilib joylashtiradi;
shakllarni o‘ziga mosini topadi (Segen doskasi).

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

turli o‘lchamdagi kubiklarni oling va ularni katta va kichikka ajratishni ko‘rsatish;
bolaga raqamlar yozilgan kartochkalarni ko‘rsatish;
bolani sensor tajribasini boyitish maqsadida qo‘lini ushlab turli shakllar ustidan yurgizish (boshi dumaloq, ko‘zi kichkina).

bolaga predmetlarning hajmi, og‘irligi va uzunligini ta’riflab borish;
bolaga sayr davrida elementar matematik savollar berish: biz qancha zinapoyani bosib o‘tdik?, senda nechta o‘yinchoq bor?
bolani matematik bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyatga jalb qilish (menga bitta piyola olib kel, ikkita pechenye ber).

bola diqqatini bir-biridan farq qiladigan o‘lchamdagi predmetlar va ularning nomlanishiga qaratish (katta-kichik);
predmetlarni shakli bo‘yicha ajratish va nomini to‘g‘ri aytish malakasini shakllanishiga ko‘maklashish (kubik, g‘isht, shar);
bolada atrof-olamni amaliy o‘zlashtirish tajribasini ortishiga ko‘maklashish;
yotoqxona, mehmonxona, o‘yin xonasi va boshqa xonalarni ajratishga o‘rgatish;
bola bilan birgalikda zinapoyalarni, qarsak va boshqalarni sanash.


6 — 12 oylik bolalarning sonlar va sanashga qiziqishni namoyish etishi, buyumlarni turkumlash va ularni tartib bo‘yicha joylashtirish ko‘nikmalarini orttirishi ularda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining talablari hisoblanadi.
Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:

  • o‘yinchoqlar va buyumlar bilan turli ishlar bajarish (ushlab olish, chiqarish, qaytadan terish, bosish, ochish);

  • bo‘sh piyolani olib, ichiga suv yoki sharbat quyishlarini so‘rash;

  • katta yoshdagilar yordamida bir necha obyektlarni o‘lchamlari bo‘yicha guruhlarga ajratish.

6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni bajarib turish lozim:

  • bolaning o‘yinchoqlar bilan mustaqil tajriba qila boshlashini ma’qullash;

  • bola tajriba qilishi uchun unga turli miqdordagi har xil materiallarni berish;

  • piyolani olib, uning ichi bo‘sh ekanligini, keyin esa, unga suv qo‘yib piyolaning ichi to‘la ekanligini bolaga tushuntirish;

  • bola bilan suvda o‘ynash va unga o‘lchamlari kichik sig‘imdagi idishga kamroq suv sig‘ishini ko‘rsatish;

  • turli o‘lchamdagi kubiklarni olib, ularni kattaligi bo‘yicha tartibga keltirish kerakligini ko‘rsatish.

6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun ularga plastmassa, rezina, silliq yoki tukli matolardan yasalgan, uzunligi 15 — 20 sm dan katta bo‘lmagan yumshoq o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiq.
Bolaga mo‘ynadan yasalgan o‘yinchoq hayvonlarni berish tavsiya etilmaydi.


Download 293.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling