Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 106 guruh


Tasviriy faoliyatni bolalarni tarbiyalashda ahamiyati


Download 71.03 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi71.03 Kb.
#1539840
1   2   3   4
Bog'liq
Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ijodiy faoliyatning aha (2)

1. Tasviriy faoliyatni bolalarni tarbiyalashda ahamiyati
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo'lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan, yozuvchining she'ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli, katta-kichikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak bo'ladi. Bu jarayonda ko'rish, sezish, qo'l harakatlari ishtirok etmay qolmaydi. Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko'rib chiqish jarayonida predmetni katta-kichik guruhlarga bo'lib, uning shaklini o'zgartirib, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog'oz, bo'r, bo'yoqlar) bilan ularning o'ziga xos xususiyatlari, ular bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o'sishiga sabab bo'ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish)ning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o'z navbatida, bolalarning oqilona o'sishiga olib keladi. Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati katta. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. Chunki bolalar o'z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyatda bo'layotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo'ladilar, hayajonlanadilar.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari -boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarda bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlar tarbiyalanadi. Bolalarda, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishiga nisbatan real munosabatda bo'lish, to'g'ri baholash, o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bo`lish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o'stirish, tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba'zi bolalarda emas, balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - bu rangi, ritmi, proportsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa yoki his etsa, u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo'ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba'zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishga o'rganadilar. Ularda tasviriy san'at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg'uni, munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy-ijodiy o'stirishda muhim rol egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o'sishi bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarurbo'lgan malaka, ko'nikmalami egallash hisoblanadi. Masalan, tabiatga yoki istirohat bog'iga sayr, ko'z faslida sayohat uyushtirish. Tarbiyachi bolalami predmet yoki tevarak-atrofni kuzatishda paydo bo'luvchi estetik his-tuyg'u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to'g'ri baho berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalami o'z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ularni ko'rganda quvonadigan qilib yaratish bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalami tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materiallari bo'yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo'ladi. Ularni o'quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko'rsatmalarini bajarishga o'rgatadi. Oldiga qo'yilgan vazifani hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yo'llarini izlab topish bu o'quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o'z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o'ynaydi. Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda qiziqishga xohish, yangiliklarni bilishga intilish, maqsadi sari intilish, tartibli holda shug'ullanish va shu kabilar. Shunday qilib, tasviriy faoliyat jarayonida olgan malakalar bolalarni maktab hayotiga tezda kirishib ketishiga asos bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Maktabdagacha ta'lim Vazirligininig maktabdagacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish to'g'risidagi qarorlariga muvofiq maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida 5 ta markaz tashkil etilgan: ''Til va Nutq", ''Qurish, yasash va matematika", ''San'at", ''Fan va tabiat", ''Syujetli va rolli" markazlar. Ushbu markazlar tarbiya-lanuvchilar uchun muhim o'rin kasb etadi, chunki bola markazlarda erkin faoliyat olib boradi. Tarbiyachi esa ularga yordamchi sanaladi. Bu esa bolalarni nutqini, erkin fikrlashini, jismoniy va ijtimoiy bilish kompitensiyalarini rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi o'yin hisoblanadi. O'yin orqali bola o'rgatilgan mashg'ulotni xotirada tez va mustahkam saqlaydi.
Markazlarda ham bolalar bilan o'yin orqali ishlash muhim o'rin egallaydi. Buning uchun biz peda-goglar markazlarni bolajonlarga jihozlab, barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz lozim. Masalan,''Til va Nutq''markazi: bunda biror bir qutichaga mashg'ulotga mos rasmli kartochkalar solinib, bolalar ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, birin-ketin quti ichidan kartochka tanlab olib, rasmiga mos hikoya tuzadi yoki she'r aytadi. ''Qurish-yasash va matematika" markazi: bunda bolajonlar markazdagi geometrik shakllardan, lego va konstrukturalardan foydalanadilar, shu bilan birga guruhda o'rtaga doira chizib, bolalar ham chizilgan doira bo'ylab turishadi. So'ngra biron bir raqam tanlanadi, masalan:10 raqami. Bolalardan 10 tasi doiraga kiradi va 10-2 deyiladi, shunda bolalardan ikkitasi doiradan chiqishadi. Qolgan bolalar sanaladi. Misolni javobi yechiladi o'yin shu tariqa davom etadi. Bunda bolalar raqamlarni farqlashga, sanashga, hisob-kitobga o'rganadi. "San'at" markazi: Ushbu markaz bolajonlar uchun juda ham sevimli markaz sanaladi. Sababi bolajonlar unda rasmlar chizib, raskraskalar bo'yashadi, aplikatsya ishlarini, plastelindan o'zlari xohlagan narsalarni yasab, erkin faoliyat olib borishadi. Masalan ''Non" haqidagi mashg'ulotimiz uchun markazda non rasmini chizish. Bunda tarbiyachi faqatgina bolalarga: "Bolajonlar, barchamiz ''San'at" markazida non rasmini chizamiz, qani kim qanday nonni o'z rasmida aks ettiradi?", - deydi. Bolalar esa: kimdir chiroyli nonni, kimdir sedanali nonni, yana kimdir esa uyidagi onasi yopgan - ozgina gullab qolgan nonni chizishga harakat qiladi. Bu bilan bola erkin fikrlaydi va tasavvuri kengayadi. ''Fan va tabiat" markazi: bu markazni xonadagi markazda yoki tabiat bag'rida o'tkazsa ham bo'laveradi. Yana bu markazda tarbiyachi tajribalar o'tkazishi ham mumkin. Masalan: ''Kamalakni qog'ozda aks ettiramiz". Buning uchun bir martalik qog'oz va rangli qalamlar kerak bo'ladi. Qog'ozning ikki chetiga rangli qalamlar bilan 2sm uzunlikda bo'yab olamiz va ikki chekkasini suvga solamiz, shunda ranglar birlashib tepaga bo'yaladi va kamalak hosil bo'ladi. Bolalar bunday tajribalardan juda ham shodlanadilar va o'zlari bajarib, ajoyib tabiat manzarasidan quvnaydilar. ''Syujetli va rolli" markaz: bolajonlarning eng sevimli markazlaridan biri hisoblanadi, chunki bolajonlar bunda ertaklar tinglab, ertakdagi qahramonlarga taqlid qilib, uning rolini bajaradilar. Kimdir Kenja botir, kimdir Zumrad rolini, yana kimdir quvnoq quyoncha rolini bajarishni istaydilar.
Rasm, loy, qirqib yopishtirish o'yinchoq orqali o'yin bilan bog'langan bo'ladi. O'yinchoqni chizish, yasash, qirqib-yopishtirish barcha yosh guruh bolalarida zavq uyg'otadi, o'yinchoqlarni tasvirlash bo'yicha mashg'ulotlar yil davomida bir necha bor Lekin ularning shakli turlicha bo'lishi zarur. Bolaning hayotida mazmunli-rolli o'yinlar muhim o'rin egallaydi. Shuning uchun tasviriy faoliyatning o'yin bilan bog'lanishi bolalar tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Mazmunli-rolli o'yinlarni mashg'ulot mazmuniga kiritish bolaning tasvirlash faoliyatga qiziqishini, bajarayotgan ishining sifatini yaxshilaydi.

Download 71.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling