Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 106 guruh
Bolalar bilan o'yin orqali ishlash
Download 71.03 Kb.
|
Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ijodiy faoliyatning aha (2)
2. Bolalar bilan o'yin orqali ishlash
O'yinning borishi: o'yin obrazlarning tasviri, quruq rasm chizish, loydan yasash, qirqib yopishtirish ishlaridan ko'ra, bolalar uchun qiziqarlidir. Bolaning kechinmalariga o'yin bo'yoq beradi. Bola o'z o'yinli rasmlarining to'la va yorqin ifodalanishiga intiladi. Tarbiyachi esa bolaga bunda yordam berishi kerak. Rasm, loy, qirqib yopishtirish bilan dramalashtirib, o'yinlarini uyg'unlashtirib olib borish, bolalarni har tomonlama rivojlantirishdek vazifani amalga oshirishga katta imkoniyat yaratadi. Dramalashtirish o'yinlari uchun ko'pgina narsalarni bolalarning o'zlari yasashlari mumkin: dekoratsiya yoki uning qismlari, kostum detallari, maskalar. Tarbiyachining rasm, qirqib-yopishtirish mashg'ulotida bolalarga o'ynagan o'yinlarining tasviriy topshirig'ini berish, ularda tasviriy faoliyatga jonli qiziqishini uyg'otadi. Tasviriy faoliyatning dramalashtirish o'yini bilan birlash-tirib olib borish o'rta guruhdan boshlanadi. Rasm, loy, qirqib yopishtirish mashg'ulotlarida bolalarga qahramonlar obrazlarini ifodalab berish vazifasi topshiriladi. O'ynagan harakatli o'yinlarining tasviriy taklifi bolalarda zavq uyg'otadi. Bu o'yinlarning mazmunini faqatgina rasmda emas, balki qirqib yopishtirish bilan ham oson tasvirlash mumkin. Didaktik o'yinlar jarayonida bolalar predmetning belgilari, rangi, shakli, tuzilishini, kattaligini va boshqalar haqidagi bilimlarini mustahkamlab boradilar, xilma-xil sensor tajribaga ega bo'ladilar, tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari boyiydi. Didaktik o'yinlarning o'zi ham tasviriy nutqning mazmuni bo'la oladi. Bolalar qiziqish bilan didaktik materialni tayyorlaydilar. Tasviriy faoliyat bolalarning tabiat bilan tanishtirish, nutq o'stirish, musiqa mashg'ulotlri bilan bog'liq bo'ladi. Tabiat hamma vaqt tasviriy ijodiyotning mazmuni bo'lib xizmat qiladi. Bolalarning rasmlari tabiat haqidagi bilimlarini aniqlashtirish, mustahkamlash uchun yordam beradi, bundan tashqari, bolalarda. o'sha kasbga nisbatan estetik his-tuyg'ularni uyg'otadi, bu esa hayotlarini yanada mazmunli va qiziqarli qilishga yordam beradi. Rasm, loy, qirqib yopishtirish mashg'ulotlarining nutq o'stirish bo'yicha olib boriladigan ish bilan o'zaro bog'liqligi juda muhimdir. Nutq o'stirish mashg'ulotlarida bolalarga ertak, hikoya o'qib berishadi, she'rlar yod oldiradilar. Bolalarda bu ishlar davomida obrazli tasavvur shakllanadi va ular ertak va she'rdagi obrazlarni o'zlaricha tasvirlab, unga nisbatan munosabatlarini bildirishga intiladilar. Bunda tasviriy faoliyat mashg'ulotlari qo'l keladi, bu mashg'ulotlar davomida bundan tashqari nutq boyligini o'stiriladi, u obrazli ifodalar boyitib boriladi. Tasviriy faoliyat va musiqaning uzviy bog'liqligini ham bolalarning estetik, ijodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bog'cha yoshidagi bolalarga musiqali asarni tasvirlab berish taklif etilsa, bu taklif ularda jonli qiziqishni uyg'otadi. Bu bolalarda ijodiy izlanish, mustaqillik kompozitsiyasini tuzish qobiliyatlarini o'stiradi. Bolalarning tasviriy faoliyatlarini tasviriy san'at asarlari bilan uyg'unlashtirib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar tasviriy san'at namunalarini kuzatib borar ekanlar, ular rassomlarning ijodi bilan kengroq tanishib qolmay, surat chizishda mazmun, rang, shakl tanlashda muhim ko'nikmalarni egallab oladilar, san'at go'zalligini, boyligini ko'ra bilishga o'rganadilar. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy faoliyatni boshqa faoliyat turlari bilan qo'shib olib borish bolalar hayotini boyitadi va tarbiyaviy ish samaradorligini yanada oshiradi. Yana bir muhim tomoni shundaki, o'yinlarda, zal va guruh xonalarini bezashda bolalarning ishlari kerak, ya'ni bolalarning ishlari ularning hayotida kattagina o'rin egallashi kerak. Mashg'ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o'zi tanlagan natura, o'yinchoq, illustratsiya va o'zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg'ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo'l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham shu yerga ko'proq tortish imkonini beradi. Mashg'ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyot-larga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo'llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotni tashkil etishga tayyor bo'lgach, bolalarni o'yin faoliyatidan asta ta'limiy faoliyatga ko'chirib o'tadi. Mashg'ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg'ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo'ladigan predmet yoki illustratsiyalarni ko'rishni, kichkintoylarga esa o'sha narsa bilan o'ynashi, qo'li bilan tegishi mumkin bo'ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o'tirishga o'rgatamiz. Mashg'ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o'tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oysimon shaklda o'tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko'radi va yordam ko'rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin. Hamma mashg'ulotlar uch qismga bo'linadi: mashg'ulotning boshlanishi - topshiriqni tushuntirish; mashg'ulotning borishi - topshiriqning bolalar tomonidan bajarilishi; mashg'ulotning yakuni - bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish. I va II qismlar bolalar yoshi va topshiriqqa qarab, 2-5 daqiqagacha davom etishi mumkin, I qismda tarbiyachi bolalarga ular bajaradigan topshiriqni xabar qiladi. Tarbiyachining tushuntirishi emotsional, ijodiy kayfiyat tug'dirishi lozim. II qismda tarbiyachi bolalarning berilgan topshiriqni bajarishga kirishishlarini tekshiradi. Bolalar ishi o'rtasida pauza bo'lmasligini, bola bir topshiriqni bajardimi, keyingisiga darhol o'tishlari, bajarishlarini kuzatish lozim. Mashg'ulot davomida bolalar tinch ishlashga, o'z o'rinlaridan so’roqsiz turmaslikka o'rganadilar. Katta guruhdagi bolalar dastavval tarbiyachi ruxsati bilan, keyin o'zlari suvni, mo'yqalamni o'z joyiga qo'yadilar. Kichik guruhda bolalar mustaqil bo'lmaganlari uchun ko'proq tarbiyachining o'zi bolalar oldiga kelib turadi. O'rta guruhdan boshlab bolalar tarbiyachiga qo'llarini ko'tarib, murojaat etishga o'rganadilar. Bolalarni asta-sekin mustaqil ishlashga o'rgatib boriladi. Bor bo'lgan qiyinchiliklarni o'zlari hal etish yo'llarini o'rganib boradilar. Mashg'ulotning yakuniga 5 daqiqa qolganda bolalar ogohlantiriladi. Bu narsa kichik guruh bolalari uchun ortiqcha hisoblanadi, chunki ular hali bu aloqani egallamagan bo'ladilar. Kichik guruhdan boshlab bolalarga agarda ishini oldinroq tugatgan bo'lsa, o'zi yana rasmni element bilan boyitish taklif etiladi. Tarbiyachi ishni tugatishni qat'iyan taklif etsa, bolalar hammasi ishni tugatishi va tarbiyachi kunning ikkinchi yarmida bolalarga o'z ishlarini tugatib olishga imkon yaratishi lozim. Bolalar ishini tahlil qilish muhim metodlardan biri bo'lib hisoblanadi. Bolalar ishlarining tahlili ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bolalar ishlari devoriy ro'znoma qilib osiladi. Bolalar devoriy ro'znomadagi ishlarini yaxshilab ko'rib chiqadilar. Tarbiyachi bolalarning fikrlarini so'raydi va bolalar ishlariga umumiy baho beradi. Mashg'ulotdan so'ng bolalarga o'z ishlarini ko'rib chiqish uchun yana bir bor imkoniyat yaratib beradi. Agar mashg'ulot cho'zilib, vaqt qolmasa, sayrdan keyin yoki kunning ikkinchi yarmida amalga oshirish mumkin. Bolalar ishlarida tarbiyachi ota-onalar uchun burchak tashkil etadi va bolalar ishlarini u yerda keyingi mashg'ulotgacha qoldiradi. Albatta ular dastavval yaxshilab bezatiladi. Ularni turlicha bezatish mumkin. Masalan, pasport sifatida. Pasport bolalar ishidan katta bo'lib, bolalar ismi, familiyasi yoziladi va ancha vaqtgacha saqlashga imkoniyat beradi. Agar burchak tashkil etishning iloji bo'lmasa, bolalar ishidan albom qilinadi. Har bir kishiga bittadan varaq ajratiladi va varaq ustiga konvert yopishtiriladi. Bolaning ismi yozib qo'yilib, shu konvertga bolaning har bir bajargan ishi solinadi. Aralash yosh guruhlarda mashg'ulotni tashkil etish o'ziga xos xususiyatga egadir. Bu guruhni 2-3 yuqori guruhga bo'lib, har biri uchun o'zining dastur mazmuni aniqlanadi (bolalaming hammasi birgalikda, bir vaqtda, bir faoliyat bilan shug'ullansa ham). Download 71.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling