Toshkent tibbiyot akademiyasi 2 davolash 120 a guruh talabasi Baratov Sayyorbekning Biofizikadan mustaqil ishi Mavzu


Download 21.3 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1105185
Bog'liq
bo\'g\'imlar va richaglar (2)


Toshkent tibbiyot akademiyasi
2 davolash 120 a guruh talabasi Baratov Sayyorbekning Biofizikadan mustaqil ishi


Mavzu: Bo’g’imlar va richaglar

Tekshiruvchi: Bobur Turģunovich
Toshkent- 2022

Mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari odatda uning harakatdagi qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas qismlari bilan tutashtirilgan bo‘ladi. Bir necha qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inlarning birlashmasi kinematik bog‘lanishni hosil qiladi. Odam tanasi — kinematik bog‘lanishga misoldir.


Bo‘g‘imlar biomexanikasi.
Bo‘g‘im yuzalarini shakli jihatidan olganda aylanuvchi geometrik jismlan bir o‘q atrofida aylanadigan silindr; ikkita o‘q atrofida aylanadigan ellips va uch hamda bundan ko'ra ko‘proq o‘q atrofida aylanadigan shar kesmalari, deb qarash mumkin.
Bo‘g‘imlarda bo‘lib turadigan harakatlaming quyidagi turlari tafovut qilinadi;
1) frontal (gorizontal, ko‘ndalang) o‘q atrofida qilinadigan harakat — bukish va yozish;
2) sagittal (oldingi-orqa gorizontal) o‘q atrofida qilinadigan harakatlar — o‘rta tekislikka yaqinlashtirish va undan uzoqlashtirish;
3) tik o‘q atrofida qilinadigan harakatlar, ya’ni ichkari va tashqari yoki o‘ng va chapga qarab aylantirish;
4) aylanma harakatlar. Bo‘g‘im funksiyasi harakatlarining nechta o‘q atrofida bo‘lib turishiga, shuningdek, qo‘shiluvchi yuzalarining shakliga bog‘liq.
Bo‘g‘imlarning anatomik-fiziologik jihatdan asoslangan quyidagi yagona klassifikatsiyasini ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi. Bir o ‘qli ho‘g ‘imlar.
1. Silindrsimon yoki g‘ildiraksimon bo‘g‘im (masalan, proksimal bilak-tirsak bo‘g‘imi, bunda bilak ichkariga burash — pronatsiya harakati bilan tashqariga burash — supinatsiya harakatini bajaradi).
2. G‘altaksimon yoki chig‘irsimon bo‘g‘im (masalan, barmoqlar falangaaro bo‘g‘imlari) bunday bo‘g‘imda frontal o‘q atrofida harakatlar bo‘lib turadi (bukish va yozish).
Ikki o ‘qli bo‘g ‘imlar.
1. Ellipssimon bo‘g‘im (masalan, bilakkaft, ya’ni bilakuzuk bo‘g‘imi), bunda bir-biriga tik ikkita gorizontal o‘q atrofida: frontal o‘q bilan (bukish va yozish) sagittal o‘q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlar bo‘lib turadi.
2. 23 Do‘ngli bo‘g!im (masalan, tizza bo‘g‘imi).
3. Egarsimon bo‘g‘im (masalan, I barmoqning kaft usti kaft bo‘g‘imi); bunday bo‘g‘imda bir-biriga tik ikki o‘q atrofida: frontal o‘q bilan (bukish va yozish) sagittal o‘q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlari bo‘lib turadi.

Ko‘p o‘qli bo‘g’imlar.


1. Sharsimon bo‘g‘imlar (masalan, yelka bo‘g‘imi). Bularda bir-biriga tik bo‘lgan va boshchasining markazida bir-biri bilan kesishadigan uchala asosiy o‘q tafovut qilinadi.
Sharsimon bo‘g‘im barcha bo‘g‘imlaming eng erkini hisoblanib, unda oldinga va orqaga bukish, uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, ichkariga va tashqariga aylantirish harakatlari bo‘lib turadi.
2. Yassi bo‘g‘imlar (masalan, umurtqalararo bo‘g‘imlar). Bularda deyarli yassi bo‘g‘im yuzalari bo'ladi. Bo‘g‘im yuzalari tafovuti bularda arzimas bo‘lgani uchun harakatlarining hajmi ham katta emas.
Yangi bo‘g‘inlami qo‘shish kinematik harakatchanlikni oshiradi. Masalan, umurtqalararo bo‘g‘inlarning muayyan harakatchanligi tufayli (etarlicha chegaralangan boMsada) bosh miya suyagi oltita erkinlik darajasiga ega.
Skelet suyaklari va muskuliar birlashmasidan iborat bolgan bo‘g‘inlar, odam tayanch — harakatlanish sistemasini fizika nuqtai nazaridan odamni muvozanatda saqlab turuvchi raqamlar to‘plamidan iborat deb tasavvur qilish imkonini beradi.
Anatomiyada richaglarni ikki xil ko‘rishida bir-biridan farqlashadi: birinchisi kuch richaglari bo‘lib bularda kuchdan yutib, ko‘chishdan yutqaziladi, ikkinchisi — tezlik richaglari bo‘lib, bularda kuchdan yutqazib, ko‘chish tezligidan yutiladi. Pastki jag‘ tezlik richagiga yaxshi misol bo‘la oladi.
Ta’sir qiluvchi kuchni chaynov muskuli yuzaga keltiradi. Ovqatni ezish paytida yuzaga kelgan qarama-qarshi ta’sir etuvchi qarshilik kuchi — tishlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’ir qiluvchi kuchning yelkasi qarama-qarshi ta’sir etuvchi kuchning elkasidan birmuncha qisqa bo‘lgani sababli chaynov muskuli qisqa va kuchli bo‘ladi.
Qandaydir qatiq jismni tish yordamida chaqish lozim bo‘lganda, odam buni jag‘ tishlari yordamida amalga oshirishga harakat qiladi, chunki bunda qarshilik kuchining yelkasi kamayadi.
Agar odam skeleti bitta organizmda mahkamlangan alohidaalohida bo‘g‘inlar to!plamidan iborat deb qaralsa, gavdaning normal 24 holatdagi turishida bu bo‘g‘inlaming hammasi juda turg‘unmas holatda bo‘lgan sistemani hosil qilgani ma’lum bo‘ladi.
Jumladan, tana tayanchi chanoq-son bog‘lanishi shar shaklli sirt ко rinishida berilgan. Tananing massalari markazi tayanch nuqtasidan yuqoriroq joylashgani uchun shar shaklidagi tayanchda turg‘unmas muvozanat hosil qiladi.
Bunga tizza va boldir-tovon birlashmalari ham misol bo‘la oladi. Shu°sababli bu bo‘g‘inlaming hammasi turg‘unmas muvozanat holatida bo‘ladi.
Normal, tikka turgan odam tanasi massalari markazi chanoqson, tizza va oyoq boldir-tovon birlashmalari markazlari bilan bir vertikalda, dumg‘aza tumshug‘idan 2-2,5 sm pastda va chanoq son o‘qidan 4-5 sm yuqorida joylashgan bo‘ladi.
Shunday qilib, normal tikka turish, bir-biri bilan tutashib ketgan skelet bo‘g‘inlarining, eng turg‘unmas bir hofatidir. Shunga qaramasdan butun sistemaning muvozanatda saqlanishiga sabab, faqat ushlab turuvchi muskuliar sistemasining doimiy taranglanib turishi tufaylidir.
1.5-§. Odamning mexanik ishi.
Ergometriya Odamning kun bo'yi bajara oladigan mexanik ishi ко pgina sabablarga bog‘liq bo‘lgani sababli oldindan odam ishining biror chegaraviy qiymatini ko‘rsatish qiyin.
Bu aytilganlar odam quvvatini belgilashga ham taalluqlidir. Masalan, ayrim qisqa muddatli zo‘r berishlarda odam o‘z quvvatini bir necha kilovattga etkazishi mumkin.
Agar massasi 70 kg bolgan sportchi turgan o‘mida uning massalar markazi o‘zining normal turish holatiga nisbatan 1 m yuqoriga ko‘tariladigan darajada sakrasa, itarilish fazasi 0,2 s davom etsa, sportchining quwati 3,5 kW ga etadi.
Odam yurganda ish bajaradi, bunda inertsiya gavdani davriy ravishda qisman ko‘tarish uchun va asosan oyoq harakatini tezlatish va sekinlatish uchun sarflanadi.
Odam gavdasi qismlarining kinetik energiyasini o‘zgartirish uchun sarflanadigan ishni hisoblash mumkin. Massasi 75 kg bo‘lgan odam 5 km/soat tezlik bilan yurganda o‘z quvvatini 60 W gacha oshiradi.
Tezlik ortishi bilan bu quwat yana tezroq oshib boradi, ya’ni tezlik 7 km/soat bo lganda quwat 200 W ga etadi.
Odam massalar markazining vaziyati velosipedda 25 yurganda piyoda yurgandagiga qaraganda deyarli kam o‘zgaradi.
oyoqning tezlanishi ham kichik bo‘ladi. Shu sababli velosipedda yurganda sarflanadigan quvvat ancha kam bo'ladi: tezlik 9 km/soat bo‘lganda 30 W, 18 km/soat bo‘lganda esa 120 W quvvat sarflanadi.
Agar ko‘chish bo‘lmasa, ish ham nolga aylanadi. Shu sababli yuk tayanch ustida, taglik ustida yoki ipga osib qo‘yilgan bo‘lsa, og‘irlik kuchining bajargan ishi nolga teng.
Agar qo Ini cho‘zilgan holatida gantel yoki tosh ushlab turilsa, yelka va qo‘l muskullarining toliqishi bizning har birimizga ma’lum.
Agar o‘tirgan kishining orqasiga yuk ortilsa, orqa va bel muskullari ham xuddi shunday toliqadi. Har ikkala holda ham yuk qo‘zg4almas bo'lgani sababli ish nolga teng.
Lekin muskullaming charchashi ish bajarilayotganidan dalolat beradi. Bunday ishni muskullaming statik ishi deb aytiladi.
Mexanikada tushuniladigan statika (qo‘zg‘almaslik) amalda mavjud emas. Kuch ta’sirida juda kichik, xususan, ko‘z ilg'amas darajada qisqarish va bo‘shashishlar yuz bergani sababli og‘irlik kuchiga qarshi ish bajariladi.
Shunday qilib, odamning statik ishi aslida oddiy dinamik ish bo‘ladi. Odamning bajarayotgan ishini o‘lchashda qo‘llaniladigan qurilmalami ergometrlar deb ataladi. 0 £lchash texnikasining shunga mos bo'limiga ergomeriya deyiladi.
Ergometrga tormozlanuvchi velosiped (veloergometr, 1.15-rasm) misol bo‘ladi. Aylanuvchan 1 g‘ildirak gardishi orqali po‘lat lenta o‘tkazilgan. G'ildirak gardishi bilan po‘lat lenta orasidagi ishqalanish kuchi 2 dinamometr yordamida o‘lchanadi.
Sinovchining hamma ishi ishqalanish kuchini yengish uchun sarflanadi (ishlaming boshqa turlarini hisobga olmaymiz).
G‘ildirak aylanasi uzunligini ishqalanish kuchiga ko'paytirib, har bir aylanishda bajarilgan ishni topamiz, aylanishlar sonini va sinov 1.15-rasm. vaqtini bilgan holda bajarilgan to‘liq ishni va Veloergometr o‘rtacha quvvatni aniqlaymiz

ASOSIY VA QO‘SHIMCHA 0 ‘QUV ADABIYOTLAR HAMDA AXBOROT MANBALARI


Асосий адабиётлар
1. Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. Fourth Edition, 2013
2. Andrey B. Rubin. Fundamentals of biophysics. Second Edition, 2014
3. A.N.Remizov Tibbiy va biologik fizika. Т.: “0 ‘zbekiston milliy ensikopediyasi”. 2005
4. В.О.Самойлов. Медицинская биофизика, Санкт-Петербург, 2004.
Кушимча адабиётлар
5. Физика и биофизика. Практикум [Электронный ресурс] : учебное пособие /Антонов В.Ф., Черныш А.М., Козлова Е.К., Коржуев А.В. - М. : ГЭОТАР-Медиа, 2012.
6. Медицинская и биологическая физика. Курс лекций с задачами : учеб.пособие / В.Н. Федорова, Е.В. Фаустов. - 2008. - 592 с.
7. Антонов В.Ф. Биофизика, Учебник для студентов вузов, 3-изд., 2006
8. Пособие по проведению лабораторных работ по биофизике Т., IТашГосМи, 2004.
9. М.Х-Улмасова ва боищалар. Физика 1, 2, 3-китоб. Укув кулланма. Т., 1997 й.
Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling