Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 106 guruh


Download 43.41 Kb.
bet1/7
Sana08.06.2023
Hajmi43.41 Kb.
#1465051
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fan ilmiy dunyo qarash shakli falsafa



Angren Universiteti
Maktabgacha ta`lim yo`nalishi
106 guruh
Falsafa fanidan
Mavzu: Fan ilmiy dunyo qarash shakli
MUSTAQIL ISH


Bajardi: Boymatova M.
Tekshirdi: Kunisheva N.


2023 yi
Mavzu: Fan ilmiy dunyo qarash shakli
Reja:

  1. Falsafaning predmeti.

  2. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari.

  3. Fan ilmiy dunyoqarash shaklidir. Falsafa va faning o’zaro mutanosibiligi va farqi.

  4. Falsafada milliylik va umuminsoniylik, milliy falsafani rivojlaantirish zarurligi.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar



1. Falsafa predmeti.
Insoniyat tarixida eng qadimgi ilmlardan bo’lgan falsafa yoki faylasuf degan tushunchani bilmagan yoki u haqida eshitmagan kishi bo’lmasa kerak. Xo’sh, falsafa o’zi qanday fan? U qanday masalalar haqida fikr yuritadi? Falsafani nima uchun o’rganish lozim? Bu fanni o’rganish bizlarga nima beradi? kabi savollar bo’lishi ehtimoldan xoli emas.
Har qanday zamonda insoniyat mavjud ekan, olam va odam qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o’zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlaydi
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug’ullanganlar. Aslida, o’sha davrlarda falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko’zda tutilgan. Buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu haqiqatni quydagicha ifoda etgan: ««O’z-o’zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir». Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: ««Ular, avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o’zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hech qachon haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Кonfusiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o’z hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, bashariyat tomonidan to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf darajasiga ko’tarilganlar.
Ma’lumki, har qanday nazariyada predmet va ob’ekt farqlanadi. Ob’ekt diqqat markazida bo’lgan butun voqelikni tashkil qiladi. Predmet esa o’rganishning o’ziga xos maqsadlari bilan bog’liq bo’lgan voqelikning o’ziga xos jihatlari, xususiyatlari. Falsafaning o’ziga xos o’rganish ob’ekti bu inson – olam o’rtasidagi munosabatlardir va bu munosabatlar eng umumiy ma’noda o’rganiladi, bu munosabatning boshqalardan ko’ra umumiy tarzda o’rganilishining boisi shundaki, inson qandaydir barqaror, turg’un hayotiy ko’rsatmalarga ega bo’lib, o’z borlig’ining ma’nosini topa olish imkoniga ega bo’lishidadir.
Belgilangan vazifa na faqat falsafa, balki dunyoqarashning boshqa shakllari – mifologiya, din, badiiy va stereotipik fikrlash orqali ham hal qilinadi.
Falsafa – insoniyat bilimlari, ma’naviy madaniyati ichidagi eng qadimgi va qiziqarli sohalaridan biridir. Falsafa – bir butun olam va unda insonning o’rni bilan bog’liq bo’lgan dunyoqarashga oid bo’lgan savollarni tahlil va hal etishga qaratilgan ma’naviy faoliyat shaklidir.
Zamonaviy ilm-fanda har qanday fanning predmetini qanday aniqlash haqida umumiy qabul qilingan tushunchalar ishlab chiqilgan. Buning uchun:

  1. Bugungi kunda fan qanday ob’ektlar, jarayonlar, borliq yoki ongning sohasini qayd etmoq kerak.

  2. Ilm-fan rivojlanishining mumkin bo’lgan yo’nalishlarini, ya’ni tadqiqot yo’nalishlarini aniqlash.

  3. Fan predmetining o’zgarishi mumkin bo’lgan chegaralarini aniqlash.

Biroq, ushbu mezonlarni falsafaga qo’llash mumkin emas, Nima uchun? Zero, zamonamizning eng buyuk mutafakkirlaridan Bertran Rassel (1872-1970) so’zlari bilan aytganda, falsafa “hali bilish imkoni bo’lmagan predmetlar haqida fikr yuritishdir”.
Falsafa, avvalam bor, dono hayot kechirish va uni qadr-qimmat, e’tibor, obro’ bilan to’ldirishga o’rgatadi.Shunday fikrni Mishel de Monten (XVI asr), I.Кant (XVIII asr), Fridrix Nisshe (XIX asr), XX asrda esa – Albert Shveser va boshqalar rivojlantirdilar. Yangi davr falsafasida ko’pgina mutafakkirlar falsafaning predmetini narsalar haqida haqiqiy bilim bilan bog’lagan edilar (Lokk, Gobbs). XIX-XX asrlarda “bir butun olam”, “jamiyatning mohityai va qonunlari”, “eng umumiy tushunchalarni o’rganish”, “Universumni bilish”, qadriyatlar haqidagi fan, ijtimoiy tuzumning eng yaxshi tizimini o’rganish va shu kabilar falsafaning predmeti nomlandi.
Shunday qilib, falsafaning predmeti – bu falsafaning o’zining rivojlanish tarixi bilan bog’liq bo’lgan muammodir. Bundan tashqari, bugungi kunda falsafa predmetini turli xil ta’riflash mumkin, masala ushbu mavzuni bayon qilmoqchi bo’lgan faylasufning o’zi qanday pozisiyada bo’lishiga bog’liq. Mana bunday fikr yuritish mumkin. Haqiqiy dunyoni, ob’ektlarni, ob’ektiv voqelik jarayonlarini o’rganadigan ko’plab fanlar mavjud, masalan, fizika, kimyo, biologiya, asab faolityai fiziologiyasi, tarix, sosiologiya va hokazo. Bunday fanlar xususiy fanlar deyiladi. Bularga sub’ektiv reallikni o’rganadiganlar (masalan, psixologiya, psixopatologiya va h.z.) ham kiradi. Falsafa ob’ektlarni, empirik realliklarni emas, balki qanday qilib bu reallik ijtimoiy ongda “yashayotganini” o’rganadi; u jamiyat va inson uchun reallikning ma’nolari qanday ekanligini o’rganadi. Aytilganni tushuntrib beramiz. Fan fizik tabiatni o’rganadi, uning qonunlarini ochib beradi, falsafa esa turli davr va madaniyatlarning olimlari, qadimgi yunonlar, o’rta asr mutfakkirlari yoki Marifat davri faylasuflari va h.z.lar tabiatni qanday va nima uchun bunday tushunganlar deb tushuntiradi. Falsafa dunyoni o’zini emas, balki odamlarning dunyoni bilish, dunyo jarayonlari o’rtasidagi munosbatlarning ma’nosini o’rganish bilan shug’ullanadi. Falsafa predmetidagi asosiy narsa – falsafiy fikr yurgizish uni tahlil qilishga moyillikdir. Bu shuni anglatadiki, falsafa olamga sub’ekt-ob’ekt munosabatlari prizmasi (ta’siri), ya’ni insonning dunyo, jamiyat, boshqa odamlar bilan munosabati orqali qaraydi. Falsafa olamda uning ontologik, metodologik, axloqiy, estetik asoslarini qidiradi. Faylasuf har doim dunyo qadriyatlar tizimini yaratadi va shu bilan inson faoliyatining dastlabki asoslarini ko’rsata biladi. Falsafa boshqa fanlardan farqli o’laroq, insondan boshlanadi. Insonning o’zi nima? U uchun olam nima, inson bu dunyoda nimani orzu qilishi va nimaga erishishi mumkin? Shu kabi savollarga javob berishga urinadi.
Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Qo’yilgan masalaga javob berish unchalik ham oson emas. Chunki, falsafa shakllanishi va rivojining yirik va mayda bosqichlari haqida mulohaza yuritish mumkin. Birinchi galda bizni, falsafa rivojining aynan yirik, muhim ahamiyatga ega bo’lgan bosqichlari qiziqtiradi. Bunday bosqichlar bizningcha jami oltita, xususan:
antik falsafa – miloddan avvalgi - VI-III asrlar;
o’rta asr G’arb falsafasi milodiy -IV – XIVasrlar;
yaqin Sharq hamda Markaziy Osiyo Uyg’onish davri falsafasi - IX-XII asrlar;
g’arbiy Evropa Uyg’onish davri falsafasi - XIV-XVI asrlar;
yangi davr falsafasi - XVII- XIX asrlar;
eng yangi (hozirgi zamon) falsafasi - XX-XXI asrlar.
Falsafaning strukturasi. Falsafa o’z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek sababiy bog’lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va rasionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o’sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo’limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o’tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to’ldirildi.
««Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli-amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafaning strukturasi hisoblanadi:

  • ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim;

  • gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko’ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;

  • aksiologiya - qadriyatlar haqidagi ta’limot;

  • praksiologiya – borliqni o’zlashtirishga qaratilgan inson faoliyatini o’rganuvchi ta’limot;

  • ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot;

  • logika(mantiq) – tafakkur shakllari va qonunlari haqidagi ta’limot

  • etika – axloq haqidagi ta’limot;

  • estetika – nafasatshunoslik haqidagi ta’limot

  • falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot.

  • XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan jins falsafasi (gender falsafsi), texnika falsafasi, ta’lim falsafasi va boshqalar paydo bo’ldi.


Download 43.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling